1 M.SHarifxo’jaev, Ye. Abdullaev Menejment “O’qituvchi”, 179-bet, 2001 Moddiuy javobgarlik. Intizomiy javobgarlik. Mamauriy javobgarlik. Jinoiy javobgarlik. 1992 yil 8 dekabrda Respublika Oliy Kengashining XI sessiyasida «O’zbekiston Respublnkasining Konstitutsiyam» qabul qilindi. Bunda avvalgidan farqli o’laroq, aholining salomatligi, yoshlarning jismoniy kamoloti hamda ularning Vatan himoyasiga tayyorgarlik ko’rishdagi jismoniy chiniqishlari qonuniy belgilab qo’yilgan. Konstitutsiyaning «Iqgisodiy va ijtimoiy huquqlari» /IX bob/ bobining 41-moddasida «Har kim bilim olish huquqiga ega» deb kafolat berilgan. Ma’lumki, bilim berish o’quv yurtlarida amalga oshiriladi. O’quv jarayonining tarkibiy qismi jismoniy tarbiya hisoblanadi. Demak, har bir o’quvchi-yoshlarning jismoniy tarbiya bilan albatta shug’ullanishi qonun bilan belgilangan. SHuningdek, «Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojla.nishiga g’amxo’rlik qiladi» /42-modda/, deb belgilangan. Respublika milliy madaniyat va ilmiy texnika sohasi jismoniy tarbiya, uning barcha turlari, vosytalari, ilmiy asoslari bilan chambarchas bog’langan. Bu jabhada ham jismoniy tarbiya va sport haqli ravishda qonun bilan kafolatlangan deyishga asoslar bor. Konstitutsiyaning 52-moddasida: «O’zbekiston Respublikasini himoya qilish — O’zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o’tashga majburdirlar» deb ko’rsatilgan. Bu esa, o’z navbatida, o’quvchiyoshlarnIng harbiy xizmatga jismonan epchil, chaqqon, kuchli, chidamli bo’lib tayyorlanishini taqozo etadi. Yana 56-moddada shunday jugmla bor: «O’zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan kasaba uyushmalari, si.yosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi». Bu o’rinda «O’zbekiston», «Dinamo», «Yoshlik», «Talaba», «Vatanparvar» sport jamiyatlari nazarda tutilgan. Qolaversa, qayd etilgan barcha uyushma va tashkilotlar faoliyatini jismoniy tarbiyasiz tasavvur qilish mumkin emas. 58-moddada «Davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi» deb jamoat tashkilotlarining, shuningdek, sport jamiyatlarining faoliyati va imkoniyatlaridan keng foydalanishga kafolat berilgan. “Bolalarni oila va maktablarda tarbiyalash” /63-66moddalar/, ularning salomatligi uchun g’amxo’rlik qilish kabi vazifalar ham Konstitutsiyada mazmun topgan. O’zbekistonda «Mehnat jamoalari to’g’risida», «Sog’liqni saqlash haqida», «Ta’lim to’g’risida» va boshqa juda ko’p qonunlar qabul qilingan. Ularda aholining sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, sog’lig’ini muhofaza qilish, umrini uzaytirish va ular bilan bog’liq bo’lgan barcha shart-sharoitlarni yaratib berish masaladari olg’a surilgan. Boshqarish jarayonlarida huquqiy bilimlarning maxsus tomonlari ham mavjud. Bunda ijtimoiy huquq, huquq nomalari, ularning manbalari muhim ahamiyatga egadir. Ijtimoiy huquq ijtimoiy holatlarni yangilash, uni rivojlantirish maqsadida ijtimoiy va milliy munosabatlarni boshqarishni yaratish, huquq tartibi normalari bilan belgilanadi va himoya qilinadi. Huquq normalari deganda kishilarning davlat tomonidan belgilangan ma’lum va umumiy huquqtari tushuniladi. Huquq shakllari — bu ijtimoiy miqdor bo’lib, u ijtimoiy va millatlararo munosabatlarni yo’lga solib turadi. Huquqdarning manbalari aktlar miqdori bo’lib hisoblanadi. Bu yozma hujjatlar davlat organlari tomonidan o’z huquq doirasiga qarab chiqariladi. SHuni e’tiborga olish kerakki, davlat organlarining har qanday aktlyri ham normativ bo’lavermaydi. Masalan, shaxsiy ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlar — rejali topshiriq, aniq korxonaga berilgan topshiriqlar va hokazolar.