Karbonot angidirid va kislorodning o'simliklar hayotida ahamiyati Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob Karbonot angidirid V o'simliklar hayotida ahamiyati



Yüklə 54,33 Kb.
səhifə9/11
tarix13.12.2023
ölçüsü54,33 Kb.
#140311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Karbonot angidirid va kislorodning o\'simliklar hayotida ahamiyati

KARBONAT ANGIDRIDNING MIQDORI. Karbonat angidridning mikdori ham nafas olish jarayonida ma’lum ahamiyatga ega. Tо‘qimalarda u kо‘p miqdorda tо‘planganda nafas olish tezligi pasayadi. Karbonat angidridning tо‘planishi kо‘pincha pishib yetilgan va qachtiq pо‘st bilan qoplangan urug‘larda sodir bо‘ladi. Kо‘pchilik yovvoyi о‘simliklarning qattiq pо‘st о‘ralgan urug‘lari uzoq yillar davomida о‘zining kо‘karish qobiliyatini yо‘qotmaydi, chunki ularning pо‘sti osgida tо‘plangan karbonat angidrid ta’siridan nafas olish tezlish juda sust bо‘lib, organik modda tezda sarflanmaydi. Omborlarda SO3 ning mikdori kо‘p bо‘lganda mevalar uzoq muddatgacha yaxshi saqlanadi.
HARORAT. О‘simliklarning nafas olish jarayoni harorat ta’siriga uzviy bog‘liq. Bu bog‘liqlik ma’lum harorat darajalarida Vant-Goff qoidasiga bо‘ysunadi, ya’ni xarorat har safar 100° ga kо‘tarilganda nafas olish tezligi ikki baravar oshadi. Masalan, u 0" dan 20°S gacha oshib borganda reaksiya tezligi ham 2-3 marta oshib boradi. Lekin 20" S dan yuqori haroratda reaksiya tezligi kamroq oshib boradi.
О‘simlik turlari va a’zolarining harorat chegaralari bо‘ladi (minimal, optimal va maksimal). Nafas olishning minimal (pastki) chegarasi kо‘pchilik о‘simliklar uchun juda past. Masalan, qarag‘ay va archalar uchun —25°S. Albatta, issiqsevar о‘simliklar uchun bu kо‘rsatkich ancha yuqori, ayrimlari uchun O"S atrofida bо‘ladi.
Harorat oshg‘anda nafas olish kuchi ham oshadi va u 40°S yetguncha Vant-Goff qoidasiga bо‘ysunadi. Kо‘pchilik madaniy о‘simliklarda harorat 40°S dan oshgach, nafas olish ham darhol yuqoriga kutariladi, 50°S atrofida keskin pasayib qoladi va о‘simlik qattiq zararlanadi.
Shuning uchun ham nafas olish uchun dastlab kuchayib, sо‘ngra pasayadigan harorat emas, balki bu jarayon doim yuqori darajada bо‘ladigan harorat optimal (maqbul) deyiladi. Kо‘pchilik о‘simliklar uchun 30-40°S atrofida bо‘ladi. Bu fotosintezning maqbul darajasidan 5-10°S yuqori. Maksimal harorat esa 45-55°S atrofida bо‘lib, xar bir о‘simlik oqsilining xususiyatlariga bog‘liq. Nafas olishning maqbul harorat darajasi tanadagi modda almashinuv jarayonidagi barcha biokimyoviy reaksiyalar va fermentlarning faolligi uchun ham ancha qulaydir.

Yüklə 54,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin