4. Xalqaro sport harakatini tashkil qilish Xalqaro sport harakati taraqqiyotining asosiy bosqichlari haqida tushunchalar. (1860-1894, 1896-2000).
Xalqaro Olimpiya qo’mitasi, uning tashkiliy tuzilishi, maqsadi, vazifalar i. Bosh Assambleya, milliy olimpiya qo’mitalari assambleyasi, sessiya, kongress.
Xalqaro sport uyushmalari, sport federatsiyalari, qitalardagi sport tashkilotlari. Osiyo sport uyushmalari, ularning asosiy tadbirlari. Markaziy Osiyo sport uyushmalari.
Xalqaro sport va Olimpiya harakatining hozirgi muammolari.
Xalqaro sport harakati jahondagi barcha davlatlar va xalqlarning kundalik faoliyati sifatida tarkib topgan hamda umumjahon miqyosida ijtimoiy-siyosiy, madaniy jarayonlarni o’zida ifodalovchi ijtimoiy faoliyatdir. Uning vujudga kelishi va taraqqiyot yo’li uzoq darvlarni hamda juda ko’p turli-tuman faoliyatlarni o’z ichiga oladi. E’tirof etish kerakki, jahonda taraqqiy etgan AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Frantsiya va boshqa davlatlar taraqqiyotida o’zining salmoqpi o’rni va har tomonlama mavqei jihatidan e’tiborga loyiq bo’lgan Rossiya, Xitoy, Hindiston, Arab mamlakatlari o’rtasida sport sohasida o’zaro aloqalar mavjud. Bu faoliyatlar esa xalqaro sport harakatiga ijobiy ta’sir o’tkazmoqda. Jahon xalqpari tarixida xalqaro sport harakati ham muhim ahamiyatga ega bo’lgan jarayondir. U xalqparni faqat sportdagi faoliyatlari bilangnna emas, balki turli millatlarning madaniyati, ijtimoiy taraqqiyoti, insonparvarlik hamda progressiv g’oyalari bilan ham o’zaro bog’laydi. Xalqaro sport harakati o’zining tarixiy taraqqiyot bosqichlariga ega. Ya’ni XIX asrning oxirlarida Evropa mamlakatlarida xalqaro sport uchrashuvlari tashkil etilib, asta-sekin rasmiy musobaqalar tusini oldi. Natijada turli sport uyushmalari (federatsiyalari) tashkil qilina boshlandi. Buning-oqibati esa Xalqaro Olimpiya o’yinlarini davr talablari asosida tashkil qilish ga da’vat etdi. XIX asrning ikkinchi yarimida o’tkazilgan musobaqalarning yagona tartib va qoidalari bo’lmaganligi sababli Xalqaro sport harakatining rivojlanishiga birmuncha salbiy ta’sir ko’rsatdi. Shunday bo’lsa-da,1881 yilda Evropa gimnastika uyush-V masi, 1892 yilda akademik eshkak eshish Xalqaro federaiiyasi, 1904 yilda Xalqaro futbol federatsiyasi tashkil etildi. Bu siljishlar Xalqaro Olimpiya qo’mitasini tuzishga (1894) va uning faoliyatini rivojpantirishga sababchi bo’ldi. Bunda buyuk mutafakkir Per de Kubertenning G’FrantsiyaG’ xizmatlari nihoyat kattadir. Shuni ta’kidlash kerakki, xalqaro sport federatsiyalari hamda Xalqaro Olimpiya qo’mitasining dasturlari, xartiyasi, tashkiliy asoslar burjua sport xodimlari tomonidan ishlab chiqnlgan. Bu uzoq yillar davomida o’zgarishsiz faoliyat ko’rsatib keldi. Hozirgi kunda ham uning asosiy qismi o’z kuchi va mavqeini saqaab kelmoqda. Xalqaro sport harakatining birinchi bosqichi Oktyabr to’ntarishigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu, albatta, birinchi Xalqaro Olimpiya o’yinining o’tkazilishi G’1896G’ va keyingi davrlarda har 4 yilda bir marta o’yinlarning tashkil qilinishi bilan belgilanadi. 1894 yilda Parijda I Xalqaro sport kongressi bo’ldi. Bunda quyidagi masalalar ko’rib chiqilgan edi: Havaskorlik va professionalizm.
Olimpiya o’yinlari.
Hozirgi davrda Xatqaro Olimpiya qo’mitasiga 200 dan ortiq mamlakat a’zo bo’lib kirgai. Sobiq SSSR dan ajralib, hozir mustaqil davlat sifatida faoliyat ko’rsatayotgan respublikalar 1991-1992 yillarda Xatqaro Olimpiya qo’mitasiga a’zo qilib qabul qilindi. Bu mamlakatlarning sportchilari sport cho’qqilarini zabt etish, xalqlar o’rtasida tinchlik va do’stlikni mustahkamlash uchun o’z g’oyalarini olg’a surmokdalar. Birlashgan millatlar tashkiloti G’BMTG’ Xalqaro sport harakatining rivojlanishi va uning tashkilotchisi Xalqaro Olimpiya qo’mitasi faoliyatining rivojlanishini e’tiborga olgan holda bu ishlarni kuzatib borish, tegishli yordam qilish maqsadida o’zining muhim tayanchi bo’lgan YuNESKO huzurida jismoniy tarbiya va sport bo’yicha Xalqaro sport kengashini tashkil q)ishi. Bu tashkilot davlat hisobida bo’lmagan davlat tashkilotlari bilanaloqador bo’lib, jismoniy tarbiya va sport bo’yicha kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar, tajriba almashish ishlari bilan shug’ullanadi. Xalqaro sport harakatida sport uyushmalarining ahamiyati va o’rni juda kattadir. 11-MA’RUZA BOSHQARISHNING JAMOAT TASHKILOTLARI
Reja
1. Aholining mehnat faoliyatini himoya qilish va ijtimoiy turmush madaniyatini rivojlantirishda kasaba uyushmalari, turli partiyalar, jamg’arma uyushmalarining o’rni.
2. Sport jamiyatlari («O’zbekistan», «Dinamo», «Talaba», «Yoshlik») va ularning quyi tarmoqlarining tuzilishi.
3. Xalq milliy o’yinlari markazining ommaviy jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilishdagi faoliyatlari.
4. Sport turlari bo’yicha federatsiyalarning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi faoliyatlari