Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan qilmish, deganda qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar tushuniladi.
Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarga esa qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ortiq, lekin besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. Masalan, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish (Jinoyat kodeksi 100-modda), kuchli ruhiy xayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish (Jinoyat kodeksi 106-modda).
Jinoyat kodeksining 65-67-moddalariga asosan javobgarlikdan ozod qilishda jinoyatning tasnifidan tashqari boshqa holatlar, yetkazilgan zararning xususiyati, aybdorning shaxsi va ijtimoiy xavflilik darajasi ham e’tiborga olinishi lozim, bundan shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish maqsadga muvofiqliligi kelib chiqadi. Bunday holatlarga: jinoyat tufayli yetkazilgan zararning aniq miqdori va uni qoplanganligi haqidagi rasmiy ma’lumotlar, Fuqarolik kodeksida ko‘rsatilgan jismoniy va ma’naviy zararning qoplanganligi, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish masalasi ko‘rilayotgan shaxs haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, boshqa ma’lumotlar (oilaviy ahvoli, nima bilan shug‘ullanishi va boshqalar) kiradi. Jinoyat protsessual qonunchiligida belgilangan dalilar va jinoiy javobgarlikdan ozod qilish shartlari aniqlangan bo‘lishi lozim.
Yuqorida ko‘rsatilgan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish turidan farqli ravishda, kasaligi tufayli yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi, javobgarlikka tortish muddatining o‘tishi, shuningdek,, amnistiya akti bilan javobgarlikdan ozod qilishda sodir etilgan jinoyatning aniq bir turi ko‘rsatilmagan. Bunday ozod qilish ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni sodir etgan shaxs bilan bir qatorda og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Ikkinchi farqi shundaki, javobgarlikka tortish muddatining o‘tishi bilan yoki amnistiya akti asosida jinoiy javobgarlikdan ozod qilish jinoiy ishni ko‘rayotgan surishtiruv organlari, prokratura va sud uchun qonunda belgilangan holatlar aniqlangan vaqtdan boshlab majburiy hisoblanadi.
Jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish tushunchasi bir-biridan mazmun jihatidan farq qiladi:
Jinoyat kodeksida jazodan ozod qilishning quyidagi turlari ko‘rsatilgan:
1) javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoiy javobgarikdan ozod qilish (64-modda);
2) qilmish yoki shaxs ijtiomoiy xavfliligini yo‘qotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish (65- modda);
3) aybdor o‘z qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish (66-modda);
4) yarashganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish (661 modda)
5) kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish ( 67-modda);
6) amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish (68-modda);
7) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan majburlov chorasini qo‘llagan holatda javobgarlikdan ozod qilish (88-modda).
Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish huquqiy jihatdan jinoyat sodir etgan shaxsni sodir etilgan qilmishning barcha huquqiy oqibatlari: sud hukmi asosida davlat tomonidan tayinlanadigan va shaxsni rasmiy tarzda jinoyatchi deb topadigan ta’sir chorasidan, jazodan va sudlanganlikdan ozod qiladi. Shuningdek,, bu institutning qo‘llanilishi barcha turdagi jinoyat protsessual majburlov va ehtiyot choralarini bekor qiladi: Shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish shaxsning aybsizligini anglatmaydi va uni fuqarolik-huquqiy masalan, sodir etgan qilmishi uchun mulkiy javobgarlikni qo‘llash, shuningdek, ma’muriy, intizomiy ta’sir choralaridan ozod qilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |