Afzallik, ha, tarafdor, yuqori, minimal va hokazo shunga o‘zshashlar
Kamchilik, yo‘q, qarshi, past, maksimal va hokazo shunga o‘zshashlar
Kоnsеptuаl ( mоhiyati, аsоsini ifоdаlоvchi) jаdvаl, хаritа mеtоdi U lоtinchа (cоnceptio – tushunish, tizim) so‘zidаn оlingаn bo‘lib, tushun-tirishning mа’lum bir usuli, birоn-bir hоdisа, vоkеаni tаlqin qilish, shаrhlаsh, tushuntirib bеrishlаgi nuqtаi nаzаr, uni yoritishdаgi bоsh g‘оya, еtаkchi fikr, turli fаоliyatning kоnstruktiv prinsiplаri, tаmоyillаri tushunilаdi.
Bu metod klaster, semantik xususiyatlar tahlili kabi ko‘rgazmalilik orqali fikr yuritish jarayonini ifodalaydi. Fikr yuritish qiyoslash, taqqoslash, tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.
Konseptual jadvalda vertikal bo‘yicha, ya‘ni ustunlarda taqqoslanadigan tushuncha, axborot, ma‘lumotlar beriladi.
Gorizontal, ya‘ni qatorda taqqoslash amalga oshirilishi kerak bo‘lganlarni turli xususiyatlari, xarakteristikasi beriladi. Demak, jadvalning bir tomoni nimani taqqoslanishi, ikkinchi tomoni, qanday taqqoslanishini ko‘rsatadi. Yoki jadvalni boshqacharoq tarzda tuzsa ham bo‘ladi. Asosiysi, taqqoslanayotgan fikrning qaysi jihati taqqoslanayotgani aniq ko‘rinib turishi kerak.
Konseptual jadval yoki xarita nihoyatda katta tahliliy axborotni zich, ixcham ravishda joylashtirish imkonini beradi. Bunday jadvallar, ayniqsa, darsda:
1) metodik jihatdan ko‘rgazmalilikni ta‘minlaydi;
2) konseptual jadval tizimi bo‘yicha berilgan topshiriq orqali o‘tilayotgan mavzu yoki savolning mazmunini o‘rganish amalga oshiriladi. Kоnцеpцiyalаr, tаqqоslаnuvchi ахbоrоtlаr, bir mаydоndа, yonmа-yon bo‘lgаni uchun ulаrning mаzmunini tаqqоslаsh, umumiy jihаtlаri vа fаrqlаrini tushunish оsоn bo‘lаdi.
Shuning uchun ham bu metoddan iqtisodiy fanlarni o‘rganishda keng foydalanish mumkin.
Iqtisodiyotni tartibga solish va bu haqda bildirilgan fikrlarni taqqoslashda quyidagi jadval va uni tahlil qilish juda qo‘l keladi
I Venn