Jizzax politexnika instituti



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə73/245
tarix20.09.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#117879
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   245
Jizzax politexnika instituti

Birinchi bosqich:
Har bir o‘quvchi-talaba vazifani bajarishga kirishadi. O‘qituvchi yaxshi tushunmaganlarga tushuntiradi. Ular tarqatma materialdagi jadvalda «yakka baho» yozilgan ustunga berilgan harakatlardan o‘zining shaxsiy fikri asosida mantiqiy ketma-ketlikda raqamlar bilan belgilab chiqadi. Ulardan qaysi biri birinchi, qaysi biri ikkinchi, qaysi biri uchinchi va hokazo. Bu vazifani bajarish uchun 10 daqiqa vaqt beriladi.
Ikkinchi bosqich:
Birinchi vazifaga ajratilgan vaqt tugagach, o‘qituvchi guruhdagi talabalar sonidan kelib chiqib, 3-4 kishilik kichik guruhlar tashkil qilishni so‘raydi. Kichik guruhlar ixtiyoriy mezonlar asosida tashkil qilinadi. Kichik guruhning har bir a‘zosi o‘zi belgilagan harakatlar ketma-ketligi bilan boshqalarni tanishtiradi. Kichik guruh a‘zolari o‘z fikrlari, ya‘ni o‘zlari belgilaganlari to‘g‘riligini asoslashga harakat qilishadi. Muhokama jarayonida bir fikrga kelib, jadvaldagi «guruh bahosi» ustunini to‘ldirishadi, qalam bilan raqamlarni harakatlar ketma-ketligi bo‘yicha qo‘yib chiqishadi. Buning uchun vaqt vaziyatdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
O‘qituvchi kichik guruhlar munozarasida ishtirok etmaydi. Faqat ularning faoliyatini kuzatadi.
Uchinchi bosqich:
Barcha kichik guruhlar «guruh bahosi» ustunini to‘ldirib bo‘lgach, o‘qituvchi tarqatilgan materialdan «to‘g‘ri javob» ustunini topish va u aytgan harakatlar ketma-ketligi bo‘yicha raqamlarni yozib chiqishni so‘raydi.
To‘rtinchi bosqich:
Endi, navbatdagi vazifa, «to‘g‘ri javob» ustunida berilgan raqamlardan «yakka baho» ustunida berilgan raqamlarni(yoki aksincha), ya‘ni kattadan kichikni ayirgan holda farqni «yakka xato» ustuniga yozib chiqish kerakligini aytadi. So‘ngra, «yakka baho» ustunidagi sonlarni yuqoridan pastga qarab, jamini hisoblash kerakligini ko‘rsatadi. Xuddi shunday tartibda «to‘g‘ri javob» va «guruh bahosi» o‘rtasidagi farq kattadan kichikni ayirish orqali bajariladi. Farqlar soni «guruh xatosi» ustuniga yoziladi. Yuqoridan pastga qarab qo‘shib, jami hisoblanadi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin