Jismoniy madaniyat nazariyasi va


Tarbiya boshqarishning muhim bosqichidir. Onglilik va salomatlik muvozanatlarini saqlash, milliy qadriyatlardan foydalanish



Yüklə 203,59 Kb.
səhifə28/43
tarix08.02.2023
ölçüsü203,59 Kb.
#123160
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43
Jismoniy madaniyat nazariyasi va

3.Tarbiya boshqarishning muhim bosqichidir. Onglilik va salomatlik muvozanatlarini saqlash, milliy qadriyatlardan foydalanish.

1980 yil Moskvada bo’lib o’tgan XXI1 Xalqaro Olimpiya o’yinlari hamda keyingi yillarda Moskva, Leningrad, K.ISV, Toshkent va boshqa yirik shaharlarda o’tkazilgan rasmiy xalqaro sport musobaqalari hamda O’zbekiston Respublikasi xalqlari spartakiadasi, o’quvchilar va talabalarning spartakiedalari, universiadalari paytida qator ilmiy tadqiqot ishlari o’tkazilganligining guvohimiz. Bu tadqiqot jarayonlarini tashkil qilish va bevosita o’rganishda quyidagi holatlarni aniqlashga muyassar bo’lingan:



  1. «Eng yaxshi murabbiylarning qaysi jihatlari sizga ma’qul?» degan savol-javoblarda yuqori darajali sportchilar talabchanlik, odamiylik, hozirjavoblik kabi hislatlarni ko’rsatganlar.

  2. «Murabbiylarning qaysi jihatlari sizga ma’qul emas?» degan savolga yuqori darajali sportchilar qo’pol, o’zini tutolmaydigan, mag’lubiyatda o’zini yo’qotib qo’yadigan va hokazolar deb ko’rsatganlar.

Sportga endi qadam qo’ygan yoshlardan «Murabbiylar­ning qaysi xislatlari sizga yoqadi?» — degan savolga yaxshi muomala qilish, mashqlarni doimo o’zi ko’rsatib berishi, yaxshi o’rgatishi yoqishini ta’kidlaganlar. «Murabbiyning qaysi tomonlarini yoqtirmaysiz?» — degan savolga esa barchaga barobar muomala qilmasligi, do’q urishi, xagolarni tuzatishda dag’allik qilishi va hokazolarni ko’rsatishgan.
Yuqorida qayd etilganidek, jamoada murabbiy va o’yinlar /mashqlar/ jarayonlari yaxlit ijtimoiy psixologik va pedagogik jarayondir. Sportchilarning o’z murabbiylariga bergan baholari o’ta haqqoniy va to’g’riligiga hech qanday shubha bo’lishi mumkin emas, chunki haqiqatdan ham murabbiylarning ruhiy va jismoniy holatlari doimo o’zgarib turadi. Vazmin, donishmand va katta tajribali murabbiylar hamma sportchilarga.yoqadi. SHu jihatdan olganda, talabalar, yosh murabbiylar, jismoniy tarbiya o’qituvchilarn yaxshi rahbar, murabbiy bo’lishga intilishlari, hayotiy ish tajribalarni o’zlarida mukammal shakllantirishlari lozim.
Sport jamoalari rahbarlari, murabbiylar, jismoniy tarbiya o’qituvchilarn ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilashda barcha sport mashg’ulotlari jarayoni va avvaldan mo’ljallangan vaqtlarda suhbatlar o’tkazishni yaxshi yo’lga qo’yishlari lozim. Bunda:

  1. sport mashg’ulotlari va o’yinlari /musobaqalar/ ijtimoiy-psixologik va pedagogik jarayonlarga aniq qaratilishi;

  2. oldiga aniq vazifalar qo’yilishi;

  3. suhbat rejalari aniq va ehtiyojga yarasha bo’lishi;

  4. suhbatning ta’sirli bo’lishi uchun vaqg va joy mos kelishi;

  5. suhbat jarayonida aniq maqsadlarga erishish;

  6. olingan axborotlar, ma’lumotlar dalil sifatida aniq va to’g’ri haqqoniy bo’lishi;

suhbatda maqsadga erishilgach, uni darhol to’xtatish, boshqa vaqtda davom ettirishga ehtiyojni uyg’otish kerak bo’ladi.

Yüklə 203,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin