Xulosa
Xulosa sifatida fikr bildirganimizda, umuman, bu qo’llanilish doirasi chegaralangan leksemalar o’z ichiga: dialektlar, kasb-hunar leksikasiga, jargon – argolarga, vulgarizmlarga, terminlarga oid so’zlarni qamrab oladi.
Bu yuqorida keltirganlarimizning har biri tor doirada qo’llanilganligini uchun qo’llanilishi chegaralangan leksika deb ataladi. Tarixiylik nuqtai nazardan u uchta asosiy qatlamga bo’lib o’rganiladi: Neytral leksika, eskirgan leksika, yangi leksika kabilar.
Qo’llanish doirasi chegaralangan leksika mavzusini manbalarga tayangan yoritishga harakat qildik. Shu bilan birga bu mavzu to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’ldim.
Umumxalq tilida keng qo'llaniladigan va shu tilda so'zlashuvchilarning barchasi uchun tushunarli bo'lgan so'zlarga qo'llanish doirasi chegaralanmagan so'zlar deyiladi.
Ular neytral leksika atamasi bilan ham yuritiladi. Masalan, non, un, bug'doy, salam, daftar, qor, bulut va boshqalar.
Faqat ma'lum sotsial guruh hamda ma'lum bir hudud doirasidagina qo'llanilib, umumxalq tiliga xos bo'lmagan so'zlar chegaralangan so'zlar sanaladi.
Bunday so'zlarni quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin:
1. Hududiy chegaralangan so'zlar (dialektizmlar).
2. Sotsial chegaralangan so'zlar.
Faqat ma'lum bir hudud doirasidagina qo'llanilib boshqa hududda yashovchi o'zbek tili vakillari uchun xos bo'lmagan so'zlar hududiy chegaralangan (shevaga xos) so'zlar yoki dialektizmlar deyiladi. Masalan, eshik «hovli», «uy» (Andijon), shoti «narvon» (Andijon, Farg'ona, Namangan), takya «do'ppi» (Xorazm) va boshqalar.
Ma'lum ijtimoiy guruh doirasidagina ishlatiladigan so'zlarga sotsial chegaralangan so'zlar deyiladi. Masalan, «otarchi»lar doirasida qo'llaniladigan so'zlar: yakan «pul», danap «qiz bola» temiryo'l kuzatuvchilari doirasida qo'llaniladigan so'zlar: qaychi «taftishchi», kolxoz «chiptasiz yo'lovchi».
Bunday so'zlar argolar deb yuritiladi.
Ayrim argolar umumtil leksikasidan olinadi. Bunday vaqtda bu so'zlar umumtildagiga nisbatan boshqa ma'noda qo'llaniladi. Masalan, kolxoz umumtil leksikasida eskirgan bo'lib, jamoa xo'jaligini ifodalagan bo'lsa, temiryo'l kuzatuvchilari tilida boshqa ma'noni ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: |