O‘quv muammolarini qo‘yish qoidalari
Shunga diqqat qaratish rthfrri, talaba javob berolmagan savollarning hammasi ham muammoli vaziyatni vujudga keltira olmaydi. Masalan, «qanday harajatlar tashqi harajatlarga kiradi?» yoki «daromad nima?», «foydani hisoblang» kabi masalalar yechimini qo‘yish muammoli vaziyat yoki muammo bo‘la olmaydi.Lekin har bir mavzuda muammoli vaziyat yaratish, muammoli savol qo‘yish imkoni bor. Chunki, hamma iqtisodiy fanlar uchun iqtisodiyotning bosh muammosi umumiy. U har qadamda yangi-yangi muammolarni keltirib chiqaradi.Masalan, resurslarni taqsimlash muammosi.
Muammoli o‘qitishning to‘rt bosqichdan iborat mantiqiy sxemasi quyidagicha:
1. Muammoning qo‘yilishi; 2. Uni yechish yo‘llarini aniqlash;
3. Muammoni yechishning eng ma‘qul yo‘lini aniqlash;
4. Muammoni yechish.
Topshiriq: Mutaxassislik faningizdan o‘zingiz yoqtirgan mavzu bo‘yicha muammoli savol tayyorlang. Uni yecnimlarini ko‘rsating. Talabalar javobini to‘g‘ri yechimlarga olib kelish uchun qanday harakatlarni amalga oshirgan bo‘lar edingiz? Fikringizni asoslang.
5. Bаrchа ma‘ruzalarga, jumladan iqtisodiy fanlardan ma‘ruzalarga qo‘yiladigan asosiy talablarni ikki guruhga ajratish mumkin:
A) Ma‘ruza tayyorlash mazmuniga, boshqacha aytganda ma‘ruza matniga qo‘yiladigan talablar; B) Ma‘ruza o‘qishga qo‘yiladigan talablar.
Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda talabalarning ijodiy fikrlarini rivojlantirishga ta‘sir ko‘rsatishi, ularni jamiyat rivojlanishi iqtisodiy qonun, tendensiyalarini chuqur tushunishi, nazariy masalalar bilan amaliyotni bog‘lash mahoratini hosil qilishlari uchun ma‘ruza quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:
Ma‘ruzaning mazmuni ochib beriladigan asosiy qismida quyidagi jihatlarga e’tibor berilishi lozim:
a) ma‘ruzaning g‘oyaviy nazariy jihatlari:
* ma‘ruzada O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qabul qilingan qonunlar, normativ hujjatlar hamda atoqli davlat arboblari asarlaridan sitatalar keltirilishi;
* mavzuning asosiy tushunchalarini o‘quv dasturiga mos ravishda ochib berilishi; * ma‘ruza matnining ilmiyligi;
* O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari mavzularda aks ettirilganligi;
* ma‘ruza matnida muammoli vaziyatlarni yuzaga keltiruvchi masalalarning berilishi;
*ma‘ruza matnlarida milliy mustaqillik, Milliy g‘urur, Vatanga muhabbat, xalqqa sadoqat kabi bunyodkorlik g‘oyalarini aks etishi;
*nazariyani amaliyot bilan bog‘liqligi;
*ma‘ruzada real fakt, raqamlarga me’yorida o‘rin beruilishi;
*o‘rganilayotgan mavzuning tegishli fandagi hozirgi o‘rni belgilanishi; va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |