Jismoniy madaniyat nazariyasi va


Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining me’yoriy aktlari



Yüklə 203,59 Kb.
səhifə35/43
tarix08.02.2023
ölçüsü203,59 Kb.
#123160
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43
Jismoniy madaniyat nazariyasi va

4.Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining me’yoriy aktlari.
Umuman olganda, boshqarish jarayonlari huquq norma­lari, me’yoriy aktlar asosida olib borilsa, faoliyatlar doimo ijobiy samaralar beradi.
Jismoniy tarbiya va sport harakatini boshqarishda maxsus huquqiy-me’yoriy aktlar mavjud bo’lib, ular sport harakatini tartibli boshqarishning asosiy mezonlari hisobalanadi. Ular:

  1. Sport qo’mitalari, jamiyatlari, sport klublari, O’zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo’mitasi haqidagi nizomlar.

  2. Sport turlari bo’yicha «Xalqaro miqyosidagi sport ustasi», «Xizmat ko’rsatgan sport ustasi» unvonlari va quyi bosqichdagi darajalar /razryadlar/ning normativlarini belgilovchi sport klassifikatsiyasi.

  3. «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari, uning nizomi.

  4. Sport turlari bo’yicha musobaqalarning nizomlari, o’yin qoidalari.

  5. Sport turlari bo’yicha hakamlar, jamoatchi faollar­ni tayyorlash nizomlari.

  6. Musobaqalarning kalendar rejasi.

  7. Musobaqalarning protokollari (bayonnomalari).

  8. Bayroqlar, ramzlar (emblema), ko’krakka taqadigan nishonlar va h.k.

Ularning mazmunlari va namunalari bilan alohida tanishish va o’rganish jarayonlari amaliy hamda mustaqil mashg’ulotlarda amalga oshiriladi.
Xulosa qilib aytganda, jismoniy tarbiya va sport ha­rakati, uni boshqaruvchi mutasadtsn va yordamchi tashkilot­lar, muassasalar hamda o’quv yurtlari xuquqiy-me’yoriy faoliyatlarga egadir. Davlat qonunlari, xukumat qarorla­ri va amaldagi maxsus huquqiy-me’yoriy hujjatlarni chuqur o’rganish va ularni hayotda qo’llash, ularga amal qilish har bir mutaxassis xodimning asosiy burchidir.
SHuni ham ta’kidlash zarurki, huquqiy-me’yoriy hujjatlarga tayanish maqsad va vazifalarni amalga oshirish bilan birgalikda, mutaxassislar, sportchilar va o’quvchi yoshlarning milliy qadriyatlar asosidagi ma’naviy-ma’­rifiy jihatdan tarbiyalashda.ham xizmat qiladi.

Yüklə 203,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin