Kirish Reja: 1: Majburiy to’lovlarning mohiyati va ularning tasniflanishi 2: Majburiy to’lovlar auditini tashkil qilishning ahamyati 3: Majburiy to’lovlar auditini rejalashtirishir va tashkil etish 4


-chizma. Majburiy to‘lovlar auditini rejalashtirish tamoyillari



Yüklə 100,36 Kb.
səhifə5/12
tarix24.11.2022
ölçüsü100,36 Kb.
#119834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
kurs ishi 4 audit KK

1-chizma. Majburiy to‘lovlar auditini rejalashtirish tamoyillari.
Majburiy to‘lovlar auditini rejalashtirishning kompleksliligi qoidasi birlamchi rejalashtirishdan boshlab auditning umumiy rejasi va dasturini tuzishga qadar rejalashtirishning barcha bosqichlarini o‘zaro bog‘liqligini taʼminlanishini taqozo etadi.
Majburiy to‘lovlar auditi uzoq muddatga rejalashtirilganda yaʼni korxonaning auditorlik tekshiruvi bir yil davomida amalga oshirilsa, auditorlik tashkiloti korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatidagi o‘zgarishlarni va oraliq auditorlik tekshiruvlari natijalarini hisobga olgan holda auditni o‘tkazish reja va dasturlariga o‘z vaqtida tuzatishlar kiritishi kerak bo‘ladi.
Majburiy to‘lovlar auditini rejalashtirishning maqbulligi qoidasi shundan iboratki, rejalashtirish jarayonida auditorlik tashkiloti o‘zi belgilagan mezonlar asosida audit umumiy rejasi va dasturining maqbul variantini tanlash imkoniyatini taʼminlashi kerak.





2-chizma. Majburiy to‘lovlar auditini rejalashtirish bosqichlari.

Majburiy to‘lovlar auditini rejalashtirish paytida auditorlik tashkiloti quyidagi asosiy bosqichlarni ajratishi kerak (3-chizma).


Majburiy to‘lovlar auditini samarali rejalashtirish uchun auditorlik tashkiloti korxona rahbariyati bilan auditni o‘tkazishga oid asosiy tashkiliy masalalarni kelishib olishi kerak.
Dastlabki rejalashtirish bosqichida auditor korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati bilan tanishishi va quyidagilar to‘g‘risida axborotga ega bo‘lishi shart:
- korxonaning xo‘jalik faoliyatiga taʼsir ko‘rsatadigan iqtisodiy vaziyat va uning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradigan tashqi omillar;
- korxonaning xo‘jalik faoliyatiga taʼsir ko‘rsatadigan, uning alohida xususiyatlari bilan bog‘liq ichki omillar.
Auditor quyidagilar bilan ham tanishishi kerak:
a) korxonaning tashkiliy-boshqaruv tuzilishi;
v) kapital tarkibi va aksiyalar kursi (korxona aksiyalari kotirovkalanishi kerak bo‘lgan holda);
d) rentabellik darajasi;
ye) korxonaning asosiy xaridorlari va taʼminotchilari;
j) korxona tasarrufida qoladigan foydani taqsimlash tartibi;
z) sho‘ʼba va tobe korxonalarning mavjudligi;
i) korxona tomonidan tashkil etilgan ichki nazorat tizimi.
Majburiy to‘lovlar auditini dastlabki rejalashtirish bosqichida auditorlik tashkiloti auditni o‘tkazish imkoniyatini baholaydi. Agar auditorlik tashkiloti auditni o‘tkazishni mumkin deb hisoblasa, u auditorlik tekshiruvini olib borish uchun shtatni shakllantirishga o‘tadi.
Auditorlar guruhiga kiradigan mutaxassislar tarkibini rejalashtirish paytida auditorlik tashkiloti quyidagilarni hisobga olishi shart:
- auditning har bir bosqichi: tayyorgarlik, asosiy va yakunlash bosqichi, ish vaqti budjeti;
- guruh ishining taxmin qilinayotgan muddatlari;
- guruhning miqdoriy tarkibi;
- guruh aʼzolarining mansab darajasi;
- guruh xodimlarining vorisligi;
- guruh aʼzolarining malaka darajasi.

Yüklə 100,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin