1-jadval
Ushbu 80-sonli AFMS o‘z vaqtida amaliyotda paydo bo‘lgan auditorlik tekshiruvi bo‘yicha muammolarni hal qilish borasida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Biroq bu milliy standartda noaniklar mavjud. Masalan: moliyaviy hisobotning ayrim hisob varaqalari to‘g‘riligini baholash haqida” degan (3-moddaning a bandi) matn yozilgan. Bizning fikrimizcha, bandni qo‘yidagicha aks ettirish maqsadga muvofiq bo‘lar edi: «Moliyaviy hisobotning ayrim qismlaridagi maʼlumotlarni haqiqiyligi va ishonchligini baholash maqsadida”. Shuningdek majburiy to‘lovlarni to‘g‘ri hisoblash, o‘z vaqtida to‘lash masalalarning muhimligini hisobga olgan holda 80-sonli AFMSning 3-moddasida alohida bandi sifatida qo‘yidagi matnni kiritishni taklif qilamiz: «Majburiy to‘lovlarni to‘g‘ri hisoblanishi, o‘z vaqtida to‘lanishi hamda soliq qonunchiligiga rioya qilinishi bo‘yicha”.
Yuqoridagilardan majburiy to‘lovlar auditi bo‘yicha meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish zaruriyatini tug‘dirmoqda.
Soliq va majburiy to‘lovlar audit to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishimiz uchun uni moliyaviy hisobot auditi bilan qiyosiy taqqoslashimiz kerak. Moliyaviy hisobot auditi va soliq va majburiy to‘lovlar auditining solishtirilishi
Xulosa qilib, soliq auditiga qo‘yidagicha taʼrifni berishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi deb hisoblaymiz: «Soliq va majburiy to‘lovlar auditi - bu xo‘jalik yurituvchi subʼektlar tomonidan soliqlar, majburiy to‘lovlar va budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlarni to‘g‘ri hisoblanishi, o‘z vaqtida va to‘lik budjetga to‘lanishi, qonunchilikka rioya qilinishini mustaqil tekshirish hamda soliqlari bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiщdir”. Keltirgan taʼrifdan ko‘rinib turibdiki soliq va majburiy to‘lovlar auditi o‘z ichiga auditorlik tekshiruvi va soliq va majburiy to‘lovlar masalalari bo‘yicha xizmatlarni olgan.
3. Majburiy to‘lovlar auditini rejalashtirish va tashkil etish
Auditni tayinlanishiga ko‘ra turlari ichida majburiy to‘lovlar auditi alohida ahamiyatga ega. Korhonalarda majburiy to‘lovlar auditini o‘tkazilishini budjet bilan bo‘ladigan hisoblashishlarni qanchalik qonunchiligiga mos olib borilganligiga obʼektiv baho berish bilan birga soliqlar hisobini to‘g‘ri va o‘z vaqtida yuritilishi hamda to‘lanishiga amaliy yordam berishdan iborat. Majburiy to‘lovlar auditi asosida budjetga to‘lov to‘lovchilar tomonidan qasdan yashirmasdan o‘z vaqtida to‘lanishi bo‘yicha auditorlik tekshiruvi o‘tkaziladi. Majburiy to‘lovlar auditini o‘tkazishdan asosiy maqsad, budjet bilan bo‘ladigan hisob ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish, majburiy to‘lovlarni budjetga o‘z vaqtida tushishini taʼminlashdan iborat.
Yuqoridagilaldan kelib chiqib majburiy to‘lovlar auditining asosiy vazifalariga quydagilar kiradi:
* budjetga to‘lanadigan majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lanishini taʼminlash;
* majburiy to‘lovlar hisobini va hisobotlarini to‘g‘ri yuritish;
* majburiy to‘lovlar hisobini qonuniy xujjatlarga mos xolda yuritilganligini tekshirish va shu kabilar.
Majburiy to‘lovlar auditi tekshiruvini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyati milliy standart (AFMS) lari asosida olib boriladi.
Korxonalarda majburiy to‘lovlar hisobini to‘g‘ri va o‘z vaqtida yuritilganligini aniqlash maqsadida majburiy to‘lovlar auditi o‘tkaziladi. Majburiy to‘lovlarning auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning maqsadi – tekshiriladigan xo‘jalik yurituvchi subʼekt buxgalteriya hisobotining soliqlar bo‘yicha qarzdorlikni aks ettirish qismida sezilarli holatlarni aks ettirishdan iborat.
Xo‘jalik yurituvchi subʼektlar faoliyatini boshqarish jarayonida ulardagi olib borilayotgan, hisob-kitob ishlarini bozor munosabatlari talablari darajasida yuritish, audit faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, moddiy boyliklarning to‘liq saqlanishini taʼminlash, budjet oldidagi majburiyatlarni o‘z vaqtida amalga oshirish hisoblanadi.
Majburiy to‘lovlar auditini o‘tkazish auditorlik rejalashtirishidan boshlanadi. Majburiy to‘lovlar auditini rejalashtirish audit o‘tkazishning boshlang‘ich bosqichi hisoblanib, audit o‘tkazishning kutilayotgan hajmi, jadvallari va muddatlarini ko‘rsatgan holda auditorlik tashkiloti tomonidan auditning umumiy rejasi ishlab chiqiladi.
Fikrimizcha, majburiy to‘lovlar auditini rejalashtirish auditni o‘tkazishning quyidagi umumiy qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |