Jismoniy madaniyat nazariyasi va


Sport turlari bo’yicha federatsiyalarning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi faoliyatlari



Yüklə 203,59 Kb.
səhifə43/43
tarix08.02.2023
ölçüsü203,59 Kb.
#123160
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Jismoniy madaniyat nazariyasi va

4.Sport turlari bo’yicha federatsiyalarning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi faoliyatlari
Qaysi sport turi bo’lmasin, musobaqalarni tashkil qilish va o’tkazish faoliyatlari asosan sport federatsiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda musobaqa Nizomi, hakamlik ishlari asosiy o’rinda turadi. SHu tufayli mamlakatimizda 30 dan ortiq, sport turlari bo’yicha federatsiyalar tashkil etilgan. Xar bir federatsiyaning o’z Nizomi mavjud. Nizomlarda federatsiyalarning tarkibiytuzilishi, rahbar va xay’atini saylash, ish mazmuni vazifalari, moddiy mablag’lar kabi jihatlar aks ettirilgan.
Federatsiyalarning eng muhim vazifalariga musobaqa qoidalarini ishlab chiqish yoki o’zgartirishlar kiritish, musobaqalarning Nizomini tayyorlash, xakamlarning malakalarini oshirish, murabbiylarning faoliyatlarini o’rganish kabi talablar kiradi.
O’zbekiston sharoitida futbol, tennis, boks, shaxmat, kurash, sharqona yakkakurashlar va boshqa bir qator sport federatsiyalari o’z mustaqilligiga ega va o’z maqomlari bo’yicha faoliyat ko’rsatadi. Ular tashkiliy ishlar bo’yicha sport jamiyatlari bilan hamkorlik qiladi va Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasiga hisobot beradi.
Ta’kidlash joizki, bir qator sport federatsiyalari sport jamiyatlari tarkibidadir. Viloyatlardagi sport federatsiyalari ham sport jamiyatlari tarkibida faoliyat yuritadi va o’z Nizomlari asosida ish olib boradi.
Sport federatsiyalari tarkibiga asosan hakamlar va murabbiylar kengashi kiradi. Ular ham o’z faoliyatlarini aloxida va mustaqil ravishda yuritadilar. Xakamlar kengashi musobaqa qoidalarini ishlab chiqishi, bajarilishini doimiy nazorat qilish, yangiliklar kiritish bilan shug’ullanadilar. Musobaqalar asosan, avvaldan tuzilgan va tasdiqlangan Nizomlar asosida o’tkaziladi, ularning yakunlari federatsiya hay’atida ko’rib chiqladi va hisobot beriladi.
Murabbiylar kengashi ilg’or tajribalarni ommalashtirish, sportchilarning texnik va taktik mahoratlarini takomillashtirish, musobaqalarga tayyorgarlik kabi muhim masalalarni muhokama qiladi. Zarur muammolarni federatsiya hay’atiga tavsiya etadi.
Xulosa qilib aytganda, O’zbekistonda boshqarish ishlariga jamoatchilik keng jalb qilinmokda. Demokratik tamoyillarni amalga oshirishda o’zini-o’zi boshqarish, bunda pullik xizmatlar, tijorat va ishlab chiqarish yo’llari bilan moddiy ta’minlashga imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu soxada sport jamiyatlari, uyushmalari, Assotsiatsiyalar, jamg’armalar va boshqa jamoat tashkilotlari faol ishtirok etmoqdalar.
Sport jamiyatlari, uyushmalari va ular bilan bevosita aloqador bo’lgan tashkilotlar mustaqil faoliyat yuritish evaziga sportchilarning tayyorgarliklarini yaxshilash, ularning mahoratini oshirish, sport buyumlari va jihozlarini xarid qilish, sport inshootlarini kengaytirish, ta’mirlash kabi zarur ishlarni amalga oshirmoqda.
Bunday faoliyatlar, ayniqsa, «Dinamo» sport jamiyati, mudofaga ko’maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti va boshqa sport jamiyatlari hamda tashkilotlarida yaxshi yo’lga qo’yilgan.
Respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda sport jamiyatlari, ularning tarmoqlari, ayniqsa, jismoniy tarbiya jamoalari hamda ishlab chiqarish korxonalari, oliy o’quv yurtlari tarkibidagi sport klublarining hissasi tobora oshib bormokda.
Barcha toifalarda o’tkazilayotgan sport musobaqalarining aniq maqsad yo’lida tashkil etilishida hakamlar, murabbiylarning roli va mas’uliyatlari kengaymoqda.
Bir so’z bilan aytganda, sohani boshqarishda jamoatchilikka keng o’rin berish yaxshi samaralar bermoqda. Sport jamiyatlari, uyushmalari, sport klublari haqidagi Nizomlarni talabalar amaliy va mustaqil mashg’ulotlarda chuqur o’rganishlari lozim.

Talabalar bilimlarini mustaxkamlash va o’zlashtirishini nazorat etish savollari?.


1.Aholining jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan ehtiyojlarini o’rganish to’g’risida?
2.«Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi haqida tushuncha bering?
3.«Navro’z», «Mustaqillik kuni» bayramlari va boshqa milliy an’analarda xalq milliy o’yinlarini tashkil qilishning ahamiyati?
4.To’garaklarni qanday tashkil qiliinadi?
5.Dam olish maskanlarida (sport lagerlari, istirohat bog’lari va x.k.) sog’lomlashtirish ishlarini tashkil qilish haqidagi fikrlaringizni bayon eting?

Jismoniy madaniyat tarixi va sportni boshqarish fanidan test savollari


1.Talaba sport uyushmasiga kimlar a`zo bo’ladi?



  1. oliy o’quv yurti talabalari

  2. kasb xunar o’quvchilari

  3. maktab o’quvchilari

  4. Sport jamiyatlari

2.Burevestnik sport jamiyati xozirgi kunda qaysi nom bilan yuritiladi ?

  1. *Talaba

  2. Lakomotiv

  3. V Dinamo

  4. Alpomish va Barchinoy

3. Xalq milliy o’yinlar markazi nechanchi yil tashkil topdi.?

  1. *1991 yil

  2. 1996 yil

  3. 2000 yil

  4. 2006 yil

4.Xalq milliy o’yinlari birinchi marta qaerda o’tkazildi?:

  1. 1991 yil Jizzaxda

  2. 2000 yil Farg’onada

  3. 1998 yil Termizda

  4. 2000 yil SHaxrisabzda

5.O’zbekistonda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi nechanchi yil tashkil etildi?.

  1. *1998 yil

  2. 2001 yil

  3. 2000 yil

  4. 1997 yil

6. O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi qachon tashkil topdi.?

  1. *1992 yil 21 yanvarda

  2. 2002 yil 14 martda

  3. 2003 yil 22 noyabrda

  4. 2000 yil 22 fevralda

7.Xalqaro Olimpiya akademiyasi nechanchi yilda tashkil topdi?

  1. A*1961 yil Gretsiyaning Olimp shaxrida

  2. 1964yil Germaniyada

  3. 1966 yil Frantsiyada

  4. 1969yil Angliyada

8.O’zbekiston Respublikasi Olimpiya akademiyasi nechanchi yil ta`sis etildi.?

  1. 1993 yil 18 aprelda

  2. 2001 yil 22 aprelda

  3. 2000 yil 18 martda

  4. 1997 yil yil 26 noyabrda

9.Sport maktabi kim tamonidan boshqariladi?

  1. *Maktab direktori tamonidan.

  2. Trener murabbiy tamonidan

  3. O’qituvchi tamonidan

  4. Direktor o’rinbosari tamonidan.

10.Sport markazlari tushunchasi qanday ma`noni anglatadi.?

  1. *Zamonaviy sport inshoatlarini

  2. Sport turlarini

  3. Sport musobaqalarini

  4. Kurash turlarini

GLOSSARIY



Atamaning О‘zbek tilida nomlanishi

Atamaning Rus tilidа nomlanishi

Atamaning
Ingliz tilidа nomlanishi

Atamaning ma’nosi

1

mashq

упражнения

Fairy tales

Harakatlar,harakat faoliyatlari, shuningdeк harakat faoliyatining murakkab turlari, bо‘lib ular jismoniy tarbiya vazifalarini hal etish uchun vositada tanlab olingan. “Mashq” atamasini harakat faoliyatini bir necha bor takrorlash jarayonini ifodalash ma’nosida ham qо‘llaniladi.

2

Hаrаkаt fаoliyati

Двигательной активность

actiwiti

Deb harakatni bajara olish uni takomillashtirish va kо‘nikmani vujudga keltirishga aytiladi

3

Jismoniy tаrbiya

Физическая воспитания

Physical traihihg

Jismoniy kamolotga erishishga yо‘naltirilgan pedagogik jarayondir.

4

Jismoniy tаyyorgаrlik

Физическая подготовка

Physical traihihg

U aniq kasb xususiyatiga kо‘ra о‘tkaziladigan jismoniy mashqlarning vazifalari, vositalari, о‘kazish metodikasining о‘ziga xosligi bilan xarakterlanadi.

5

Jismoniy tа’lim

Физическая воспитания

Physical traihihg

Jismoniy tarbiyaning maxsus bilimlar,harakat kо‘nikma va malakalarini egallashdan iborat bir turi.

6

Sport

спорт

sport

Bu musobaqa jarayonida namoyon bо‘ladigan,u yoki bu jismoniy mashq turida eng yuqori natijaga erishishga yо‘naltirilgan maxsus faoliyatdir.

7

chidаmlilik

выносливость

durable

Biror –bir faoliyatda toliqishga qarshi tura olish qobiliyatidir.

8

musobaqalashmoq

соревнования

compete

Ikki jamoa о‘rtasida bellashuv

9

jismoniy madaniyaт

Физическая культура

Physical traihihg

Bu jismoniy kamolotga erishishga yо‘naltirilgan pedagogik jarayondir.

10

Jismoniy rivojlanish

Физическая развития




Bu kishi organizmi shakl va funksiyalarining о‘zgarish jarayonidir.

11

suzish

плавание

swiming

Jismoniy xarakat qilib suvni ostida yoki ustida berilgan yо‘nalishlar bо‘yicha suvda harakatlanishdir.

12

tezkorlik

скорость

sped

Tezkorlik –bu insonning ma’lum sharoiti uchun qisqa vaqt ichida harakatni yuqori samarali bajara olishlik qobiliyatiga aytiladi.

13

olimpiya

олимпия

olimpiya

Halqlar о‘rtasida sport musobaqasi

14

musobaqalashmoq

соревноваться

compete

Ikki jamoa о‘zaro biror sport turi bо‘yicha kuch sinashi

15

gimnastika

гимнастика

gymnastik

Bu lotincha sо‘zdan olingan bо‘lib “Yalong‘och” degan ma’noni bildiradi

16

jamoa

команда

torun

Bir necha sport turi yoki sportchidan tashkil topgan guruh

17

chempion

чемпион

winner

Biror sport turidan natijaga erishgan sportchi.

18

kо‘pkurash

многоборье

All-around

Ko’pkurash о‘z ichiga yurish yugurish,sakrash,uloqtirish,otishni
oladi

19

sаkrаsh

пригать

jumping

Yengil atletika sport turi о‘z ichiga sakrashni oladi, joydan turib sakrash, uzunlikka sakrash, balandlikka sakrash,

20

Milliy tizim

Натциональная система

Notional system

Gimnastikani milliy tizimlariga Nemis.fransuz, shved tizimlari kiradi.

21

maydoncha

площадка

dround

Mashg‘ulot о‘tkaziladigan joyni maydoncha deb ataladi.

22

rivojlanish

развытия

development

Organizmning morfofunksional о‘sishi rivojlanish

23

Olimpiya qasamyodi

Олимпийский клятва




Olimpiyadаdа ishtirok etuchi hаkаmlаr vа sportchilаr qаsаmyod qilishi.

24

Olimpiya shiori

Олимпийский девиз




Olimpiya shiori, tezroq,bаlаndroq,kuchliroq.

25

Olimpiya mash’alasi

Олимпийский факель




Olimp tog‘lаridаn to poytаxtgаchа gulxаn yoqilib olib kirilаdi.

26

Milliy olimpiya qо‘mitasi

Наtsиональный олимпийский комитет

National Sports Council

Milliy olimpiya qо‘mitаsi musobаqаgа ketаdigаn xаrаjаtlаr, sportchilаrgа olimpiyadа о‘yinlаrigа yо‘llаnmа beruvchi yagonа tаshkilot

27

doping

допинг

doping

Musobаqа jаrаyonidа qо‘llаsh mа’n etilgаn moddа.

28

kriptiya

криптия

kriptiya

Qаdimgi Yunonistondа efep unvoni berishi uchun belgilаngаn tungi yurish.

29

kubok

кубок

kubok

Musobаqаdа g‘olib chiqqаn jаmoаgа berilаdigаn sovrin.

30

Halqaro olimpiya qо‘mitasi

Международный олимпийский комитет




Butun xalqlar urtasida o’tkaziladigan musobaqani boshqaradigan tashkilot.



Adabiyotlar.
1. Yarashev K.D. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish. T.: 2002y. 120 – 135 betlar
2. J. Eshnazarov Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish T.: 2008
Qo`shimcha adabiyotlar.
4. David C.Watt Sports management and administration1998.
2. Xoldorov T.X, Nurmatov F.A., Yunusova D.S. Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish T.: 20082. Botirov X.A. Jismoniy tarbiya va sport tarixi. T. “O’qituvchi” 1993 y.
3. Xo’jaev F. O’zbekistonda jismoniy tarbiya. 1997 y.
4. Akramov A.I. O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sport tarixi. O’zDJTI 1997 y.F.Xo’jaev va boshqalar “


1David C.Watt. Sports management and administration. 1998. Р29.



2David C.Watt. Sports management and administration. 1998. Р29.

3David C.Watt. Sports management and administration. 1998. Р29.

4David C.Watt. Sports management and administration. 1998. Р29.

5David C.Watt. Sports management and administration. 1998. Р29.

6David C.Watt. Sports management and administration. 1998. Р29.

7David C.Watt. Sports management and administration. 1998. Р29.

8David C.Watt. Sports management and administration. 1998. Р29.

9


10David C.Watt. Sports management and administration. 1998. Р29.


Yüklə 203,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin