Jizzax davlat pedagogika universiteti


P.f.n., prof. BOYMETOV B.B



Yüklə 172 Kb.
səhifə5/15
tarix11.11.2023
ölçüsü172 Kb.
#131791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bakirov stenogramma

P.f.n., prof. BOYMETOV B.B.: Ma’ruzani eshitdik. O‘quvchilarning ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi belgilari mavjudligi nimalar orqali aniqlanadi?
BAKIROV O.B.: Savollaringiz uchun rahmat. O‘quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi belgilari mavjudligini Diagnostik usullar (bunga test, anketa so‘rovnoma, individual va guruhli diagnostik suhbatlar kiradi), Test natijalarini baholash mezonlari (bunga yuqori, o‘rta va quyi mezonlar kiradi), O‘z-o‘zini baholash mezonlari (bunga yuqori, o‘rtadan yuqori, o‘rtadan past va past mezonlari kiradi) orqali aniqlash mumkin bo‘ladi.
Uchta asosiy omillardan foydalanib, o‘quvchilarning ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi belgilarini aniqlash bo‘yicha foydalanganmiz.
RAIS: Kimda qanday savollar mavjud. Kengash a’zolari o‘ylab olishguncha o‘zim savol bermoqchiman.
Birinchi savolim, siz tadqiqotingizda o‘quvchilarda faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirishga bag‘ishlagansiz. O‘quvchilarni faol fuqaro bo‘lishga chaqirmoqdasiz. Agar jamiyatda fuqarolar faol bo‘ladigan bo‘lsa, juda ko‘plab ijtimoiy muammolar hal qilinadi, jamiyatda rivojlanish bo‘ladi. Lekin jamiyatda shunday omillar mavjudki, fuqarolarning faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillar mavjud. Shular haqida ham aytib o‘tishingizni so‘rayman. Bunday omillar nimalarda namoyon bo‘ladi?
Ikkinchi savolim. Faol fuqaro portretini tasvirlab bersangiz. Faol fuqaro deb qanday fuqaroga aytamiz?
BAKIROV O.B.: Hurmatli rais savolingiz uchun rahmat. Birinchi savolingizga to‘xtaladigan bo‘lsak, hozirgi vaqtda ijtimoiy faol fuqaro shaxsini shakllantirish butun dunyo uchun muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bugun faollik kerak, bo‘layotgan voqea va hodisalarga daxldorlik hissi kerak. Ularga salbiy omillar haqida fikr bildirishimni so‘radingiz. Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan turli xil huquqlardan foydalanish jarayonida fuqarolarning davlat yoki yashab turgan muhitida ular tomonidan bildirilgan fikrlarning inobatga olinmasligi, yoxud huquqlarning paymol bo‘lishi va xokazo omillar sabab bo‘ladi.
Terrorizm, diniy ekstremizm, ommaviy madaniyat kabi global muammolar davrida fuqarolarning ijtimoiy faolligi dolzarb masala hisoblanadi.
RAIS: Bu omillar bizni yanada faol bo‘lishga chaqiryaptimi? Men faol bo‘lishimiz uchun salbiy ta’sir qiladigan omillarni so‘ramoqdaman. Ommaviy axborot vositalari agar ochiqlik bo‘lmasa mana shu omil fuqarolarning ijtimoiy faol fuqaro bo‘lishi uchun salbiy ta’sir qiladimi? Ochiq axborot muhitining yo‘qligi. Masalan, bitta siz aytayotgan gaplaringiz insonlarda yanada faol bo‘lishga chaqiradigan sabablarni aytmoqdasiz.
Ikkinchi savolingizga javob beradigan bo‘lsak, bugungi kunda ijtimoiy faollik davr talabi hisoblanadi. Ijtimoiy faollik deyilganda – jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga dahldorlikni his etish va ishtirok etish; o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilish (ya’ni xaridor, saylovchi, mijoz, ishlab chiqaruvchi sifatida faoliyat yurita olish); mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala, iqtisodiy, huquqiy madaniyatga ega bo‘lish; kasbiy mavqeyining o‘sishiga intilish bilan jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qilish, yordamga muhtojlarga saxovatli bo‘lish.
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlardagi voqealarga munosabat bildirayotganda fuqarolar o‘z haq-huquqlari haqida gapirishadi. Lekin, nazarimizda burchlarini unutib qo‘yayotganga o‘xshashadi. Aynan, ijtimoiy faol fuqaro bo‘lish bu – haq-huquqlarini qo‘shimcha ravishda, parallel holatda majburiyatlarini ham bilishi lozim. Yoki boshqa holatlarda ham ijtimoiy faollik bu – vatan oldidagi burch, vatanga sadoqat o‘z kasbini ustasi bo‘lishi umuman olganda jahonda, O‘zbekistonda ro‘y berayotgan hodisa va voqealarga daxldorlik hissini tuya olishini ijtimoiy faollikni asosiy belgilaridan biri deb hisoblashimiz mumkin.
RAIS: Rahmat yetarli. Yana kimda qanday savollar bor? Marhamat, yana kimda savollar bor? - (Kengash a’zolari: yetarli). Agar boshqa savollar bo‘lmasa, savol-javobni to‘xtatsak degan taklif tushyapti. Kimda kim shunga rozi bo‘lsa, munosabat bildiringlar.
Yana kimda qanday savollar bor? Marhamat, yana kimda savollar bor? - (Kengash a’zolari: yetarli). Agar boshqa savollar bo‘lmasa, savol javobni to‘xtatsak degan taklif tushyapti. Kimda kim shunga rozi bo‘lsa, munosabat bildiringlar.
- Qarshilar? - Yo‘q. Betaraflar - Yo‘q. Qabul qilindi.
Tadqiqotchi Bakirov Otabek Bo‘ranovichning shaxsiy jildida uning ilmiy rahbari – pedagogika fanlari doktori, professor Abdullayeva Shaxzoda Abdullayevnaning yozma taqrizi mavjud. Taqriz ijobiy. Agarda qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, marhamat.

Yüklə 172 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin