Jizzax politexnika instituti


Bilaman, Bilmoqchiman, Bildim(B/B/B)»



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə66/245
tarix20.09.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#117879
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   245
Jizzax politexnika instituti

Bilaman, Bilmoqchiman, Bildim(B/B/B)»B
«Bilaman, Bilmoqchiman, Bildim(B/B/B)»
u metod o‘tilayotgan mavzu bo‘yicha bilganlarini aniqlashga, kitob, ilmiy maqola kabilarni o‘qishga, bilmaganlarini o‘rganishga harakat qilishga yo‘naltiradigan metod.

talabalarni kitob, ilmiy maqolalarni o‘qishga, bilmaganlarini o‘rganishga harakat qilishlariga yordam beradi. Barcha talabalarni darsga faol qatnashishlarini ta‘minlaydi.
Bu metodni qo‘llashda o‘qituvchi avvaldan qaysi mavzu yoki savolni shu metod yordamida o‘rganishni aniqlaydi. O‘rganilgan mavzu bo‘yicha savollar va ularning javoblarini, o‘qiladigan maqola, darslikdagi paragraf yoki ma‘ruza matni, yangi mavzu bo‘yicha bilish lozim bo‘lgan savollar va ularga javoblarni tayyorlaydi.
Talabalarning nimalarni bilishi, yangi mavzu bo‘yicha nimani bilishi zarurligi va dars davomida nimalarni talabalar bilganini ko‘rsatishi uchun jadval chiziladi.
Uni har bir talaba o‘z daftariga chizib oladi. Doskaga yoki qog‘oz plakatga (qog‘oz doskaga) butun guruh uchun chizamiz. Bunda savol qo‘yilib, guruhda juftlik yoki kichik guruhlar, yoki individual tarzda muhokama qilish mumkin.
Bunda “aqliy hujum”ni qo‘llash yaxshi natija beradi.
Aytaylik, “Yalpi talab va yalpi taklif” mavzusi bo‘yicha seminar darsida ana shu metodni qo‘llamoqchisiz.
U holda doskaga “yalpi talab va taklif nima hamda u individual talab va taklifdan qanday farqlanadi?” degan umumiy savol yoziladi.
Talabalar o‘z fikrlarini bildiradi. Fikrlar individual, juftlik yoki kichik guruh nomidan bo‘lishi mumkin. Bunda talabalar avvalgi o‘tilgan “Talab va taklif. Bozor muvozanati” mavzusida olgan bilimlarini yodga tushirib, talab, taklif kategoriyalariga ta‘rif berishadi. Talab va taklifning o‘zgarishiga ta‘sir etuvchi omillarni, talab va taklif elastikligi va boshqalarni eslashadi.
Bilganlaricha, yalpi talab va taklif, unga ta‘sir etuvchi omillarni sanab berishadi.
O‘qituvchi «aqliy hujum» metodi asosida so‘rov o‘tkazib, «Nimalarni bilishimiz kerak» ustunini to‘ldirilishini ta‘minlaydi. Bunda talabalar o‘z daftarlariga mustaqil yozishlari yoki doskada ham biron talaba yozib birgalikda to‘ldirish mumkin.
Jadval quyidagicha bo‘ladi:

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin