Birinchi bob bo‘yicha xulosa Kar va eshituvchi bolaning har tomonlama kamol toptirish hamda uni maktab ta’limiga tayyorlash har tomonlama kamol toptirish hamda maktab ta’limiga tayyorlash uning nutqiy rivojlanishi bilan bevosita borliqdir, kar bolalarning nutqi faqat ularning umumiy rivojlanishi negizida shakllanish mumkinligini, shu bilan birga ularning umumiy kamoloti so‘zli nutqining rivojlanish darajasiga bogliqligi L.S.Vigotskiy, F.F.Rau, L.P.Noskova, L.A.Golovchis, I.Kislisina, U.Fayziyev, F.Alimxodjayeva va boshqa olimlarning asarlarida e’tirof etiladi.Ilk davrda kar va eshituvchi bolalar o‘rtasidagi farq sezilmaydi, nutqacha bo‘lgan davrda kar bolalarga xuddi eshituvchi bolalarga kabi ovoz chiqarish, gugulash, so‘ng guldirashdek nutq ko‘rinishlari hos bo‘ladi. Keyinchalik, eshituvchi bolalar atrofdagilar nutqini eshitib va ularga taqlid qilib gapirishni boshlaganda kar bolalarning nutqi rivojlanmay qoladi, mavjud nutq ko‘nikmalari ham so‘nib boradi.
II. BOB. ESHITISHDA NUQSONI BO’LGAN BOLALAR UCHUN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATLARI MATEMATIKA DARSLARIDA O’QUVCHILARNING ESHITUV IDROKINI SHAKLLANGANLIK HOLATINI O’RGANISH 2.1 Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari matematika darslarida o'quvchilarning eshituv idrokini shakillanganlik holatini o'rganish metodikasi.
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning ta’lim-tarbiyasi Respublikada maxsus ta’limning ajralmas qismi sifatida amalga oshiriladi va eshitishda nuqsoni bo‘lgan bo‘lgan bolalarni maktabga tayyorlashda ularning nutqiy riojlanishi qay darajada ekanligi ham albatta hisobga olinadi.Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda maktabga tayyorgarligi xolatini o‘rganishda bolaning nutqiy rivojlanishi bilan batafsil tanishish ishlari olib boriladi. Shularni hisobga olgan xolda, biz eksperemental ishlarimizni o‘tkazish davomida eshitishda nuqsoni bo‘lgan nutqining xususiyatlarini o‘rganishga e’tiborni qaratdik.
Bilimlar asosini egallashda o'quvchidan, birinchi navbatda, gap yordamida yetkazilgan o'quv materialini tushunish, ikkinchidan esa nutq orqali o'rganilayotgan munosabat va aloqalarni grammatik to‘g'ri ifodalashni bilish talab etiladi. O'quv materialining ilmiy uslubda ifoda etilishi, ba’zi hollarda uning tushunilishini qiyinlashtiradi. Chunki kar va zaif eshituvchi bolalarning so'zlashuv nutqini rivojlanish darajasi past bo'ladi. Bu ularning nutqiy materialni ifodalamoqchi bo'lgan tushuncha va munosabatlarni aniq va to'g'ri anglamaslik (tushunmaslik)lariga yoki teskari tushunishlariga sabab bo'ladi. Vaholanki, bu nutqiy so'zlashuv materiali ta’lim jarayonining tarkibiy qismini, mazmunini tashkil qiladi. Boshqacha qilib aytganda, nutqiy kommunikatsiya (bog'lanish) qiyinchiliklari o'quv materialini egallash jarayonini murakkablashtiradi. Shuning uchun kar va zaif eshituvchi bolalarda so'zlashuv nutqini rivojlantirish matematika darslarining samaradorligini oshirish uchun zaruriy vosita hisoblanadi.
Kar va zaif eshituvchi bolalar boshlangich sinflarda atamalarni qisman tushunadilar. Masalan, geometrik shakllarning nomlarini ular o ‘sha shakllarning standart holatiga yoki maium kattalikdagi ko‘rinishlariga qarab eslab qoladilar. 0 ‘quvchilar arifmetik amallarning natijalarini va komponentlarini ularning bir qatorda yozilgan holatigagina qarab ham nomlashlari mumkin. Amallar ustun shaklida yozilsa, 0‘quvchilar ularni nomlashda qiynaladilar.
Kar va zaif eshituvchi bolalarni o ’qitish jarayonida so‘zlashuv vositalarini xato ishlatmaslik va o ‘rganilayotgan materialni noto’g’ri tushunib qolmaslik maqsadida matematik tushunchalarni nomlashda ishlatiladigan so’zlar xilma-xilligini hisobga olish o’ta muhimdir.
Matematika darslarida nutqiy materialni ishlatish jarayonidagi kamchiliklar kar va zaif eshituvchi bolalarning umumlashtiruvchi atamalar mohiyatini anglab yetishlarida ba’zi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Masalan, «pul» so‘zi «so‘m» so‘zi o ’rnida ko’p ishlatiladi. Bir so‘zni yoki iborani o'quvchi tomonidan ilgari bilib olingan boshqa bir so‘z yoki ibora bilan almashtirish. (Tol — daraxt). Aksariyat hollarda nom a’lum bir so'z o'zining mazmuniga toialigicha mos kelmaydigan boshqa sinonim so'z bilan almashadi. Chunki hamma so'zga ham unga mos keladigan boshqa so'z topilavermaydi. Masalan, masala shartida kutubxonada kitob tarqatish mavzusi aks ettirilgan. «Tarqatmoq» fe’lini «bermoq» fe’li bilan almashtirish mumkin. Lekin bu fe’llarning mohiyati bir-biriga to'g'ri kelmaganligi sababli, o'qituvchi almashtiruvchi fe'l mohiyatini ochib berishi shart.
Predmet yoki suratni namoyish qilish. Bu usulda ikki hodisa ro'y berishi mumkin. Masalan, masala matnida «parrandachilik fermasi» iborasi qo'llanilgan. O'quvchilarga nom a’lum bo'lgan ushbu iboraning mazmuni og'zaki tushuntirish va shu so'zga oid suratlarni namoyish qilish orqali ochib beriladi. Yoki boshqa bir misol: masala shartida «kalava» so'zi uchrab qoldi. Bu holatda so'z m a’nosini tushuntirish uchun ip kalavasi ko'rsatiladi.
Shuningdek, xar bir bola bilan individual tanishish jaryonidada xujjatlar (bola rivojlanishi tarixi, tarbiyachi tavsivnomasi) o‘rganildi:
Tekshirishlar ikki shaklda olib borildi: yakka va frontal tekshirishlar. Yakka tekshirishda o‘quv yilining boshida har bir bolani ikki hafta davomida mashg‘ulotlardan tashqari vaqtda kuzatib bordik. Frontal tekshirish vaqtida bolalar guruhda o‘zi bajarayotgan ishlari xaqida gapirib berdilar, savollarga javob qaytardilar yoki rasmga qarab hikoya tuzdilar. Bu vaqtda bolalar nutqining umumiy xolati, lug‘at boyligi, artikulyatsiyasi, nutq sur’ati, tovushlar talaffuzi, ovoz kuchi, sifati, gap tuzish qobiliyati, rasmga qarab hikoya tuzishi, matnni o‘qishi, ko‘chirib yozishi, savolga javob berishi kuzatib borildi. Yakka tekshirishda eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni og‘zaki nutqini L.R.Mo‘minova tomonidan ishlab chiqilgan (ekspressiv va impressiv nutqni tekshirish uchun) metodikalaridan asosida o‘rganishni maqsad qilib qo‘ydik.Oldimizga qo‘ygan vazifalarni bajarish uchun esa bir qator metodlarning yig‘indisidan foydalandik:
1. Pedagogik, psixologik va metodik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish;
2. Eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarning lug‘at boyligi xususiyatlarini o‘rganish;
3.. Pedagogik eksperiment o‘tkazish va uning natijalarini tahlil qilish.
Eksperimental tadqiqotni o‘tkazish metodikasi va uni tashkil etish jarayoni maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning lug‘at boyligi xususiyatlarini aniqlashga yo‘naltirilgan. Tajriba eksperimentimizning maydoni sifatida Toshkent shahridagi Olmazor tumani 106-conli ixtisoslashtiriilgan maktabning maktabgacha bo‘limi tanlandi.Eksperimentimizda maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga quyidagi og‘zaki topshiriqlar berildi.
Faol lug‘atning rivojlanganligini tekshirish
1. Gavda qismlarini nomlash:
ko‘z, peshona, yuz, burun, soch, quloq, oyoq, bosh, bo‘yin.
Ko‘rsatma: eksperimentator bolaning gavda qismlarini ko‘rsatib ularning nomini “Bu nima?” deb so‘raydi.
2. Uy jihozlarini nomlash:
stol, stul, shkaf, divan, kreslo, qandil, oyna, deraza, krovat, gilam. Ko‘rsatma: eksperimentator bolaga uy jihozlarini ko‘rsatib ularning nomini “Bu nima?” deb so‘raydi
3. Umumlashtiruvchi so‘zlarni topish:
Bolaga quyidagi mavzular bo‘yicha predmetlarning rasmlari ko‘rsatiladi: o‘yinchoqlar, idish-tovoqlar, kiyimlar, oyoq kiyimlari, sabzavotlar, mevalar, transport, uy hayvonlari, yovvoyi hayvonlar.
O‘yinchoqlar: qo‘g‘irchoq, mashina, kubik, raketa, koptok, .
Ko‘rsatma: bolaga avval birin-ketin ko‘rsatilgan rasmlarni nomlash, so‘ngra umulashtiruvchi so‘zni topish taklif qilinadi.
4.Predmetlarning belgilarini nomlash
Ko‘rsatma: bolaga avval birin-ketin ko‘rsatilgan rasmlarni nomlash, so‘ngra predmetlarning belgilarini nomlash taklif qilinadi
5.So‘zlarga antonimlarni topish Ko‘rsatma: bolaga avval birin-ketin ko‘rsatilgan rasmlarni nomlash, so‘ngra so‘zlarga antonimlarni topish taklif qilinadi
6. Predmetlar va harakatlar tasvirlangan rasmlar bo‘yicha gaplar tuzish: “Bu qo‘g‘irchoq. U olma ushlab turibdi. Bu o‘quvchi . O‘quvchi dars tayyorlayapti”
Ko‘rsatma: bolaga predmetlar va harakatlar tasvirlangan rasmlar bo‘yicha gaplar tuzish taklif qilinadi
Maxsus maktabgacha muassasaning tarbiyalanuvchilari javoblari quyidagi mezonlar asosida baholandi: to‘g‘ri bajardi ,eksperimentatorning yordami bilan bajardi ,topshiriqni qisman bajardi ,topshiriqni bajara olmadi,
2.2 Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari matematika darslarida o'quvchilarning eshituv idrokini shakillanganlik to'g'risida tajriba- sinov ishlari natijalari. Maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqini xolatini tekshirish natijalari taxlili maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarning lug‘at boyligini shakllantirish yo‘llarini darajasini aniqlash imkoniyatini berdi.
Maktab yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarning nutqini tekshirish jarayonini oddiydan murakkabga qaratib olib bordik va aniqlangan natijalardan shuni ko‘rish mumkin-ki, maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning lug‘at boyligini shakllantirilib borishiga qaramay o‘quvchilar javoblari juda past ko‘rsatkichni ko‘rsatdilar. maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning lug‘at boyligini tekshirish bo‘yicha topshiriqlarni bajarilishi talab qilingan topshirig‘imizning natijalari 1- jadvalda foiz ko‘rsatkichlarida ko‘rsatilgan. Ta’kidlovchi eksperimentda Toshkent shahridagi Olmazor tumani 106-conli ixtisoslashtiriilgan maktabning maktabgacha bo‘limi tanlandi.10 nafar maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan tarbiyalanuvchilari qatnashdilar,Maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan tarbiyalanuvchilari lug‘at boyligini L.R.Mo‘minova tomonidan ishlab chiqilgan (ekspressiv va impressiv nutqni tekshirish uchun) metodikalaridan asosida o‘rganildi.Eksperimentimizda eshitishda nuqsoni bo‘lgantarbiyalanuvchilarga og‘zaki va yozma topshiriqlar berildi.Eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarda faol lug‘atning holatini o‘rganish uning passiv lug‘atdan ancha kam ekanligini ko‘rsatadi.
Eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarning faol lug‘atining umumiy holati 1 – jadvalda ko‘rsatilgan. Eksperiment jarayonida tekshirilgan bolalarning insonning gavda qismlarini to‘g‘ri nomlay olmadilar. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning 5 tasi (50%) uy jihozlaridan predmetlarni nomladilar, qolganlari esa predmetlarni nomlay olmadilar, lekin eksperimentatorning rag‘batlantiruvchi yordamidan, ko‘rsatmasidan so‘ng ham (eksperimentator predmetni ko‘rsatadi va so‘raydi: “Qani aytchi, bu nima edi?”) eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning 5 tasi (50%) uy jihozlaridan predmetlarni nomladilar. Predmetlarni kategoriya bo‘yicha umumlashtirish yuzasidan berilgan, fikr yuritishga yo‘naltirilgan topshiriqlar Eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarda katta qiyinchilik tug‘dirganligi aniqlandi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning 4 tasi (40%) uy jihozlaridan predmetlarni umumlashtirdilar, qolganlari esa predmetlarni rag‘batlantiruvchi yordamidan, ko‘rsatmasidan so‘ng ham (eksperimentator predmetni ko‘rsatadi va so‘raydi: “Qani aytchi, bu nima edi?”) eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning 6 tasi (60%) uy jihozlaridan predmetlarni umumlashtirdilar, faol nutqda eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalar umumiy tushunchani ifodalaydigan so‘zlarni xususiy tushunchani ifodalaydigan so‘zlarni xususiy tushunchani anglatadigan so‘zlar bilan almashtiriladi. Oyoq kiyimlarini ifodalovchi rasmlar guruhini bolalar “tuflilar”, idish tovoqlarni – “piyolalar”, “ichadigan narsalar”, mebellarni – “shkaflar”, transportlarni – “mashinalar” deb nomladilar.
Shuningdek, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar umumiy tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlar o‘rniga predmetlarning tadbiqiy tomonini ifodalovchi so‘zlardan foydalanishlari aniqlandi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda lug‘at boyligining cheklanganligi javob berish, hikoya qilish jarayonida kerakli so‘zni topa olmaslikda, ko‘pincha hatto predmetni nomlay bilmaslikda namoyon bo‘ldi.
So‘z boyligining kamligi, shuningdek, bilim va tasavvurlarning chegaralanganligi sababli aqli zaiflarning ko‘pchiligi qushlar, ba’zi hayvonlar, ularning bolalari nomlarini, yil fasllarini almashtirib qo‘llashi, oylar nomining, ketma-ketligining, u yoki bu fasl belgilarining bilmasligini tavsiflaydi.
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalardagi lug‘at boyligining kamligi so‘zlarga sifatlar topishda, predmetlarning belgilarini nomlashda ham namoyon bo‘ldi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning 3 tasi (30%) uy jihozlaridan predmetlarni belgisini nomladilar, qolganlari esa predmetlarni nomlay olmadilar, lekin eksperimentatorning rag‘batlantiruvchi yordamidan, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning 7 tasi (70%) predmetlarni belgilarini nomladilar.Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalardagi lug‘at boyligining kamligi so‘zlarga sifatlar topishda qiyinchilik tug‘dirdi.
5.So‘zlarga antonimlarni topish jarayonida bolaga avval birin-ketin ko‘rsatilgan rasmlarni nomlash, so‘ngra so‘zlarga antonimlarni topish taklif qilindi .Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalardagi lug‘at boyligining kamligi so‘zlarga antonimlarni topishda qiyinchilik tug‘dirdi., Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning 3 tasi (30%) so‘zlarga antonimlarni topdilar, qolganlari esa predmetlarni nomlay olmadilar, lekin eksperimentatorning rag‘batlantiruvchi yordamidan, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning 7 tasi (70%) so‘zlarga antonimlarni topdilar.
Predmetlar va harakatlar tasvirlangan rasmlar bo‘yicha gaplar tuzish: “Bu qo‘g‘irchoq. U olma ushlab turibdi. Bu o‘quvchi . O‘quvchi dars tayyorlayapti” eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalardagi lug‘at boyligining kamligi so‘zlarga gap tuzishda qiyinchilik tug‘dirdi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning 3 tasi (30%) rasmlar bo‘yicha gaplar tuzdilar, qolganlari eksperimentatorning rag‘batlantiruvchi yordamidan, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning 3 tasi (30%) rasmlar bo‘yicha gaplar tuzdilar. Rasm asosida gaplar tuzish topshirig‘i 4 ta bola (40%)bu topshiriqni bajara olmadilar. Eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalar lug‘at zaxirasini tekshirish natijalari ularda gaplar sintaksisining deyarli rivojlanmaganligi aniqlandi. Tekshirilgan eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning barchasi rasmlarga qarab gap tuzishda bitta so‘z bilan chegaranishlari aniqlandi. Masalan, Malika taklif qilingan rasmlarni ko‘rib chiqib (rasmda bola tasvirlangan, u olma ushlab turibdi)- “bola” deb gap tuzdi.Eksperiment jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalardan ba’zilarigina nutqida faqat sodda gaplardan foydalanishlari aniqlandi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar tomonidan tuzilgan gaplarda ko‘makchi so‘zlarning yo‘qligi ko‘zga tashlanadi. Tekshirish jarayoni eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar nutqida so‘zlar tartibi buzilishining ham ko‘p hollarda uchrashi mumkinligini ko‘rsatadi.
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa
Maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning lug‘at boyligini eksperemental o‘rganish natijalari mazkur kategoriyadagi bolalarning nutqi tizimli buzilishlarga ega ekanliklari va bu buzilishlar nutqning barcha tomonlarini qamrab olganligini ko‘rsatadi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda impressiv va ekspressiv nutq buzilganligi, shuningdek, nutqning fonetik, leksik va grammatik qurilishida murakkab nuqsonlar borligi aniqlandi.Tekshirilgan eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda nutqiy aloqaga bo‘lgan ehtiyojning kamligi, nutqiy faoliyatiga bo‘lgan intilishning buzilganligi aniqlandi. Bolalarning ko‘pchiligida nutqiy aloqaning savol-javob darajasida ekanligi kuzatildi. Aksariyat bolalarda murakkab nutq ko‘lami juda oz. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqini o‘stirish bo‘yicha ishlarni tashkil etishda barcha holatlarda muloqatga (aloqa qilishga) bo‘gan intilishni yuzaga keltirish va ehtiyojini shakllantirish lozim.
Maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning lug‘at boyligini eksperemental o‘rganish natijalari mazkur kategoriyadagi bolalarning nutqi tizimli buzilishlarga ega ekanliklari va bu buzilishlar nutqning barcha tomonlarini qamrab olganligini ko‘rsatadi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda impressiv va ekspressiv nutq buzilganligi, shuningdek, nutqning fonetik, leksik va grammatik qurilishida murakkab nuqsonlar borligi aniqlandi. Tekshirilgan eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda nutqiy aloqaga bo‘lgan ehtiyojning kamligi, nutqiy faoliyatiga bo‘lgan intilishning buzilganligi aniqlandi. Bolalarning ko‘pchiligida nutqiy aloqaning savol-javob darajasida ekanligi kuzatildi. Aksariyat bolalarda murakkab nutq ko‘lami juda oz. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqini o‘stirish bo‘yicha ishlarni tashkil etishda barcha holatlarda muloqatga (aloqa qilishga) bo‘gan intilishni yuzaga keltirish va ehtiyojini shakllantirish lozim.