Jurnalistika fakulteti



Yüklə 77,67 Kb.
səhifə6/10
tarix13.02.2023
ölçüsü77,67 Kb.
#123359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Рухсора

Jargon va argolar.
Jargon (fransuzchajargon safsata) — biror ijtimoiy guruhning oʻziga xos leksikasi, fonetikasi va grammatikasi bilan umum soʻzlashuv tili va mahalliy dialektlardan farq qiladigan tili. Jargon muayyan ijtimoiy muhitda yuzaga keladi va shular manfaatiga xizmat qiladi (maye, talabalar, harbiy xizmatchilar, turli kasb, mashgʻulot egalari orasidagi Jargon). Bunday Jargonlarni kuchli rivojlangan va aniq terminlarga ega biror kasb tili bilan aralashtirmaslik lozim. Jargon ham leksik, ham uslubiy jihatdan turli-tuman, tezda oʻzgaruvchan, barqaror boʻlmaydi. Masalan, yoshlar orasida "ketdim" oʻrnida "sirpandim", "pul" oʻrnida "soqqa", "dollar" oʻrnida "koʻki"; sanʼatkorlar orasida "xizmat uchun haq olmaslik" oʻrnida "tom suvoq", "pul" oʻrnida "yakan" va h. k. Jargonlar uchraydi. Jargon badiiy ijodda asar qahramoni xususiyati, tabiatini ochib berish uchun xizmat qiladi. Jargonlar turli tillarda soʻzlashuvchi xalqlar vakillarining bir-birlari bilan aloqa qilishida yoki turli xalq vakillari yigʻiladigan joylar (maye, chegara, portlar)da ham paydo boʻladi. Jargonlar qaysi ijtimoiy guruh orasida yuzaga kelgan boʻlsa, deyarli faqat shu guruh vakillari uchun tushunarli boʻladi, shu toifadagilarning vaziyat, sharoit taqozasiga koʻra boshqalardan yashirin tutiladigan maqsadlariga xizmat qiladi
Argo (frans. argot – jargon) – ma’lum toifa kishilargagina tushunar-li soʻzlar mavjudligi bilan umumxalq ti-lidan farq qiluvchi, biror ijtimoiy to-ifa, guruh (mas, dallollar, sportchilar, talabalar, oʻgʻrilar va hokazo)ga xos yasama til.
Jargon va argolar — ma’lum ijtimoiy guruhlarga, masalan, o‘g‘rilarga, sportchilarga yoki talabalarga xizmat qiladigan yasama til. Bunday «til» elementlari (jargonizm va argotizmlar) adabiy tilda ishlatilmaydi.
Funksional stillar — tilning vazifaviy uslublari. Bunday uslublar inson faoliyatining u yoki bu sohasiga xoslangan nutqni qoliplaydi. Chunonchi:

  1. rasmiy ish uslubi. Bu uslub ma’muriy-idoraviy hujjatlar tilini qoliplaydi;

  2. ilmiy uslub — ilmiy asarlar tilini va ilmiy nutqni qoliplaydi; 3) publitsistik uslub — ommabop asarlar, ma’ruzalar tilini qoliplaydi; 4) sozlashuv uslubi. Bu uslubning ikki xil ko!rinishi mavjud: a) adabiy sozlashuv uslubi; b) oddiy Qonli) sozlashuv uslubi; 5) badiiy uslub. Bu uslub badiiy asar tilini va badiiy nutqni qoliplaydi.

Adabiy til bilan funksional uslublar o‘rtasidagi munosabatlar quyidagicha: rasmiy ish uslubi, ilmiy uslub, publitsistik uslub adabiy til me’yorlariga tayanadi, demak, adabiy tilga zid qo'yilmaydi; so'zlashuv uslubining «a» ko‘rinishi ham shunday: unda dialektizm, jargonizm va vulgarizmlar qatnashmaydi; so‘zlashuv uslubining «b» ko'rinishi esa nutqning maxsus tayyorgarliksiz bo’lishi, erkin muomalaga asoslanishi bilan xarak- terlanadi. («Leksemalarning nutq ko‘rinishlariga xoslanishi» mavzusiga qarang.)
Adabiy tilga munosabat jihatdan badiiy uslub alohida baholanadi: u, odatda, badiiy asar tilini belgilaydi, badiiy asar tilida esa adabiv til me’yorlaridan chetga chiqish hollari ko‘p uchraydi: obraz va personajlai nutqini tipiklashtirish zarurati shuni taqozo qiladi. Quyidagi misollarga e’tiborberaylik:

  1. Asadbek molodes! Visshiy klass! — dedi u. — Aniq topibdi. Endi a bilan hazitlashib bo‘Imaydi.

  2. U qizig'ar mashinasini Qoraqamishga qarab uchirdi ...

  3. Akamullo, akamullo, sizni yo ‘qloshopti, idoraga yo ‘qloshopti.

  • Nima gap ?

  • Hojar ayani bachasi sahroda borkan ekan ... Bo‘ronda qolgan ekan ... Qaytib kelmopti ... So`g`in Xojanazar akoning duxtori bo ‘ronga qolip o`lipti ...

Hoshim yugurganicha chiqib ketdi. Mahmuda bilan Mohidil bir-biriga hayron qarab qolishdi!
Birinchi misoldagi nutqiy parchada grammatik-sintaktik varvarizm («Asadbek molodes!», «Visshiy klass»), ikkinchi gapda vulgarizm («qiz.ig`ar»), uchinchi misoldagi dialogda esa o‘zbek-tojik ikki tilliligi ta’sirida boMgan o'zbek shevalarining so'zlari («akamullo» «bacha», «duxtor», so‘g‘in» kabi leksik dialektizmlar), shu shevaga xos grammatik formalar («yo ‘qloshopti», «kelmopti» kabi grammatik dialektizmlar), aka so‘zining ako shaklidagi dialektal ko‘rinishi (leksik-fonetik dialektizm) qo‘llangan. Bunday qo'llanishlar adabiy til uchun me’yor ernas albatta, ammo tilar badiiy uslub talabiga ko‘ra ishlatilgan, natijada badiiy asarning g'oyaviy-estetik jihatlarini ta’sirli, ishonarli qilib ifodalashga erishilgan.


  1. Yüklə 77,67 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin