Ped.f.d., prof. MAXKAMOV U.I.: Assalomu alaykum hurmatli ilmiy kengash a’zolari va mehmonlar! Mana bu avtoreferat bilan tanishib chiqish davomida shunday xulosaga keldimki, ushbu tadqiqot ishi davlat siyosatini amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan. 2023-yilni “Insonga e’tibor yili” deb aytamiz. Mazmun jihatdan tahlil qiladigan bo’lsak, insonga e’tibor, fuqaroga e’tibor. Ikkinchisi, shunday fuqarolarga bo’lgan e’tiborni “Davlat va huquq asoslari” fani asosida o’sib kelayotgan yosh avlodni jamiyatga, hayotga tayyorlash masalalariga alohida e’tibor berilgan. Yana bir muhim tomoni, dissertatsiya avtoreferat mazmunidan shunday xulosaga keldimki, yuqori sinf o’quvchilarini fuqarolik madaniyatini shakllantirishda ularda vatanga bo’lgan muhabbat, jamiyatga bo’lgan muhabbat, xalqqa bo’lgan muhabbat masalalari ham nazariy jihatdan ishlab chiqilgan.
Avtoreferat bilan tanishish jarayonida shu joylariga e’tibor berdimki, tadqiqotchi jahon olimlarining asarlarini chuqur o’rgangan, respublika olimlarining ishlarini chuqur o’rganish asosida o’zining ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirgan. Menga ma’qul bo’lgan joyi, avtoreferatda mana shu ishga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarni to’liq o’rgangan, va bularga asoslangan holda tadqiqot ishini amalga oshirgan. Ayniqsa, o’quvchilarda, yoshlarda fuqarolik kompetensiyasi, ijtimoiy kompetentlik, ijtimoiy va fuqarolik kompetensiyasi va fuqarolik kompetensiyasi, fuqarolik huquqi kompetensiyasi kabi tushunchalarning mazmuni va uning asosiy yo’nalishlari, shuningdek, avtoreferatda xorijiy mualliflarning tadqiqotlarida fuqarolik tushunchasining komponentlari tuzilishi, pozitsiyasi haqida ham fikr bildirib, unga o’z munosabatini bildirgan. Shuningdek, avtoreferatda o’quvchilarda fuqarolik kompetentligini shakllantirishning ta’lim maydonidagi pedagogik shart-sharoitlarini yaratish va ularning yo’nalishlari ishlab chiqilgan. Shuningdek, avtoreferatda mana shu mavzu bo’yicha pedagogik model, texnologiya, tajriba-sinov ishlari, yuqori sinf o’quvchilarida fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish masalalari, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi tushunchasi, mohiyati va uning yondashuvning asosiy jihatlari o’z ifodasini topgan. Bundan tashqari avtoreferatda o’qiganimizda mana shu ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi tushunchasi, ya’ni bu yerda ijtimoiy faol fuqarolar tushunchasi bilimlariga ega bo’lishi, majburiyatlari ham alohida ta’kidlab o’tilgan. Shuningdek, avtoreferatda “Davlat va huquq asoslari” o’quv fani bo’yicha fuqarolik bilimlarini o’rganish shakllari, turlari va ular asosida o’quvchilarning egallagan bilimlarini ta’kidlab, uni alohida nazariy jihatdan asoslagan. Men aytmoqchimanki, bunday ijobiy fikrlarni ko’plab keltirishi mumkin. Umuman dissertatsiya OAK talablariga to’liq javob beradi. Meni fikrim shundan iboratki, o’quvchilarni ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi shakllantirishning pedagogik texnologiyalarini, umumiy pedagogika darsligini kiritish va o’quvchilarni, talabalarni ongiga yetkazish maqsadga muvofiq deb bilaman. Shuning uchun ham tadqiqotchi Bakirov Otabek Bo’ranovichning tadqiqot ishi hamma talablarga javob berganligi uchun pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olishga loyiq deb hisoblayman.
RAIS: Rahmat. Ulfat Ilxamovich katta minnatdorchilik bildiramiz. Yana fikr-mulohaza bildiradiganlar bormi?
Mavzu haqiqatan ham dolzarb. Sababi, ijtimoiy faol fuqarolarni shakllantirish, ijtimoiy faol o’quvchilarda yoki ta’lim oluvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish, bu jamiyatning rivojlanishini belgilaydigan, jamiyatdagi ko’plab ijtimoiy muammolarning oldini olishga qaratilgan soha yoki ishlar sirasiga kiradi. Bugungi kunda fuqarolarimiz ancha ijtimoiy faol. Ijtimoiy faollik masalan, ekologik muammolarga munosabatda, yoki turli xil sohalardagi muammolarga nisbatan fuqarolarimizda keyingi 5-6 yilda munosabat masalasi. Mana shu yerda ko’rinadiki, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi bu jamiyat uchun juda muhim kompetensiya ekanligi ko’zga tashlanadi. Demak, mazkur tadqiqot ishi ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi maktab yoshidan boshlab shakllantirilishi kerak va bu keyinchalik o’rta maxsusda yoki oliy ta’limda davom ettiriladi. Umuman hayot davomida inson ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini o’zlashtirishda davom etadi va shu o’zlashtirilgan kompetensiyalarni hayotda, faoliyatda qo’llash bilan bog’liq jihatlarga dissertatsiyada e’tibor qaratilgan.
Bittagina fikrim bor, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi tushunchasiga ta’rif bergansiz. Ta’rifga qo’yiladigan talablardan bittasi ta’rifda ta’riflanayotgan tushunchani nomi ishlatilmasligi kerak. Masalan, aylana degan tushunchaga ta’rif berayotganingizda ta’rifni ichida aylana degan so’z ishlatilmasligi kerak. Sizning ta’rifingizda faol fuqarolik, ijtimoiy faol fuqarolik degan tushuncha ta’rifni ichida. Siz o’sha tushunchaga ta’rif berayapsiz. U tushuncha haqidagi fikrlaringizni berishingiz kerak edi va oxirida “bu mana shunday tushuncha ijtimoiy faol fuqarolik tushunchasi” degan mazmunda shakllanishi kerak. Ta’rifda mana shunday kichik juz’iy kamchilik ko’zga tashlandi. Umuman dissertant o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishgan. Dissertatsiyada izchillik ta’minlangan va vazifalarda belgilangan ijro, vazifalarning ijrosi, tadqiqotchini ilmiy yangilikka yetaklagan. Shu jihatlarni hisobga olgan holda dissertatsiyaga ijobiy baho berish mumkin.
Marhamat, yana kimda qanday fikrlar bor? (Ovozlar: yo‘q, yetarli) Yetarli, degan taklif tushyapti.
Hurmatli kengash a’zolari! Agar yetarli bo‘ladigan bo‘lsa ishimizni davom ettiramiz va navbatdagi bosqichga o‘tamiz.
Ish bajarilgan tashkilot va ilmiy seminar xulosalari, yetakchi tashkilot taqrizi, dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferati bo‘yicha kengashga kelib tushgan boshqa taqrizlar, rasmiy opponentlar va so‘zga chiquvchilar xulosalarida Bakirov Otabek Bo‘ranovichga pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish taklifi tushdi.
Hisob komissiyasi tarkibi bo‘yicha kimda qanday taklif bor? – (Kengash a’zolari: 3 kishidan iborat bo‘lsin).
3 kishidan iborat komissiya tarkibi tasdiqlansin, degan taklif bo‘lyapti. Sanoq komissiyasiga quyidagi kengash a’zolarini taklif qilinyapti.
1. p.f.d., dotsent Boymetov Botir Boltaboyevich (rais)
2. p.f.d., professor Maxkamov Ulfat Ilxamovich (a’zo)
3. p.f.d., dotsent Xodjaniyazov Sardor Umarovich (a’zo)
Hisob komissiyasiga nomzodlar bo‘yicha qanday takliflar bo‘ladi? Kengash a’zolari: tasdiqlansin. Kim ushbu tarkib bo‘yicha hisob komissiyasi saylanishiga rozi bo‘lsa, ovoz berishlarini so‘rayman.
– Qarshilar? – Yo‘q. – Betaraflar? – Yo‘q. Qabul qilinadi.
Hisob komissiyasi a’zolari o‘z ish faoliyatini boshlashi mumkin.
Yashirin ovoz berish uchun 5 daqiqalik tanaffus e’lon qilinadi.