Jizzax politexnika instituti



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə39/245
tarix20.09.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#117879
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   245
Jizzax politexnika instituti

Nazorat savollari:
1. Dars o‘tish metodlari orasida modellashtiruvchi o‘yin metodi, sizningcha, qaysi jihatlari bilan ajralib turadi? 2. O‘yin asosida dars o‘tishda qanday maqsadlar ko‘zlanadi? 3. Modellashtiruvchi o‘yin shartli ravishda qanday shakllarga bo‘linadi? Ularni sizningcha, farqi bormi yoki yo‘q? 4. “Kartoshka bozori” o‘yini bilan tanishdingiz. Shunday yoki shunga o‘xshash o‘yin metodini qo‘llab dars o‘tkaza olasizmi? 5. Tanlov asosida o‘yin - dars o‘tishga qanday qaraysiz? Yoki uni darsdan tashqari vaqtda o‘tkazgan ma‘qulmi? 6. Metodning asosiy afzalliklari va kamchiliklarini aytib bera olasizmi? 7. Tadqiqot metodi dars o‘tish metodlari orasida, sizningcha, qanday o‘rin tutadi? 8. Tadqiqot metodi asosida dars o‘tishni tashkil qilishda qanday qoidalarga amal qilish kerak? 9. Odamlarning fikrlash tarzini o‘rganish nima sababdan zarur? Undagi bildirilgan fikrlarga biron nima qo‘shimcha qila olasizmi? 10. Siz tadqiqot metodini dars o‘tishda qanday qo‘llagan bo‘lar edingiz?
.
7-MAVZU. IQTISODIY FANLARNI O‘RGANISHDA MODELLASHTI-RUVChI AMALIY O‘YINLAR VA TADQIQOT METODI
1. Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda modellashtiruvchi amaliy o‘yinlar metodining tutgan o‘rni
2. Modellashtiruvchi o‘yin metodini qo‘llab, dars o‘tishning asosiy bosqichlari
3. O‘yinni tanlash va tayyorlash, o‘tkazish. O‘yin natijasini muhokama qilish.
4.Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda tadqiqot metodi va uning boshqa uslublardan farqi
5. Darsni tadqiqot metodi asosida tashkil etish
Tayanchso‘zvaiboralar: Modellashtiruvchi o‘yin. Modellashtiruvchi o‘yin metodining alohida ajralib turuvchi jihati. Modellashtirish metodining muhim tomonlari. O‘yinning didaktik maqsadi. O‘yinning tarbiyaviy maqsadi. Tadqiqot metodi. Tadqiqot ob'ekti. Tadqiqot predmeti. Ta‘lim mazmuni. Ta‘lim maqsadi.

1.Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda modellashtiruvchi amaliy o‘yinlar metodining tutgan o‘rni


Insonni shaxs sifatida kamol topishida o‘yinlarning ahamiyati katta. O‘yinlar inson o‘zini hayotda namoyon qilishi, o‘z o‘rnini topishi, o‘z-o‘zini boshqarishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi.


O‘yinlarni dars o‘tish metodi tariqasida borgan sari kengroq qo‘llanishiga asosiy sabablardan biri uning qadimdan insonda turli-tuman bilim, ko‘nikma, mahoratni hosil bo‘lishi va uning xotirasida saqlanish shakli sifatida qo‘llanilib kelishidir.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin