O‘ZBEKISTON G‘ALLAKORLARIGA
Qadrli do‘stlar!
Siz, aziz dehqon va fermerlarimizni, barcha dala mehnatkashlarini
rizq-ro‘zimiz va boyligimiz manbai, dasturxonlarimizning to‘kinligi,
to‘qchilik belgisi bo‘lmish g‘alladan 7 million 610 ming tonnadan ziyod
yuksak xirmon bunyod etib, ulkan mehnat g‘alabasini qo‘lga kiritganingiz
bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Bugun O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tarixida birinchi bor mana
shunday misli ko‘rilmagan natijaga erishib, ko‘pchilik viloyat va
tumanlarda,
fermer
xo‘jaliklarida
hosildorlikni
yuksak
darajaga
yetkazganimiz fidoyi dehqon va fermerlarimiz qanday buyuk ishlarga
qodir ekanini namoyon etib, butun xalqimizning kayfiyati va ruhini
ko‘tardi, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi.
Xalqimizga mansub bo‘lgan azaliy qadriyatga ko‘ra, nonni aziz va
tabarruk ne’mat sifatida qadrlab, e’zozlab, uni doimo ko‘ziga to‘tiyo qilib
yashaydigan el-yurtimiz bu yutuq qanday og‘ir va mashaqqatli
mehnatingiz, azmu shijoatingiz evaziga qo‘lga kiritilganini yaxshi biladi va
yuksak baholaydi.
Haqiqatan ham, bu yilgi mavsumda o‘rtacha hosildorlikni 55 sentnerga
yetkazganingiz, o‘tgan yilga nisbatan qariyb 500 ming tonna ko‘p g‘alla
olishga erishganingiz har qancha tahsin va tasannolarga munosibdir.
Aziz do‘stlarim, qadrdonlarim!
Joriy yilda barpo etilgan ulkan g‘alla xirmonini 90-yillarda
mamlakatimizda shu borada mavjud bo‘lgan holat bilan qiyoslab,
solishtiradigan bo‘lsak, bizning tarixan qisqa davrda tasavvur qilishning
o‘zi ham qiyin bo‘lgan buyuk yo‘lni bosib o‘tganimiz, bu g‘alabaning
naqadar yuksak, yurtimiz uchun naqadar qadrli ekani yana va yana bir bor
ayon bo‘ladi.
1991-yilda, O‘zbekiston endi mustaqillikka erishgan kunlarda
o‘lkamizda jami 940 ming tonna g‘alla yetishtirilib, o‘rtacha hosildorlik
bor-yo‘g‘i 17 sentnerni tashkil etganini, respublikamiz don va un ta’minoti
bo‘yicha butunlay Markazga qaram bo‘lib kun kechirganini o‘zimizga
faraz qilsak, o‘tgan yillar mobaynida g‘alla mustaqilligini qo‘lga
kiritganimiz, hosildorlik 3 karradan ko‘proq oshgani, umumiy hosil 7
barobardan ziyod ko‘paygani, hozirgi vaqtda nafaqat o‘z ehtiyojimizni
www.ziyouz.com
kutubxonasi
179
ta’minlash, ayni paytda xorijiy davlatlarga don eksport qilishga
erishganimiz bizning qanday yuksak marralarni zabt etganimizdan yaqqol
dalolat beradi va o‘zgalarning hayratini tortadi.
Albatta, qo‘lga kiritilgan bunday ulkan natijalarning asosiy omil va
mezonlari nimalardan iborat, degan tabiiy savol tug‘iladi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab bizning bugungi kunda
dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan, rivojlanishning “o‘zbek
modeli” deb nom olgan taraqqiyot yo‘lini, demokratlashtirish va
yangilanish yo‘lini tanlaganimiz, xalqimizning hayot darajasi va sifatini
yuksaltirish maqsadida chuqur o‘ylangan, keng ko‘lamli islohot va
o‘zgarishlarni avvalo iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i bo‘lmish qishloq
xo‘jaligidan boshlaganimiz mana shunday yutuqlarimizning negizini
tashkil etmoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
O‘zini oqlamagan eski tizimning o‘zagi bo‘lgan mulkchilik
shakllaridan voz kechib, bozor munosabatlari va xususiy mulkchilikni joriy
etganimiz
qishloq
xo‘jaligida
mutlaqo
yangi
ishlab
chiqarish
munosabatlarini rivoj toptirishda, eng muhimi, qishloq ahlining butunlay
yangicha fikrlash, o‘z mehnatiga yangicha qarashini shakllantirishda eng
asosiy va muhim omil bo‘ldi.
Shu borada fermerlik harakatiga keng yo‘l ochib berganimiz, uni
mustahkamlash va taraqqiy ettirish uchun huquqiy, tashkiliy va moliyaviy
zamin yaratib berganimiz, bu harakatni har tomonlama rag‘batlantirib,
qo‘llab-quvvatlaganimiz bugungi kunda uning qishloq xo‘jaligida chindan
ham hal qiluvchi kuch bo‘lib maydonga chiqishida, dehqon o‘zini haqiqiy
yer egasi, mulk sohibi deb his qilishida, fermerlarni, ta’bir joiz bo‘lsa,
jamiyatimizning tayanchiga aylantirishda beqiyos ahamiyat kasb etdi.
Shu ma’noda, barchamizni boqadigan, jamiki noz-ne’mat va
boyliklarning bunyodkori bo‘lmish dehqon va fermerlarimizning
dunyoqarashi, ongu tafakkuri, hayotga munosabati, siyosiy saviyasi va
ijtimoiy faolligi yuksalib borayotgani bugun qo‘lga kiritayotgan ulkan
marralarimizning asosiy sharti va garovi bo‘lmoqda, desak, hech qanday
xato bo‘lmaydi.
Aytish kerakki, bu yilgi mavsum o‘tgan mavsumlarga nisbatan oson
bo‘lgani yo‘q. G‘allakorlarimiz tabiat va iqlim qiyinchiliklari bilan bog‘liq
turli sinovlarni yengib o‘tishlariga to‘g‘ri keldi. Qish faslida havoning
sovuqlik darajasi me’yoridan ortiq bo‘lgani, mart oyida esa haroratning
odatdagidan ko‘ra pasayib ketgani, do‘l va jalalar yog‘ishi dehqonlarimiz
www.ziyouz.com
kutubxonasi
180
uchun jiddiy tashvish va muammolar tug‘dirdi.
Ayni shunday murakkab sharoitda dala mehnatkashlari avvalo ishni
to‘g‘ri
tashkil
qilish,
zamonaviy
agrotexnologiyalardan
samarali
foydalanish hisobidan hosilni saqlab qolishga va belgilangan marralarni
egallashga muvaffaq bo‘ldilar.
Bu haqda gapirganda, mavsum davomida g‘allazorlarga jami 12
million tonna, har gektar maydonga o‘rtacha 10 tonnadan ortiq mahalliy
o‘g‘it berilgani, dehqonlarimizning har tup ko‘chat ustida parvona bo‘lib,
o‘zini ayamasdan mehnat qilganini minnatdorlik bilan ta’kidlash lozim.
Albatta, mana shunday yuksak xirmon yaratishga erishganimizning
omillari haqida so‘z yuritganda, oxirgi yillarda yerlarning meliorativ
holatini yaxshilash, seleksiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, g‘alla
navlarini har bir hududning iqlim va tuproq sharoitini, suv bilan
ta’minlanish darajasini inobatga olgan holda joylashtirish, zamonaviy
texnika,
yangi
kombaynlar,
mineral
o‘g‘itlar,
yoqilg‘i-moylash
materiallarini o‘z vaqtida yetkazib berish, hashorat va zararkunandalarga
qarshi kurashish – albatta, bularning barchasi amaliy samarasini berganini
unutmasligimiz kerak.
Ishning ko‘zini bilib amalga oshirilgan ana shunday muhim chora-
tadbirlar tufayli barcha viloyat, jumladan, nisbatan og‘ir sharoitda bo‘lgan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati g‘allakorlari ham
davlatga don sotish shartnoma majburiyatini bajarishga erishdilar.
Ayniqsa, Qashqadaryo, Andijon, Samarqand, Namangan, Farg‘ona,
Buxoro va Toshkent viloyatlarida sug‘oriladigan yerlarda hosildorlik
o‘rtacha 57-63 sentnerni tashkil qilganini bu yilgi mavsumning eng muhim
natijasi sifatida baholash o‘rinlidir.
Boshqalarga ibrat va namuna bo‘lgan Uchqo‘rg‘on, Norin, Uychi,
Sariosiyo, Vobkent, Yakkabog‘, Qarshi, Oltinko‘l, Ishtixon, Paxtaobod,
Izboskan, Baliqchi, Oqdaryo, Uchko‘prik, Koson, Do‘stlik, Romitan,
Toshloq, Furqat, Piskent, Yuqorichirchiq, Xatirchi tumanlarida hosildorlik
60-75 sentnerdan oshganini alohida qayd etish joiz.
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Hosil”, “Shakar ota”, Uchko‘prik
tumanidagi “Farovon hayot sari”, Norin tumanidagi “Ahmadjon Alijon ota
o‘g‘li”, Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Gulxumor”, Buvayda tumanidagi
“Yoqubjon ota”, Oltinko‘l tumanidagi “Namuna serhosil yeri”, Jondor
tumanidagi “Baxtiyor Yarash o‘g‘li”, Do‘stlik tumanidagi “Omonturdi
ota”, Xatirchi tumanidagi “Tasmachi iqboli”, O‘rtachirchiq tumanidagi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
181
“Ibrohim Abdurahmonov” kabi o‘nlab fermer xo‘jaliklarida gektaridan 100
sentner va undan oshirib hosil olingani yurtimiz dehqonlarining haqiqiy
omilkorlik fazilatlari va mehnat jasoratining yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.
Eng asosiysi, yetishtirilgan jami hosilning qariyb 50 foizi yoki 3
million 524 ming tonnasi fermer xo‘jaliklari ixtiyorida qoldirilganini
dehqonlarning
omborlari
donga,
ro‘zg‘orlari
qut-barakaga
to‘lib
borayotgani, ular o‘z mehnatidan katta manfaat ko‘rayotganining yorqin
dalili sifatida qabul qilamiz.
Qadrli va muhtaram do‘stlarim!
Ishonchim komil – bugungi quvonchli ayyomda siz, aziz
g‘allakorlarimiz, dehqon va fermerlarimiz erishgan bu ulkan g‘alaba
O‘zbekistonimizda kattayu kichik barchani, kasbu kori, vazifasidan qat’i
nazar, hech kimni befarq qoldirmaydi.
Bugun el-yurtimizning tilida va dilida sizlarning sha’ningizga
bag‘ishlab, “Barakalla, barchamizni qoyil qoldirdingiz, hech qachon kam
bo‘lmang!” deb aytiladigan his-tuyg‘ular, ezgu tilaklar mujassam, desam,
o‘ylaymanki, yanglishmagan bo‘laman.
Mana shunday xursandchilik kunda siz, mirishkor dehqon va
fermerlarni,
mexanizator
va
kombaynchilarni,
qishloq
xo‘jaligi
mutaxassislarini, yuksak xirmonga munosib hissa qo‘shgan barcha-barcha
yurtdoshlarimizni bag‘rimga bosib, yana bir bor samimiy tabriklayman.
Fidokorona va halol mehnatingiz uchun o‘z nomimdan, butun xalqimiz
nomidan ta’zim qilaman.
Doimo sog‘-omon bo‘ling, azizlarim, qadrdonlarim!
Go‘zal va betakror, muqaddas Vatanimizni, zahmatkash va olijanob
xalqimizni Yaratganimiz doimo o‘z panohida asrasin!
www.ziyouz.com
kutubxonasi
182
Dostları ilə paylaş: |