Kichik seriyali ishlab chiqarishni shartli ravishda ishlab chiqarishning bittalik
turiga, yirik seriyali esa ommaviy turiga yaqinlashtirish mumkin. Masalan,
Vudvord tomonidan taklif
etilgan tasnifga muvofiq, bittalik va mayda seriyali
ishlab chiqarish (Unit Production), ommaviy (Mass Production) va uzluksiz
(Process Production) ishlab chiqarish farqlanadi.
Mayda seriyali ishlab chiqarish bittalik turidan seriyali turiga o‘tish turi
bo‘lib, mahsulot chiqarilishi kichik partiyalar bilan amalga oshirilishi mumkin.
Yirik seriyali ishlab chiqarish ommaviy ishlab chiqarishga o‘tish shakli bo‘lib,
bu erda mahsulotni chiqarish uzoq davr mobaynida yirik partiyalar bilan amalga
oshiriladi.
Ishlab chiqarishning ommaviy turi ishlab chiqarishni tashkil etish shakli
bo‘lib, unga maqsadi, tarkibi, texnologik turiga ko‘ra bir jinsli bo‘lgan, bir vaqtda
va parallel tayyorlanadigan mahsulotning ma’lum
nomenklaturasini muntazam
chiqarish xos bo‘ladi.
Ommaviy ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyati
bir turdagi mahsulotni
katta hajmlarda uzoq vat davomida tayyorlashdir. Ommaviy ishlab chiqarishning
eng muhim xususiyati chiqariladigan mahsulot nomenklaturasining cheklanishidir.
Zavod yoki sex bir-ikki nomli mahsulotlarni chiqaradi. Bu esa mahsulotlarning
konstruksiyalarida unifikatsiyalashgan va o‘zaro almashadigan
elementlarni keng
qo‘llashning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini yaratadi.
Chiqariladigan mahsulotning ayrim birliklari bir-biridan farq qilmaydi (faqat
xususiyatlari va butlanishida ozgina farqlar bo‘lishi mumkin).
Mahsulot birliklariing tizim orqali o‘tishining vaqti nisbatan kam: u daqiqalar
yoki soatlarda o‘lchanadi. Mahsulot nomlarining soni oylik va yillik dasturlarda
o‘zaro mos keladi.
Tayyor mahsulot uchun yuqori standartlashtirish va unifikatsiyalash xos
bo‘ladi. Ommaviy ishlab chiqarish uchun majmuaviy mexanizatsiyalash va
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning yuqori darajasi xos bo‘ladi.
Ishlab chiqarishning ommaviy turi yirik korxonalar
uchun odatdagi turi
bo‘ladi. Mahsulot chiqarishning katta hajmi yuqori unumli jihoz-uskunalarni
(avtomatlar, agregat dastgohlari, avtomatik liniyalar) ishlatish imkonini beradi.
Farqlashtirilgan texnologik jarayon ish o‘rinlarining har biriga
operatsiyalarning cheklangan sonini biriktirish orqali ularni tor darajada
ixtisoslashtirish imkonini beradi.
Texnologik
jarayonni puxta ishlab chiqish, maxsus dastgohlar va jixozlarni
qo‘llash tor ixtisoslashgan ishchi-operatorlarning mehnatidan foydalanish imkonini
beradi. Shu bilan birga, yuqori malakali ishchi-sozlovchilarning mehnatidan keng
foydalaniladi.