Kimyoviy modda va jihozlar bilan ishlay olish, tajribalar o’tkazish va amaliyotda qo’llash.
Kimyoning asosiy tushuncha va qonuniyatlarini tushuntirishda havfsizlik qoidalari, moddalar, jihozlardan foydalanish hamda xossalari turlicha bo’lgan oddiy va murakkab moddalarni ajratish usullariga oid tajribalar o’tkazish layoqatini hosil qilish. Organik moddalardan ba’zi namunalari bilan tanishish.
Kundalik turmushda ishlatiladigan (shakar, sirka kislota, oqsillar, kraxmal, benzin, kerosin, plastmassa mahsulotlar va x) organik moddalar bilan foydalanishni bilish.
Misol: 7-sinf “Ifloslangan osh tuzini tozalash” nomli amaliy mashg’ulotda osh tuzini eritish, eritmani filьtrlash, filьtr (qog’oz, paxta, marli)tayyorlash, filьtratni bug’latish va uning natijasida toza tuz olishda kimyoviy modda va jihozlar bilan ishlay olish va tajribalar o’tkazish kompetentsiyasi shakllanadi.
9-sinf “Sanoatda sulьfat kislota ishlab chiqarish” nomli mavzuda
Kimyo sanoati uchun juda muxim anorganik birikmalardan biri bo’lgan sulьfat kislotaning ishlab chiqarish uchun xomashyolar, ularni bosqichma-bosqich ishlash jarayoni to’g’risidagi BKM ni tushuntirishda ishlab chiqarish mahsulotlarining foydali tomonlari bilan birga chiqindilarining atmosferaga ta’siri haqida ham ma’lumotlar berib boriladi. Bunda tarqalayotgan chang zaz mahsulotlarning bartaraf etish yo’llariga ham ahamiyat beriladi.
Ekologik madaniyatni shakllantirishda inson tabiatga nisbatan befarq bo’lmasligi hamda ishlab chiqarish jarayonlariga bee’tibor bo’lmasligi inobatga olinadi.
9-sinf 32-dars “Kalьtsiy va magniy” nomli mavzuda magniy va kalьtsiyning tabiatda tarqalishi, atom tuzilishi, olinishi, xossalari va ishlatilish sohalari haqidagi bilimlarni tushuntirishda ushbu metallarning biologik ahamiyati ya’ni inson organizmiga ta’siri,istemol qilinadigan zaruriy mahsulotlarda uchrashi, o’simlik va hayvonlarning o’sishidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar beriladi. SHuningdek nazariy bilimlarini kundalik xayotda ham qo’llash malakasiga ega bo’lishi ta’minlanadi. Masalan: CHoy qaynatiladigan choynak tagiga yig’ilgan qattiq qurumni yo’qotish uchun sirka kislota eritmasi solib qaynatish kerakligi, kanalizatsion trubalarda muammolar bo’lganda ichimlik sodasidan foydalanish kimyoviy bilimlarni amaliyotda qo’llash kompetentsiyasi shakllanganligadan darak beradi.
Nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun masalalar yechish, test topshiriqlarini bajarish, jism, moddalar, kimyoviy hodisalarni anglash, shuningdek, sog’lom turmush tarziga oid mashg’ulotlarni bilish, kundalik iste’mol maxsulotlarni foydali va zararli tomonlarini farqlash.
Kimyo fani o’qitilishini tajriba-namoyishlar ko’rsatish, laboratoriya mashg’ulotlarini o’ttkazish orqali nazariy bilimlarni amaliyyoda qo’llash malakasi hosil bo’ladi.
Kimyo fanini o’qitishda kompetentsiya elementlarinu shakllantirishda dars jarayonida qo’llash uchun texnologik xaritasida uni aks ettirish kerak. Masalan 7-sinfda “Kimyoviy reaktsiya turlari”, 8- sinfda “Kimyoviy bog’lanish turlari”, 9- sinfda “Uglevodorodlarning tabiiy manbaalari” mavzulari asosida ko’rib chiqish mumkin
Darsning texnologik haritasi
“Oksidlarning tarkibi, tuzilishi, nomlanishi. Oksidlarning toifalanishi” mavzusi misolida
Dostları ilə paylaş: |