Jurnalistika fakulteti



Yüklə 77,67 Kb.
səhifə8/10
tarix13.02.2023
ölçüsü77,67 Kb.
#123359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Рухсора

Ekstralingvistik (nolisoniy) omillar. Bularga tildan tashqarida mavjud bo'lgan faktorlar kiradi: ijtimoiy tuzum formalari, tarixiyjarayonlar, xalqlar va millatlar o'rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’rifiy aloqalar, ilm-fan rivoji, ishlab chiqarish va texnika taraqqiyoti, ijtimoiy tafakkur, inson ruhiyati, his-tuyg‘ulari, til va yozuvga oid qonun va farmonlar shular jumlasidandir. Masalan, 0‘zbekiston mustaqillikka erishgach, uning ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va ma’naviy hayotida ham jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi: bozor iqtisodiga bosqichma-bosqich o‘tish jarayoni boshlandi, milliy qadriyatlarga e’tibor kuchaydi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning yangi shakllari yuzaga keldi. Buiarning barchasi o‘zbek tili leksikasiga ham ta’sir o'tkazdi: sobiq ittifoqdagi davlat tuzumiga xos ayrim tushuncha nomlari (partkom, raykom, obkom, sovxoz, oblast kabi so‘zlar) iste’moldan chiqib, o‘zbek tili lug‘at boyligining tarixiy qatlamiga o‘tib qoldi, ularning o‘rnida hozirgi mustaqil 0‘zbekiston hayoti taqozo qilgan yangi so‘z va atamalar (kollej, litsey, gimnaziya, litsenziya, reyting, test, marketing, minimarket, investitsiya, biznes kabilar) paydo bo‘ldi, hokim, hokimiyat, viloyat, tuman kabi leksemalarning mazmun mundarijasida hozirgi tuzumga xos yangi ma’no qirralari yuzaga keldi, natijada bunday so‘zlar eski qatlamdan zamonaviy qatlamga o'tib qoldi.

Keltirilgan ma’lumotlardan shu narsa anglashiladiki, milliy tilning, shu jumladan, milliy adabiy tilning taraqqiyotida lisoniy va nolisoniy omillar birga qatnashadi, ularning biri ikkinchisiga sharoit yaratadi, har ikkalasi bir butun mexanizm sifatida xizmat qiladi; til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur munosabatlari shuni taqozo qiladi.

Bunday so`zlar turli sabablarga ko`ra o`zbek tili egalari tomonidan bir xil darajada qo`llanavermaydi.


Qo`llanish doirasi chegaralangan leksikaning quyidagi xususiyatlari bor:
1. Bu leksika tarkibiga kiruvchi so`zlarning ma’nolari barcha o`zbek millati vakillariga tushunarli bo`lavermaydi. Masalan, doyi so`zining ma’nosini faqat xorazmliklar (yoki ularga qo’shni hududdagilar) tushunishadi (bu so`z adabiy iale tog`a degan ma’noni bildiradi).
2. Bu so`zlarning qo`llanish doirasi chegalanishi ularning kelib chiqishiga bog`liq emas. Masalan, kelib chiqishi jihatidan o`zbekcha bo`lgan purkagich (purka+gich) so`zi barcha o`zbek tilida so`zlashuvchilar tomonidan faol ishlatilmaydi (bu so`z ruscha pulverizator so`zining tarjimasidir)4.
O.S.Axmanovaning “Slovar lingvisticheskix terminov” lug`atida dialekt so`ziga quyidagicha ta’rif beradi(tarjima): “DIALEKT - ... 1. Muayyan tilning hududiy, kasbiy yoki ijtimoiy umumiylik bilan chambarchas bog`langan va doimiy hamda bevosita til orqali aloqada bo`lib turadigan u yoki bu miqdorda cheklangan kishilar tomonidan ishlatiladigan ko`rinishi(varianti)dir”5 Shundan kelib chiqqan holda, qo`llanish doirasi chegaralangan leksika hududiy dialektal leksika, ijtimoiy dialektal leksika va terminologik leksika kabi guruhlarga bo`linadi.
Shuni ta’kidlash joizki, bu guruhga kiruvchi so`zlar tarkiban barqaror emas, ya’ni vaqt o`tishi bilan ularning ayrimlari umumxalq leksikasi tarkibiga o`tishi mumkin. Masalan, ijtimoiy dialektal leksikaga tegishli bo`lgan gap yo`q iborasi hozirgi paytda adabiy til guruhiga o`tmoqda (shu nomli teleko`rsatuv ham bor edi).

1. Hududiy dialektal leksika

Bir millatning ma’lum hududdagina yashaydigan vakillari tomonidan ishlatiladigan so`zlar yig`indisi dialectal leksika deb ataladi. Dialekt – yunoncha so`z bo`lib, dialektos – «tilning mahalliy ko`rinishi» demakdir6. Dialektal leksika birligi dialektizmlar deb yuritiladi.
Millatning ma’lum hududda yashaydigan qismi ishlatadigan birliklar ichida adabiy tilga tegishlilari ham bo`lishi mumkin. Dialektizmlar tilning faqat mahalliy ko`rinishigagina tegishli bo`lgan birliklardir.
Dialektal leksika tarkibida quyidagi ko`rinishlar mavjud:
1) lug`aviy dialektizmlar shakl va ma’no jihatidan shevaga xos bo`lgan so`zlardir. Bunday dialektizmlar ham ikki xil bo`ladi:
a) to`liq dialektizmlar shakli ham, ma’nosi ham faqat shevaga xos bo`lgan so`zlardir. Masalan: xorazmcha: momo (buvi), gashir (sabzi), moyak (tuxum), o‘jak (buzoq), taxya (do‘ppi), sеcha (chumchuq), hovva (ha); farg‘onacha: valish (ishkom) paqir (chеlak); buxorocha kallapo‘sh (do‘ppi), inak (sigir), nana (ona); toshkеntcha: ada (ota), doda (bobo).
b) yarim dialektizmlar faqat ma’nosigina shevaga xos bo`lgan so`zlardir. Masalan, xorazmcha taka so`zining “yostiq” manosi, o`ra so`zining “ustun” manosigina shevaga xosdir, adabiy tilda taka va o`ra so`zlari boshqa ma’nolarni (“echkining erkagi” va “qazilgan chuqurlik” ) ifodalaydi.
Bir lug`aviy dialektizm har xil shevalarda har xil ma’nolarni ifoadalaydi: andi so`zi Toshkent shevasida “lo`li yoki qorayib ketgan, kir odam” ma’nosini ifodalasa, Qashqadaryo (Qovchin) shevasida “anqov, bechora” ma’nolarini bildiradi7.
2) fonetik dialektizmlar adabiy tildagi so`zdan tovushlari bilan farqlanadigan birliklardir: jo`q (ad. yo`q), dag` (ad. tog`), chish (ad. tish) va b.
3) grammatik dialektizmlar shevagagina xos bo`lgan grammatik birliklardir (bular asosan affikslardir): borvotti (ad. boryapti), yurta (ad. yurtga), bozorgir (ad. bozorbop) va b.
4) frazeologik dialektizmlar adabiy tilda muqobili bo`lmagan va shevaga xos frazeologik birliklardir: Xorazm shevasida: boshi aylanmaydi (ad. e’tibor bermaydi). Bu haqda “Frazeologiya” bo`limida batafsil bayon qilinadi.

2. Ijtimoiy dialektal leksika

Bu leksikaga mansub so`zlar ma’lum ijtimoiy guruhlar tomonidan ishlatiladigan so`zlardir. Bu guruhga jargonlar va argo so`zlar kiradi.


  1. jargonlar (fransuzcha “buzilgan til” degani) «umumtildagi”(ustoz prof. Sh. Rahmatullayev ifodasi) so`zlardan shakily jihatdan farq qiladigan, ko`pincha og`zaki muloqotda ayrim ijtimoiy guruhlar tomonidan o`zini tilning boshqa vakillaridan ajratib ko`rsatish maqsadida qo`llanadigan birliklardir: yakan (pul), nishtyak (zo`r) va h.

Jargonlarning quyidagi xususiyatlari bor:

  • shakily jihatdan umumtildagi so`zlardan farq qiladi. Masalan, mullajiring jargon so`zi qismlari bizga tanishday ko`rinadi, lekin bu ikki qismning o`zaro bog`lanishi mantiqan to`g`ri emas.

  • kamsitish, yerga urish, yomonlash kabi qo`shimcha ma’no bo`yoqlariga ega. Masalan, dum jargon so`zida kamsitish ma’nosi borligi seziladi.

b) argolar (fransuzcha argot – “o`zgalar uchun yopiq” degani8) ayrim salbiy ijtimoiy guruhlar (o`grilar, qaroqchilar) tomonidan ishlatiladigan yashirin ma’noli so`zlardir: oq qirg`oq (100 so`m), qizil (tilla) va h.
Argolarning xususiyatlari:

  • shakily jihatdan umumtildan farq qilmaydi;

  • yashirin ma’noga ega;

  • kamsitish, yerga urish ma’nolari yo`q.

3.Terminologik leksika



Ma’lum sohaga oid maxsus tushunchalarni mantiqan aniq ifodalash uchun qo`llanadigan so`z yoki so`z birkmalari yig`indisi terminologik (lot. terminus – “chegara”, logos - “fan” degani)9 leksika deb ataladi. Terminologik leksikaning birligi termin (yoki atama) deb yuritiladi. Har qanday termin ma’lum bir terminlar tizimidagina termin hisoblanadi. Shu bilan u umumxalq leksikasiga mansub bo`lgan so`zdan farq qiladi.
Terminlar quyidagi xususiyatlarga ega:
1) biror sohaga oid maxsus tushunchani ifodalaydi. Masalan, leksikologiya termini tilshunoslik sohasiga tegishli bo`lib, tilning lug`at boyligini o`rganadigan bo`lim tushunchasini ifodalaydi.
2) bitta terminologik tizimda har doim bir ma’noli bo`ladi. Masalan, ot so`zi atama sifatida faqat so`z turkumi tushunchasini bildiradi (bu so`z “ism”, “hayvon”, “otmoq”, “ichmoq” ma’nolaridagi so`zlar bilan omonim hisoblanadi).
3) ko`pincha tillararo xususiatga ega bo`ladi. Masalan, lotin tilidan olingan respublika termini dunyodagi ko`pgina tillarda bir xil tushunchani ifodalaydi.
4) bir so`z bittadan ortiq sohaga tegishli termin bo`lishi mumkin. Masalan, valentlik termini kimyo hamda tilshunoslik fanlarida ishlatiladi.
5) asosan ot turkumiga tegishli bo`ladi, boshqa turkumga tegishli bo`lsa, otga ko`chgan bo`ladi: sintaksis (ot), ishlab chiqarish (harakat nomi otga ko`chgan).
Atamalarni quyidagi mezonlar bo`yicha tasnif qilish mumkin:
1) qaysi sohaga oidligiga ko`ra:
a) kasb-hunar atamalari ma’lum kasb yoki hunar egalari tomonidan ishlatiladigan atamalardir. Dunyoda qancha kasb yoki hunar bo`lsa, shularning har biriga xos bo`lgan atamalar mavjuddir. Ayrim kasblarga oid atamalarga misollar:
- o‘qituvchilik: reyting, yillik baho, sinf jurnali, pedkengash, semestr, choraklik va h.
- duradgorlik: randa, iskana, tesha, bolg`a va h.
b) ilmiy atamalar ma’lum fan-texnika sohasiga mansub tushunchalarni ifodalaydigan atamalardir. Bunday atamalar tabiiy fanlar, texnika fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, matematik fanlarning barchasida mavjuddir. Masalan:
- kimyo: oksid, sulfat, reaksiya, valentlik, kislorod, vodorod va h.
- matematika: sinus, kosinus, ayniyat, romb, parallelogram, teorema, aksioma va h.
- mantiq: predikat, subyekt, obyekt, hukm, tushuncha va h.
- kibernetika (yoki komputer texnologiyasi): EHM, axborot, fayl, disk, internet va h.
2) kelib chiqishiga ko`ra:
a) umumxalq leksikasidan olingan terminlar. Bunda tilning o`zida mavjud bo`lgan so`zlar termin sifatida maydonga chiqadi. Masalan, tilshunoslikka oid ot, sifat, son, fe’l, ravish, ko`makchi, bog`lovchi, yuklama, gap, so`z kabi, me’morchilikka oid pardoz, davra, namoyon, o`ymakor, taqsim kabi, temirchilikka oid pesh, tana, yelka, charxdor, dam kabi atamalar bunga misol bo`la oladi.
b) chet tillardan olingan terminlar. Bunda tilimizga hozirgi paytda aloqa vositasi hisoblangan chet tillardan olingan atamalar nazarda tutiladi. Masalan, yadro fizikasiga oid activator, barion, diproton, kvant; botanikaga oid azaliya, valeriana, gortenziya, magnoliya; logopediya faniga oid anamnez, giperkinez, distoniya, patogenez kabi, zargarlik kasbiga oid parma, bargak, peshxalta, dahanda kabi atamalar shunga misol bo`la oladi
4. Vulgarizm va varvarizmlar

Tilda so`kish, qarg`ash ma’nolarini ifodalaydigan so`zlar vulgarizmlar (lot. vulgaris “qo`pol” degani)10 deb ataladi. Masalan: haromi, qiztaloq, yеr yutkur, oqpadar va b. Vulgarizmlarni ham qo`llanish doirasi chegaralangan leksikaga kiritsa bo`ladi, chunki bu guruh so`zlar ham har doim ishlatilavermaydi. Bunday so`zlar badiiy asarlarda qahramonlarning xarakterini chuqurroq ochish uchun xizmat qiladi.


Varvarizmlar (yunoncha barbarismos – “tushunarsiz nutq” degani)11 biror tilda tarjimasi bo`la turib, o`rinsiz tarzda ishlatiladigan so`zlar guruhidir. Masalan: znachit (demak), tak (demak), ostanovka (bekat), svet (chiroq) kabi ruscha so`zlar; yes (ha), vau (qoyil) kabi inglizcha so`zlar shunga misol bo`la oladi.


Yüklə 77,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin