Terminalogik leksika. Terminologik leksikani professional va ilmiy terminlar tashkil etadi.
Ilm-fan, texnika, qishloq xo’jaligi va boshqa sohalarga oid tushunchalarning aniq atamasi bo’lgan so’z yoki so’z birikmasi termin deyiladi. Har bir fan, kasb-hunar o’z terminlariga, shu terminlar jamidan iborat leksikasiga ega. Bunday maxsus leksika terminologiya deb ham yuritiladi: fizika terminologiyasi, lingvistik terminologiya kabi.
“Terminlarni qo’llanish doirasi jihatdan, asosan ikki turga bo’lish mumkin. Birinchisi umumxalq tushunadigan va qo’llaydigan terminlar bo’lsa, ikkinchisi muayyan tor ixtisos doirasidagina qo’llaniladigan, mutaxasislargina tushunadigan maxsus so’zlardir. Har bir fan va texnika terminologiyasida, kasb-hunar sohasining leksikasida asosan ana shu ikki turli terminlar va so’zlarni uchratish mumkin”[8].
“O’zbek tili ilmiy terminologiyasida uch tip terminlarni ajratish mumkin: 1) tarixiy – traditsion terminlar. Bu terminlar o’zbek tilida qadimdan termin funksiyasida qo’llanib kelmoqda. Bunday so’zlar zamonaviy o’zbek terminologiyasining negizini tashkil etadi: tarix, imlo, alifbo…
2) yangi o’zlashgan terminlar: akustika, jurnal, jurnalist, radio, televizor, telefon, telegraf, gaz kabi;
3) o’zbek tilining o’zida yaratilgan yangi zamonaviy terminlar: a) o’z material asosida yasalgan terminlar: uchburchak, kesim, saylov, aylanma, saylanma, so’z boshi va boshqalar. b) o’zlashgan so’zlar asosida yasalgan terminlar: elektrlashtirish, mashinalashtirish, kolxozchi va boshqalar”.
Terminlar muayyan bir sohaga oid tushunchalarni aniq ifoda etuvchi so’zlar bo’lsa-da, lekin bu so’zlarning qo’llanilishi shu soha kishilari doirasi bilan chegaralangan bo’lishi shart emas. Bunda ikki holatni ko’rish mumkin: 1) Terminlarning ma’nosi sohaga aloqasi bo’lmagan kishilar uchun ham tushunarli bo’ladi va ular tomonidan ham qo’llanilaveradi. Masalan: botanikaga oid bug’doy, paxta, o’rik, g’o’za uzum, nok; sana’atshunoslikka oid sahna, afisha, aktyor;
2) Terminlarning ma’lum qismi shu termin oid bo’lgan soha kishilari uchun tushunarli bo’ladi va shular nutqida qo’llanadi: tilshunoslikka oid morfema, fonema, urg’u, o’zak; ximiyaga oid oksidlar, indikator kabi.
Terminlar kasb-hunarga, ilm-fanga doir tushunchalarni ifodalashiga ko’ra asosan, ikki katta turga: ilmiy terminlar va professional terminlarga ajraladi.
Professional terminlar: ovchilik, chorvachilik, kulolchilik, duradgorlik, binokorlik, poyabzaldo’zlik, naqqoshlik, kashtachilik va shu kabi sohalarga oid tushunchalar, o’zlariga xos so’zlar (terminlar) bilan ifodalanadi. Ma’lum kasb – hunarga va mutaxassislikga oid monosemantik so’zlar professional terminlar sanaladi.
Ilmiy terminlar fan, san’at va adabiyot va boshqa sohalarga oid terminlar. Har bir fan o’ziga xos terminlarga ega. Ilmiy terminlarning ba’zi turlaridan misollar keltiramiz:
Tilshunoslik terminlari: fonema, fonetika, urg’u, bo’g’in, reduksiya, leksika, semantika, frazeologiya, grammatika, morfologiya, sintaksis, ega, kesim, aniqlovchi, xol.
Adabiyotshunoslik terminlari: sifatdosh, o’xshatish, mubolag’a, jonlantirish, roman, hikoya, aruz, g’azal.
Tarixshunoslik terminlari: jamiyat, feodalizm, kommunizm, urug’, qabila, elat, millat, davlat.
Matematika terminlar: kub, kvadrat, minus, yechim, miqdor.
Shu kabi boshqa bir qancha sohalarga oid terminlar mavjud.
Jargonlar va argonlar – biror argo yoki jargonga xos leksemalar. Agro va jargonlar biror ijtimoiy guruh yoki toifalarning, masalan, sportchilar, o’g’rilar, olibsotarlar, poraxo’rlar va boshqalarning “yasama tili”dir. Shuning uchun argo va jargonlar ijtimoiy dialektlar deb ham yuritiladi.
Argotizmlar yashirin ma’no ifodalaydi. Masalan, otarchilar orasida – yakan (“pul”), ichuvchilar orasida – novcha (“araq”), qizil (“vino”) kabi.
Jargonizmlarda yashirin ma’no bilan birga tinglovchini yoki o’zga bir shaxsni kamsitish yoxud uning xislatlarini bo’rtirib baholash ottenkalari ham mavjud bo’ladi. Masalan, talabalar jargonida: dum – “topshirilmagan imtihon”, “qarz”; jonli so’zlashuvda: yo’rg’a – “yengil tabiatli”, “buzoq” va boshqalar.
Jargon va argonlarga bir qancha tariflar berilgan:
“Biror kasb-kor egalari nutqida yoki ijtimoiy tabaqa vakillari nutqida ishlatilib, umumtildagidan o’zgacha leksik ma’no anglatuvchi lug’aviy birlik jargonizm deyiladi (fr. jargon – “lahja” ). Jargon asli bir qancha leksemalarning yig’indisidan iborat bo’lib, bular shu tildagi leksemalarning o’zi bo’ladi yoki boshqa tildan olib ishlatiladi. Jargonda bunday leksema umumtildagi leksik ma’nosida emas, o’zgacha ma’noda ishlatiladi. Masalan, ishlar besh. Akang gapni qiyadi kabi jumladagi besh -, qiy – leksemalari shu ishlatilishida jargonizm bo’ladi.
Argolizm ham asli jargonizmning bir ko’rinishi bo’lib, tarbiyasi buzuq, qo’li egri shaxslar orasidagi shu guruhning o’zigagina tushunarli ma’noda ishlatiladigan leksemalar yig’indisidan iborat (fr. argot – “lahja”). Masalan, loy – (pul ma’nosida), xit – (xavf ma’nosida)”.
“Qiziqishlari, mashg’ulotlari, yoshlari bir xil bo’lgan juda tor doiradagi kichik – kichik ijtimoiy guruh va to’dalar, o’zlariga xos didlar va talablari yoki ichki zaruriyat hamda ehtiyojlaridan farqli bo’lgan alohida so’z va iboralarni ishlatadilar. Bunday so’z va iboralar jargonlar deyiladi.
“Mahalliy territorial dealektlarning so’zlari (sheva so’zlari) dialektizmlar sanalsa, “sinfiy dialektning so’zlari” jargonlar deyiladi.
Argolar qiziqishlari, mashg’ulotlari, yoshlari bir xil bo’lgan juda tor doira (guruh)ga mansub kishilar qo’llaydigan, ma’nosi shunday kishilarga tushunarli bo’lgan so’zlardir”[12].
Ishlatilish doirasi chegaralangan qatlam sifatida yana bir hodisa ya’ni vulgarizm hodisasi ham tilga olinadi.
“Vulganizm deb qo’pol, uyatli, haqorat leksema va frazemalarga aytiladi (lotincha vulgaris – “qo’pol”, “sodda”). Vulgarizmning yuqoridagi hodisalardan farqi shundaki, bu leksemalar tildagi o’z ma’nosida ishlatiladi”.
Bu hodisa to’g’risida bir qancha maqolalar ham chiqarilgan. Misol sifatida ulardan birini keltiramiz:
“Vulgar so’zlar qo’pol so’zlar bo’lib, ular odatda qamoqqa o’tirganlar, giyohvandlar, daydilar – ijtimoiy qiyofasini yo’qotgan qatlam tili hisoblanadi.
Jargonlar muayyan manfaatga ega ijtimoiy guruhlar tomonidan qo’llanadigan, barcha ham tushunavermaydigan maxfiy ma’no so’zlardir”, - degan fikrlar keltirilgan.
Leksika bo’yicha kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, lug’at xususiyatlariga ko’ra dialectal farqlar o’zbek tilida juda ko’p va xilma-xildir. Shuning uchun o’zbek tilining ayrim shevalarining leksik xususiyatlarini o’rganish o’zbek dialektologiyasidagi eng dolzarb va muhim vazifalardan biridir. Dialektal leksikani o’rganish til tarixi va hozirgi zamon o’zbek adabiy tiliga aloqador masalalar ba’zi so’z, affikslarning tarixi va genezisini belgilashda, leksik me’yorni aniqlashda, terminologiya, orfografiya masalalarini hal qilishda, o’zbek shevalarining atlasini tuzishda hamda o’zbek xalq shevalari lug’atining ko’p tomliligini yaratishda asosiy manbalardan hisoblanadi. Qadimgi turkiy yozuv yodgorliklari hamda eski o’zbek tilidan to hozirgi shevalargacha turli fonetik va semantik o’zgarishlar bilan yetib kelgan, lekin adabiy til normasida umuman shevaga xos soz sifatida fonetik o’zgarishlarga uchragan holda adabiy tilda qo’llanayotgan so’zlar (S. Rahimov ishlarida ushbu so’z adabiy til me’yorlariga kirmaydigan so’z sifatida ko’rsatib o’tilgan): -Mörin‒ devor tagidan ariqcha o’tkazish uchun qo’yiladigan teshik [Rab., Kof., Yom.]. -Böruņ‒suv o’ygan yoriqlar.-Muran‒ daryo, irmoq Qadimgi turkiy tilda -Müran‒daryo, irmoq; mo’ri- [fors-g’ishtdan qilingan suvquvur] oshxona, pechka, o’choq va shu kabilarning tutun chiqishi uchun mo’ljallangan mo’rkon.M: Ular qishloq ichiga tor so’qmoqdan kirishdi: pastak devorlar, baland-past uylar, pichan bosilgan tomlar, onda-sonda tutun burqsigan mo’rilar
Bunga o`zagi adabiy tilimizdagi bo’lmagan, ammo sheva sifatida o’zbek tili izohli lug’atiga kiritilgan so’zlar kiradi: vassa — Oq tol g’olalarida bir tomoni yassi, ikkinchi tomoni do’ng qilib tayyorlanadigan, imoratning to’sinlari ustiga zich qilib ko’ndalang teriladigan kalta tayoqcha; toqi.M: Qurbon shiftga vassalarni ko’rmay tikildi. Sh. Xolmirzayev,Qilko’prik. Ulav I- ikki ustunning ulangan joyi, umuman olganda, ikki narsaning ulangan joyi shunda nomlanadi.UlavII- minib yuriladigan hayvon.M: Registon oldidan o’tadigan yo’lovchilar ulovlaridan tushib, ark darvozasiga qarab ta’zim qilar edilar. S.Ayniy Qullar. Ulav III-minib yuriladigan hayvonga nisbatan qo’llaniladigan so’z, hozirda transport vositasiga nisbatan ishlatiladi. M: Samolyot — bebaho ulov.N.Safarov,Olovli izlar .Og’ariq — Paykal egatlariga yoki umuman paykalga shoxariqdan suv olib taratish uchun xizmat qiladigan muvaqqat ariq.M: Nasim bug’doy poyada o’qariq qazishdan erta qaytdi.Tog’ay Murod.Qo’shiqo’rtasida qo’l bilan tutadigan teshigi bor dasta hamda donni urib tuyush, ezib maydalash uchun ishlatiladigan ichi o’yiq g’oladan iborat buyum. M: Bahri hovli etagida, o’z hujrasi oldida o’g’ir yanchiyotgan edi . SEMANTIK DIALEKTIZMLAR Bunga adabiy tildagi so’zlar bilan morfem tarkibi bir xil bo’lgan, lekin ma’nosiga ko’ra farqlanadigan sheva so’zlari kiradi:tuxum-urug’; ɔmɔn jɔr- Omonyor (erkak kishi ismi); Yešik-hovli; tɔlli-mazali, shirin; šu tarbizdi tuxumȉnnan alip qal, talli yaqan; hajat//hajatča — xo’jalik yonidagi kichik ekin maydoni, tomorqa, bog’cha, chorvoq. Mana shu hayotchaning orqasida tor ko’cha bor, bundan qayooqqa borishni o’zim bilmayman.Hamza, Paranji sirlari. čil-qirg’ovulsimon oilasiga mansub o’troq ov qushi. M:…kiyik oviga krtayotgan bo’lsa, yo’lida duch kelgan kaklik, chillarni ayamasdi. Sh,Xolmirzayev, Saylanma. Čil- [qirq,qirqta].M:Chillada sug`orilgan bog’ chil botmon uzum berar. Miya-tog’da o’sadigan to’yimli ozuqabop yovvoyi o’simlik.M: Arnaning ikki labida tig’iz bo’lib archa o’sgan ekan, uni aylanib o’taman deb, balandligi belga uradigan miyazorga kirib qolishdi; yurt-cho’pon bahorda, yozda o’tov tikib o’tiradigan joy. M:So’qmoqni topib, shu yo’l bilan ketsam, albatta, bir “yurt”ga borib qolaman, yurt- shu o’lkada yashovchi xalqqa, elga nisbatan qo’llanadi.M: Ana xolos, qozi pochchang yurtga osh berayotgan bo’lsalar, tuyaning dumi yerga tegibdi-ku. M.Ismoiliy, Farg’ona tong otguncha; gum-yo’q bo’lib ketmoq.M:Ertalab gum bo’lamiz bu yerdan,-dedi Norbibi; gum- [g’oyib, pinhon]-daryo yoki ko’lning chuqur joyi, chuqur. Amudaryo gum ekan. “Qo’shiqlar”. DIALEKTAL SO’ZLARNING SEMANTIK GURUHLARI Boysun shevasi leksikasida umumturkiy tillarga xos leksik qatlamda asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Umumturkiy leksik qatlamni tashkil etgan so’zlarning ba’zilari o’zbek adabiy tilida qo’llanmasligi mumkin, lekin u so’zlar boshqa turkiy tillar va ularning dialektlari shuningdek yozuv yodgorliklarida biroz fonetik jihatdan o’zgargan holda yoki aynan shaklda uchraydi. Ayrim so’z va atamalar esa, asosan, Boysun shevasidagina keng ishlatiladi. Tekshirishi obyektimiz hisoblangan Boysun shevasi leksikasi doirasida Surxondaryo viloyati o’zbek shevalari leksikasi bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasi yoqlangan va unda leksik qatlamlar umumiy tarzda o’rganilgan. N. A. Baskakov aytganidek:”Turkiy tillar asosiy leksik fondining o’ziga xos xususiyati, uning barcha turkiy tillar uchun umumiy birligidadir”. Hamma turkiy tillar, oltoy tillari bilan birgalikda umumiy bir turga kiruvchi belgilarga egaki, bu belgilar shu tillar leksikasidagi so’z va so’z ma’nolarida ko’rinadi.