5. Boshqarishda yetakchilik (liderstvo) mohiyati. Rahbar xodimlar, murabbiylar, jismoniy tarbiya o’qituvchilari. jamoati xodimlar va sport ixlosmandlari jismoniy tarbiyasog’lomlashtirish va sport musobaqalarini uyushtirish jarayonlarida e’tiborlarini ma’naviy-ma’rifiy va madaniy faoliyatlarni yaxshilashga qaratish lozim. Sportchilar va tomoshabinlar, murabbiylar va sportchilar hamda tashknlotchi hakamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar eng yuqori saviyada bo’lishiga qaratilishi lozim. Buning uchun barcha sport jamoalarida, ayniqsa, bolalar va.o’smirlar sport maktablarida, sport mashg’ulotlarini tashkil qilish jarayonlarida ta’lim-tarbiya ishlari yaxshi yo’lga qo’yilishi, umum madaniyat va milliy ma’anaviyatimiz durdonalari, yetuk allomalarning ilmiy-pedagogik meroslari o’quvchiyoshlarga singdirilishi kerak. Talabalar bu jarayonlarni chuqur o’rganishlari va o’zlarida to’la mujassamlashtirishlari lozim.
.MA’RUZA- 9: BOSHQARISHNING HUQUQIY ASOSLARI Reja
1.Boshqariishing huquqiy asoslari 2.Boshqaruvchilik faoliyatlarida huquqiy bilimlarning mohiyati.
3.Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining me’yoriy aktlari.
4.Maxsus me’yoriy hujjatlar.
1.Boshqariishing huquqiy asoslari O’zbekiston Respublikasi mustaqillik taraqqiyoti yo’liga kirgach, milliy davlatchilik an’analariga, qadriyatlariga mos keluvchi boshqaruvchilik faoliyati tizimini barpo etishni eng muhim amaliy masalalardan biri deb hisobladi.
SHuni ta’kidlab o’tish kerakki, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida boshqaruvchilik faoliyati byurokratlarcha markazlashuv, nomenklatura, o’z-o’ziga xizmat qilish, shaxsiy manfaatni ustun qo’yish, demokratiyani tan olmaslik, buyruqbozlik, rasmiyatchilik, konservatizm tamoyillariga asoslangan bo’lsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida demokratiya, iqtisodiy munosabatlarni demokratlashtirish, yuksak ma’naviyat, milliy hafsizlikni ta’minlash tamoyillariga asoslanadi.
Boshqarishning huquqiy asoslari deganda ijtimoiy munosabatlarda yuridik, qonuniy ta’sir o’tkazish jarayonida qo’llaniladigan huquqiy me’yorlar majmui tushuniladi.
Huquqiy me’yorlar davlat tomonidan belgilanadn. Agar huquqiy me’yorlarni jamoat tashkiloti chiqarsa, u davlat tomonidan tasdiqlanadi.
Bu borada jamiyatimizni sog’lomlashtirish uchun xizmat qiladigan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqaruvchilik faoliyatining huquqiy bilimlari alohida o’rin tutadi.