Jizzax davlat pedagogika universiteti


Ped.f.d., professor ABDULLAYEVA SH.A



Yüklə 172 Kb.
səhifə6/15
tarix11.11.2023
ölçüsü172 Kb.
#131791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bakirov stenogramma

Ped.f.d., professor ABDULLAYEVA SH.A.: Assalomu alaykum, hurmatli ilmiy kengash raisi va ilmiy kengash a’zolari!
Taqdim etilgan dissertatsiya yuzasidan men o‘z fikrlarimni yozma ravishda kengashga taqdim etganman. Shu bilan kifoyalanaman. Bakirov Otabek Bo‘ranovich to‘g‘risida ikki og‘iz fikrimni bildirmoqchiman. Bakirov Otabek Bo‘ranovich mana shu ishni yozish davrida o‘zining ilmga chanqoqligini, ilmga bo‘lgan ishtiyoqi baland bo‘lganligini ko‘rsata oldi. Shuning uchun bugun ilmiy kengash a’zolari, mana shu ishga ijobiy hukm bersangiz, bizning davramizga yana bir yosh olim qo‘shiladi degan umiddaman. Men o‘zimni minnatdorchiligimni mana shu sovetga, uning raisiga, kotibiga hamda opponentlarga pedagogika fanlari doktori, professorlar Nurmanov Abdinazar Tashbayevich va Xodjayev Begzod Xudoyberdiyevichga cheksiz minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Katta rahmat, sog‘ bo‘linglar.
RAIS: Rahmat, Shaxzoda Abdullayevna.
Ilmiy seminarning xulosalari, yetakchi tashkilot taqrizi, dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferati bo‘yicha ilmiy kengashga kelib tushgan taqrizlar bilan tanishtirish uchun so‘z navbati ilmiy kotibga beriladi.
ILMIY KOTIB: Yetakchi tashkilot sifatida belgilangan Guliston davlat universitetining “Boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti”, “Pedagogika va psixologiya” va “Texnologik va maktabgacha ta’lim” kafedralarining kengaytirilgan ilmiy seminarida 2023 yil 03-oktabrda muhokama etilgan. Ilmiy seminar raisi pedagogika fanlari doktori, professor B.Raximov, taqrizchilar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) J.Kenjayev va pedagogika fanlari doktori, professor B.Raximov.
Seminar bayonnomasi Guliston davlat universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.M.Zikriyayеv tomonidan tasdiqlangan. Xulosa ijobiy, ayrim kamchiliklar va takliflar berilgan.

  1. Dissertatsiyadagi ayrim jadval, rasm va sxemalarni raqamlashga e’tibor berilishi zarur;

  2. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha o‘zbek olimlarining ilmiy ishlari yanada kengroq tahlil etilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Birinchi bobda tahlil uchun keltirilgan adabiyotlarning qiyosiy tahlilini yanada kengroq yoritilishi zarur.

Ammo bular ishning umumiy bahosiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Dissertatsiya avtoreferatiga 12 nafar mutaxassislardan taqrizlar kelib tushgan

  1. Rossiya Federatsiyasi, Shadrinskiy davlat pedagogika universiteti, “FGBOU VO” kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori L.I.Ponomaryeva. Taqriz ijobiy.

  2. “Future survey inc” kompaniyasi prezidenti, Filadelfiya, AQSH, psixologiya fanlari doktori (DSc), Dotsent A.A.Turg‘unov. Taqriz ijobiy.

  3. Psixologiya fanlari doktori Qozog'iston, Xalqaro Psixologiya Fanlar Akademiyasi akademigi, Rossiya Tabiiy Fanlar Akademiyasi professori A.A.Davletova. Taqriz ijobiy.

  4. O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktorning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, pedagogika fanlari doktori (DSc) X.M.Tojiboyeva. Taqriz ijobiy.

  5. Jizzax viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi direktori, pedagogika fanlari doktori (DSc), A.Xolmurodov. Taqriz ijobiy.

  6. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti. Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor U.A.O‘rinov. Taqriz ijobiy.

  7. Jizzax davlat pedagogika universiteti, Magistratura bo‘limi boshlig‘i pedagogika fanlari doktori, professor R.B.Yarmatov. Taqriz ijobiy.

  8. Jizzax politexnika instituti, Servis fakulteti dekani, pedagogika fanlari doktori, professor J.A.Hamidov Taqriz ijobiy.

  9. Farg‘ona davlat universiteti v.b professori, pedagogika fanlar doktori, N.S.Temirov. Taqriz ijobiy.

  10. O‘zMU Jizzax filiali, “Oila psixologiyasi” kafedrasi v.b dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), G.Rashidova. Taqriz ijobiy.

  11. Farg‘ona davlat universiteti, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) B.B.Djalalov. Taqriz ijobiy.

  12. Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI “Umumiy pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri pedagogika fanlar doktori, professor T.T.Utebaev.

Ishga 3 ta ilmiy natija amaliyotga joriy qilingan:

Amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalar soni

Shundan

Ishlab chiqarish sohasi

Boshqaruv faoliyati

Ijtimoiy yo‘nalish

Ixtiroga patent

Boshqalar


Yüklə 172 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin