Jurnalistika fakulteti


Kurs ishining umumiy tavsifi



Yüklə 77,67 Kb.
səhifə2/10
tarix13.02.2023
ölçüsü77,67 Kb.
#123359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Рухсора

Kurs ishining umumiy tavsifi.

“Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan


ulug‘ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men
ishonaman, Xudo xohlasa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz ham albatta
bo‘ladi”2.
“ Bizning farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli
bo‘lishlari shart”. Bu yurak tubidan hayqirib chiqqan soʻzlarga mos farzand, kelajak avlod boʻlib havas qilsa arziydigan buyuk kelajakni yaratish biz
yoshlarning qoʻlimizda.
Hozirda shu buyuk kelajak egalari bo‘lmish yoshlarga qo‘ldan kelgancha
davlatimiz tomonidan yetarlicha shart-sharoitlar yarartilmoqda. Xususan, bizning
sohamiz bo‘lmish tilshunoslikka ham jahon standartlariga javob beradigan
darajada e’tibor qaratilgan.
Til ˗ millat koʻzgusi. Til jamiyatning qay darajada taraqqiy etganligini ko‘rsatib
beruvchi o‘ziga xos ko‘zgu hisoblanadi. Darhaqiqat, faqat mustaqillik tufayligina
o‘zbek tili davlat miqyosidagi tilga, boshqa davlatlar bilan muzokaralarda
qo‘llaniladigan, qonunlar yaratiladigan, ilmiy tadqiqotlar, yoziladigan tilga aylandi. Zero, yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “tilshunoslik sohasdagi ilmiy izlanishlar, avvalambor, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va uning qo‘llanish
sohasining ancha kengaytirilgani, xalqaro munosabatlarda ishlatiladigan tillar
qatoriga kiritilishi keyingi yillarning bu boradagi ulkan yutug‘idir”


Mavzuning dolzarbligi
Tilning lug‘at tarkibi va uni tashkil etuvchi so‘zlar bir qator umumiyliklarga ega. Ular quyidagilarda ko‘zga tashlanadi:
1) tildagi so‘zlar muayyan ma’no ifodalash xususiyatiga ega bo‘ladi. So‘zning ma’no xususiyatlari leksikologiyaning semasiologiya bo‘limida o‘rganiladi;
2) har qaday tilning taraqqiyoti jarayonida yuz beradigan o‘zgarishlar avvalo uning leksikasida o‘z aksini topadi. Chunki til jamiyat taraqqiyoti davomida yangi-yangi so‘zlar hisobiga boyib boradi, ayni paytda ba’zi so‘zlar eskiradi va iste’moldan chiqadi;
3) tilning lug‘at tarkbidagi so‘zlar iste’mol darajasiga ko‘ra chegaralangan yoki chegaralanmaganligi bilan ham farqlanadi. Xususan, ba’zi so‘zlar umumxalq iste’molida bo‘lsa ayrim so‘zlaning iste’mol darajasi chegaralangan bo‘ladi. Masalan, shevaga oid so‘zlarning hududiy chegaralanishi, shular jumlasidandir;
4) so‘zlar nutq uslubiga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra ham farqlanadi. Jumladan, ba’zi so‘zlar uslubiy betaraf bo‘lsa, ba’zilari esa nutq uslubining ma’lum turiga mansubligi bilan farqlanadi;
5) har bir so‘z tovush qiyofasi va ma’noga, ya’ni shakl va mazmunga ega. Shunga ko‘ra, so‘zlar omonim, paronim, sinonim, antonim munosabatlarni yuzaga keltiradi. Tilning eng muhim birliklaridan bo‘lgan so‘zlarga xos bu umumiyliklar leksikologiyaning asosiy tekshirish obyektidir.
Ona tili darslari fan o`qituvchilari tomonidan puxta o`ylangan, ma`lum tizimga solingan, o`quvchilar aqliy bilimlarini charxlaydigan bo„lishi lozim. Zotan, “Milliy dastur”da ko`zda tutilgan asosiy masala – O`zbekistonning kelajagi bo`lgan barkamol avlod, komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish jamiyatning oldida turgan muhim vazifadir.
“To`qqiz yillik (1-9 - sinflar) o`qishdan iborat umumiy o`rta ta`lim majburiydir. Ta`limning bu turi boshlang`ich ta`limni (1-4 - sinflar) qamrab oladi hamda o`quvchilarning fanlar asoslari bo`yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o`zlashtirish ehtiyojlari, asosiy o`quv - ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma`naviy - axloqiy fazilatlarni mehnat ko`nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof - muhitga ongli munosabatda bo`lishni va kasb tanlashni shakllantiradi”3
Kelajagimiz bo`lgan yosh avlod bilim egallashda boshlang`ichta`limda o`tiladigan fanlarni chuqur, ongli tarzda o`zlashtirishlari muhim sanaladi. Shunday ekan, bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda boshlang`ich ta`limdagi fanlarni o`tishda jahon andozalariga mos va xos bo`lgan o`qitish usullaridan foydalanish muhimdir.
Kurs ishi uchun tanlangan mavzu ana shu jihati bilan ahamiyatlidir.
Bugungi kunda o`qituvchilik kasbiga nihoyatda yuksak mas`uliyatlar qo`yilmoqda, chunki biz o`qituvchi - murabbiylar qo`liga farzandlarimiz taqdirini ishonib topshiramiz. Shu jihatdan tanlangan mavzu hozirgi vaqtda olib borilayotgan ta`lim - tarbiya ishlarining eng dolzarb mavzularidan sanaladi.
Prezidentimiz I.A.Karimov ham o‘zining “Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” asarida yosh avlod tarbiyasidagi ijobiy tomonga bo‘lgan o‘zgarishlarga alohida urg‘u berib, shunday deb yozadi: “Eng muhimi, zamonaviy bilim va tafakkurga, sog‘lom dunyoqarashga ega, rivojlangan davlatlardagi tengdoshlari bilan bellashishga tayyor bo‘lgan, ko‘zi yonib turadigan navqiron avlodimiz katta ishonch bilan hayotga dadil kirib keloyatgani barchamizni quvontiradi.
Inson shaxsining kamol topishida, tafakkurining rivojlanishida, tafakkur mahsulini nutq vositasida ifodalash salohiyatini egallashida asosiy vosita bo‘lmish ona tili ta’limi maktabda yetakchi o‘quv fanlaridan biri sanaladi. Zero, ona tili millat tafakkurini shakllantiradi, rivojlantiradi, takomillashtirib boradi va namoyon ettiradi.
Umumta’lim maktablarining ona tili va akademik litseylarning hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida “Morfologiya” bo‘limini izchil kurs sifatida o‘qitish juda katta ta’limiy ahamiyatga ega. Bu bo‘limni o‘qitishning ta’limiy ahamiyati shundaki, o‘quvchilar tilning asosiy birligi – so‘z haqidagi ta’limot bilan tanishadilar va ularning tilni bir butun tizim sifatida tushunishlari hamda o‘zlashtirishlariga imkon tug‘iladi. Zero, so‘z turkumlari tilning barcha bo‘limlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, shu bo‘limlarni o‘qitishda izchillik bilan amalga oshiriladi. Ana shu uzviylikni ta’minlashga qaratilgan usullarni va innovatsion texnologiyalarni tadqiq qilish va va nafaqat olmosh so‘z turkumi balki morfologiyaga oid bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan mashqlar tizimini ishlab chiqish ishimizning dolzarbligini belgilaydi.


Yüklə 77,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin