Jismoniy madaniyat nazariyasi va


Boshqarish va ta’lim-tarbiya jarayonlarida uzaro munosabatlar



Yüklə 203,59 Kb.
səhifə27/43
tarix08.02.2023
ölçüsü203,59 Kb.
#123160
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43
Jismoniy madaniyat nazariyasi va

2.Boshqarish va ta’lim-tarbiya jarayonlarida uzaro munosabatlar.
Ta’kidlash lozimki, O’zbekistonda xalq psdagogikasiii takomillashtirishda yetuk mutafakkir olimlarning hissalari kattalir. Ilmiy-pedagogik meroslarimizni ta’lim tizimiga kiritish va ulardan keng foydalanish fikrlarini olg’a surdilar.
Jahon xalqlari tarixi va pedagogikasida o’chmas iz qoldirgan buyuk allomalar Abu Ali ibn Sino. Ismoil Buxoriy, Naqshbandiy, Alisher Navoiy va boshqa sharq olimlarining ma’naviy-ma’rifiy hamda ilmiy-pedagogik meroslari o’quvchi yoshlar va mehnatkashlar orasida targ’ib qilinmoqda.
Sport jamoalarining faoliyatini ijtimoiy-ruhiy jihatdan o’rganish va ilg’or tajribalarni ommalashtirishda yetux yirik olimlarimiz o’z hissalarini qo’shib kelmoqaalar.
Sport tashkilotlari faoliyatini boshqarish va ommaviy sog’lomlashtirish musobaqalarini tashkil etishda rahbar xodimlar, mas’ul tashkilotchilar /hakamlar, xizmatchilar, vakillar va hokazolar/, jamoalar umumiy qoidalarga itoat etish, o’zaro yaxshi munosabatda bo’lish, sport musobaqalari qoidalariga to’la rioya qilish, etikestetik me’yorlarni bilish kabi talablarni bajaradilar.
Sport jamoalari faoliyatida, asosan, kuyidagi ijtimoiy-ruhiy va pedagogik jarayonlar muntazam ravishda mavjuddir:

  1. Jamoa rahbari /sport qo’mita yoki sport jamiyati/ voqelikni kuzatadi.

  2. Murabbiy o’yinlar va barcha mashg’ulotlarni tashkil qilish jarayonida ularni kuzatib, tahlil qiladi.

  3. Jamoa ishtirokida rahbarlar va murabbiylar barcha faoliyatlarni, shuningdek, o’yin /musobaqa/ natijalarini birgalikda muhokama qiladilar.

  4. Muhokama jarayonida g’oliblar taqdirlanadi va rag’batlantiriladi. Mag’lublar tegishli vazifalarni oladilar.

Bu jarayonlar ijtimoiy-psixologik va pedagogik jihatdan bir-biriga chambarchas bog’lanib ketganligi uchun maqsad bu faoliyatlarni to’g’ri ugoshtirish, aniq yo’nalishlar berish, kelgusi ish samaralarini ta’minlashga qaratilgan bo’lishi kerak. SHu jihatdan ham talabalar va barcha yosh mutaxassislar sportning turlariga qarab bu faoliyatlarni chuqur o’rganishlari, amaliyot jarayonlarida qaytaqayta tajribalardan o’tkazishlari zarur, toki ular uchun mazkur faoliyatlar odat, ehtiyoj tusiga kirsin.
Jahon sporti harakati, qolaversa, respublikadagi jismoniy tarbiya harakati tajribalarida jamoa, rahbarguruhlar o’rtasidagi o’zaro aloqalar va rasmiy munosabatlar tabiiyligi ma’lum. Ular ish faoliyatini yaxshilash, munosabatlarni mustahkamlash, yuqori samaralarga erishishga qaratilgan bo’ladi. Bu jarayonlar hayotda osoy kechmaydi. CHunki har bir rahbar va ijrochining o’ziga xos fe’l-atvori, xususiyati, istagi. maqsadi, imkoniyati bo’ladi. SHu asnoda aytish kerakki, sobiq Ittifoq davrida Uzbekistonga juda ko’p iqtidorli murabbiylar, sportchilar /futbol, kurashda ko’proq eli/ taklif etilgan. Bu masala katta shartlar evaziga hal bo’lgan. Hozirgi bozor iqtnsodiyoti sharoitlarida ham murabbiylar va sportchilar o’rtasida rasmiy shartnomalar tuzilib, ular rahbar tashkilotlar orqali hal etilmoqda. Bu ham o’ziga xos ijtimoiy-psixologik jaraenlarni vujudga keltiradi.
Sport jamoalarida shaxe tushunchasi katta ahamiltga molik bo’lib, murabbiy o’zi xohpagan sportchilarni tanlashi va ular bilan muloqotlar tashkil qilishi mumkin. Bu tabiny hol. Sportchilar ham shaxe sifatida o’z istaklari va xohishlariga ega bo’lishlari, shu asosda muloqot va o’yinlarda qatnashishlari mumkin. Bu murabbiy va sportchi o’rtasidagi raqobat, muloqot va boshqa pedagogik jara­enlarni to’g’ri yo’lga qo’yishni taqozo qiladi. SHu jihatlan sport jamoalarida faqat ixtisoslik bo’yichagina ishlar olib borilishi yetarli bo’lmayli. SHuning uchun ular bilan ijtimoiy-psixologik va pedagogik jihatdan ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish, g’oyaviy, siyosiy va madaniy talbirlarni yo’lga qo’yish zarur. Bu jihatdan bolalar va o’smirlar sport maktablari va o’quv yurtlari, ishlab chiqarish korxonalari, sport klublari to’garaklarida tartibli ravishda tashkil qilish, ularni yoshlikdan tarbiyalash kerakdir.
Sport jamoalarining o’quv mashg’ulotlari va bevosita sport musobaqalari jarayonida maxsus ilmiy tadqiqotlar o’tkazish yo’lga qo’yilganiga ancha bo’ldi. Bu sohala ko’p taniqli oli ml ar va yosh mutaxassislar tadqiqotlar o’tkaznb, ijobiy natijalarga erishgan. Ularning ta’kidlashicha, sportchilar quyidagi toifalarga bo’linadi.

  1. Eng yuqori malakali sportchilar /xalqaro toifadagi sport ustalari/.

  2. Yuqori darajadagi sportchilar /sport ustalari/.

  3. O’rta me’yorli sportchilar /1-razryaililar/.

  4. Oddiy sportchilar /2-3-razryadlilar/.

  5. Sportga endigina qadam q.uyganlar.




Yüklə 203,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin