Jizzax politexnika instituti


Axborotni yig‘ishga qaratilgan metodlar



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə76/245
tarix20.09.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#117879
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   245
Jizzax politexnika instituti

2Axborotni yig‘ishga qaratilgan metodlar

O


Sinkveyn (axborotni yig‘ish) metodi
‘rganilayotgan materialni yaxshiroq anglash uchun qo‘llaniladigan metodlardan biri-«Sinkveyn (axborotni yig‘ish)» metodidir. Murakkab g‘oya, fikr, iqtisodiy tushunchalarni bir nechagina so‘zlar bilan ifodalash, ularga xos sifat belgilari, amalda qo‘llash yo‘llarini ko‘rsatish orqali mavzunini yaxshiroq anglashga, o‘zlashtirishga yordam beradiganmetod.
Sinkveyn – (Sink - fransuzcha besh) besh qatordan iborat, o‘ziga xos, qofiyasiz she’r bo‘lib, unda o‘rganilayotgan tushuncha, hodisa, voqea, mavzu haqidagi axborot yig‘ilgan holda, o‘quvchi, talaba so‘zi bilan turli variantlarda va turli nuqtai nazar orqali ifodalanadi.
Sinkveyn tuzish murakkab g‘oya, iqtisodiy tushunchalarni bir nechagina so‘zlar bilan ifodalash uchun muhim bo‘lgan malakadir. Sinkveyn tuzish jarayoni mavzuni yaxshiroq anglashga, o‘zlashtirishga yordam beradi. Metodni sinonimi bor iqtisodiy kategoriyalar, tushunchalarni o‘rganishda qo‘llaniladi
Amaliyotda sinkveyn:

  • murakkab axborotni sintezlash quroli;

  • talabalar tushunchalar zahirasini baholash vositasi;

  • fikrni ijodiy ifodalash vositasi sifatida juda foydalidir.

Sinkveyn tushunchalar va axborotlarni refleksiyalash, sintezlash va umumlashtirishda tezkor, ayni zamonda muhim qurol hisoblanadi.
Sinkveyn ma‘lum bir mavzu o‘rganilgandan so‘ng tuzilsa, uning asosiy xususiyatlari, mohiyati tushunilib, yakunlanadi. Sinkveyn materiallar ustida o‘ylashga, murakkab axborotni sintezlashga yordam beradi. Ijodiy ishlash imkoniyati kelib chiqadi.
Sinkveyn besh qatordan iborat bo‘lib, birinchi qatorda bir so‘z bilan mavzu yoki muammo yoziladi (odatda ot turkumiga oid so‘z bilan).
Ikkinchi qatorda bir so‘z bilan ifodalangan mavzu yoki muammo ikki so‘z bilan tavsiflanadi (sifat turkumiga oid ikki so‘z bilan).
Uchinchi qatorda ushbu mavzu yoki muammo bo‘yicha hatti - harakatlar uch so‘z bilan xarakterlanadi.
To‘rtinchi qatorda bir so‘z bilan ifodalangan mavzu, muammoga aloqadorlikni ko‘rsatuvchi to‘rt so‘zdan hissiyotni ifodalovchi gap (ibora) tuzib yoziladi.
Beshinchi qatorda mavzuning mohiyatini takrorlovchi bir so‘zdan iborat sinonim yoki mohiyatini yangicha ifodasi yoziladi.



Sinkveyn tuzish
___ mavzu, muammo, tushuncha, kategoriya nomi, bir so‘z yoki so‘z birikmasidan (ot) iborat;
____ ____ tavsifi ikki so‘zdan (sifat) iborat;
____ ____ ___ mavzu bo‘yicha harakatlar, uch so‘zdan (fe’l) iborat; ,
___ ___ ___ ___ hissiyot, aloqadorlikni ifodalovchi jumla to‘rt so‘z yoki so‘z birikmasidan iborat
____ mohiyatning yangicha ifodasi, sinonim,
o‘rganishning mahsuli, natijasi
Misol:
____ masala
____ ____ qiyin, og‘ir
___ ___ ____ aniqlash, solishtirish, yechish
___ ___ ___ ___ bartaraf qilish talab etiladi
_____ muammo

Sinkveyn metodini nisbatan adabiyot, falsafa, tarix va boshqa shunga o‘xshash fanlarda qo‘llash osonroq. Sababi, ularning sifati va harakati bilan bog‘lovchi sinonim so‘zlarni topish oson. Iqtisodiy fanlardan esa kategoriyalarning sinonimini topish qiyinroq. Lekin uni boshqacha usullar bilan qo‘llasa bo‘ladi. Ana shu qiyinchilik uni qo‘llashni qiziqarli bo‘lishiga olib keladi.



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin