Jismoniy madaniyat nazariyasi va


Dam olish maskanlaridasport lagerlari, istirohat va ko’ngil ochnsh bog’lari va hokazolar sog’lomlashtirish ishlari



Yüklə 203,59 Kb.
səhifə26/43
tarix08.02.2023
ölçüsü203,59 Kb.
#123160
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43
Jismoniy madaniyat nazariyasi va

5.Dam olish maskanlaridasport lagerlari, istirohat va ko’ngil ochnsh bog’lari va hokazolar sog’lomlashtirish ishlari
Aholi istiqomat joylarida dam olish va sog’lomlash­tirish maskanlari shakli quyidagicha bo’lishi mumkin:

  1. Istirohat va ko’ngil ochish bog’lari /park/.

  2. Anhor, ko’l, suv ombori va katta ariq yoqalari /plyaj/.

  3. O’quvchilarning dam olish oromgohlari /lager/.

  4. Sport oromgohlari /sport lageri/.

  5. Mahalla va uylar oldidagi bolalarning o’yin maydonlari.

Bu shakllardagi dam olish maskanlarining qurilish, shart-sharoitlari, imkoniyatlari har xil bo’lishi tabiiydir. SHu sababdan ularda tashkil qilinadigan koman­dalar, sog’lomlashtiruvchi guruhlar, ularning mashg’ulot­lari hamda musobaqalari ham shundan kelib chiqqan holda har xil bo’ladi. Bunday turli-tuman joylarda o’yinlar, mashg’ulotlar va musobaqalarni tashkil etish mutasaddi tashkilotlar, jamoat tashkilotlari. mahalla-qishloq oqsoqollari kengashi hamda faollari tomonidan olib boriladi. Bu faoliyatlarda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari, tibbiy xodimlar, qutqaruvchi /suv/ za nazorat xizmatlari bo’lishi kerak.
Umumiy xulosa shundan iboratki, mamlakatda olib borilayotgan turli ommaviy tadbirlarda sport turlari va xalq milliy o’yinlari mazmun topmoqtsa
Flinta: Nauka, 2004.


8-ma’ruza.BOSHQARINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK YO’NALISHLARI
Maruza rejasi:
1.Jismoniy tarbiya va sport harakati jarayonida ijtimoiy-psixologik holatlar.
2.Boshqarish va ta’lim-tarbiya jarayonlarida uzaro munosabatlar.
3.Tarbiya boshqarishning muhim bosqichidir. Onglilik va salomatlik muvozanatlarini saqlash, milliy qadriyatlardan foydalanish.
4.Akademik dasturlar
5. Boshqarishda yetakchilik (liderstvo) mohiyati.


1.Jismoniy tarbiya va sport harakati jarayonida ijtimoiy-psixologik holatlar.
Jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiy-tarbiyaviyva ma’naviy mohiyatlarini o’rganish, talqiq qilish. Insonningruhiyati uning ijtimoiy turmushi va ta’lim-tarbiya jarayonida asosiy omildir. SHu sababdan o’qitish tarbiya berish, yoshlarning ma’naviy va jismoniy kamolotini tarbiyalab yetishtirish, ularni kasb-hunarga yo’llashda ijtimoiy-psixologik va pedagogik jarayonlarga apohida e’tibor berib kelinmoqpa. Bu jihatlar jis­moniy tarbiya va sport harakatini boshqarish, ayniqsa, iqtidorli yoshlarni sportga jalo etish, sportchilar mahoratini oshirish, ularni sport musobaqalariga ruhiy jihatdan tayyorgarliklarini ta’minlash eng muhim peda­gogik jarayon hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil martdagi «Respublika Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazini tashkil qilish to’g’risida»gi qarori mamlakatimizda milliy qadriyatlarni tiklashni takomillashtirish masalalarini e’tiborga olib qabul qilindi. Bu esa aholini, aynisa, o’quvchi-yoshlarni milliy madaniyatimizni rivojlantirish, ulkan adiblar asarlari va madaniy meroslarini qunt bilan mutolaa qilishga da’vat etadi. Buning uchun barcha jamoalardagi kabi jismoniy tarbiya harakatida ham ta’lim-tarbiya va madaniy ishlarni yaxshilashni taqozo qiladi.



Yüklə 203,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin