Kurs ishining maqsadi. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish
xususiyatlarining nazariy asoslarini o’rganib, xususiylashtirish haqida kerakli
ko’nikma hosil qilish hamda bulardan foydalanib amaliyotda tatbiq etish va
takomillashtirishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari:
- O’zbekistonda mulkchilik tizimini rivojlanishining fundamental asoslarini
o’rganish;
- O’zbekistonda mulkchilik tizimining faoliyat mexanizmini belgilovchi
me’yoriy-huquqiy bazasini yoritib berish;
- O’zbekistonda mulkchilik tizimini shakllanishining bosqichlari va
xususiyatlarini tahlil qilish;
- Mulkchilik shaklini o’zgartirish- ko’p ukladli tizimni yaratishning asosi
ekanligini anglash;
- Xususiylashtirilgan korxonalarni qo’llab-quvvatlash iqtisodiy
taraqqiyotimizni muhim omili ekanligini ko’rsatib berish.
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 28.12.2018.
4
I-BOB.O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiyatlarining
nazariy asoslari.
1.1 . O’zbekistonda mulkchilik tizimini rivojlanishining fundamental asoslari.
Har qanday jamiyatda mulkchilik iqtisodiy tizimning negizi hisoblanadi.
Mulkiy munosabatlarga asoslanmagan iqtisodiyot bo’lmaydi. Shu sababli ham
mulkning mavjud yoki mavjud emasligiga qarab insonning jamiyatda ijtimoiy
maqomi paydo bo’ladi.
Birinchi prezidentimiz Islom Karimovning O’zbekiston iqtisodiyotining
negizini mustahkamlashda ,,Mulkchilik masalasini hal qilish bozorni vujudga
keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tiziming tamal toshi bo’lib xizmat qiladi’’
degan da’vati bugungi kunda o’z tasdig’ini topdi.
Shu o’rinda, mulk ob’yekti va mulk sub’yekti kabi tushunchalar paydo
bo’ladi. Mulk ob’yekti tabiatdagi narsalar, turli xil moddiy buyumlar va aqliy
qobiliyat hisoblanadi. Mulk sub’yektini esa mulk ob’yektlariga egalik qiluvchi
shaxs yoki jamoa guruhlari tashkil qiladi. Mulk ob’yektini o’zlashtirishda
sub’yektlar o’rtasidagi iqtisodiy tizim mulkchilik munosabatlarini keltirib
chiqaradi.
Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini mulkka egalik qilish,
foydalanish va tasarruf etish belgilaydi va jamiyatdagi huquqiy, iqtisodiy
munosabatlar mazmunini o’zida ifodalaydi. Mulkchilik shu sababli bir vaqtning
o’zida ham huquqiy, ham iqtisodiy ham doimiy kategoriya hisoblanadi.
Egalik qilish – mulkdor qo’lida mulk huquqining saqlanib turishi
hisoblanadi. Bunda mulkdan kelgan foyda ikki qismga bo’linadi. Daromadning bir
qismini mulkdor ijara haqi ko’rinishida oladi, qolgan qismini ijarachi o’z
ehtiyojlarida foydalanadi. Masalan, mulkdor uyni ijarachiga beradi va ijara haqi
oladi qolganini ijarachi o’zlashtiradi. Qisqa qilib aytganda, qisman cheklangan
o’zlashtirish deyishimiz ham mumkin.
Foydalanish - mulk bo‘lgan boylikni iqtisodiy faoliyatda qo‘llab, xo‘jalik
jarayoniga kiritib, undan natija olishdir. Bunda mulkdan biror maqsad yo’lida ,
daromad topish yoki shaxsiy ehtiyojlarni qondirishda foydalanish yuzaga keladi.
Foydalanishning egalik qilishdan farqi shundaki, mulkdan kelgan naf ikki qismga
bo’linmaydi ya’ni foyda butunligicha mulk egasi tomonidan o’zlashtiriladi.
Tasarruf etish – bu mulk taqdirini mustaqil o’zi istagan tarzda hal etishi
demakdir. Ya’nikim, mulkni sotib yuborish, davlat tasarrufiga o’tkazish, sovg’a
qilish yoki meros qoldirishi o’z ixtiyorida bo’ladi.
Mulkchilik tizimi — jamiyatda o‘rnatilgan mulkchilik shakllariga mos
instrumental (Fuqarolik huquqlari ob’yekti ma‘nosida), institutsional va funksional
tuzilmalarni va ular bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy
munosabatlar mexanizmini birlashtiruvchi yaxlit tizimli majmua. Uning faoliyati
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati kontekstida
Mulkiy huquq sub’yektlari tomonidan harakatga keltiriladi. Bunda davlatning
5
siyosati mulkchilik tizimining samaradorligiga qulay mulkchilik munosabatlari
muhitini yaratish asosida erishilishiga qaratiladi.
Shunday qilib, mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sish va xalq farovonligi
faqat samarali mulkchilik tizimi shart-sharoitlarida erishiladi.
Mulk - bu ham manfaat, ham mas‘uliyatdir. Mulkchilik - bu mas‘uliyat bilan
manfaatning uzviy birligi hisoblanadi. Mulkchilik real bo‘lishi uchun mulkdorning
iqtisodiy manfaati amalga oshishi shart. Miqdorning iqtisodiy manfaati - uning
boylik egasi sifatidagi hayotiy ehtiyoji bo‘lib, xatti-harakat, fe‘l-atvorni, iqtisodiy
faoliyat motivatsiyasi (sababini) yuzaga chiqaradi. Mulkiy tizim munosabatlar
mulkdorlar va mulkdor bo‘lmagan shaxslarning o‘zaro manfaatli aloqalari
mazmun-mohiyati va shakllarini ifodalaydi, ijtimoiy ishlab chiqarishning turini va
shaklini, mulkchilik tizimidagi faoliyat xarakterini, mamlakatning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish modelini hamda bu shaxslarning ishlab chiqarish vositalari
bilan bog‘lanish, ishlab chiqarish omillari va mahsul(natija)laridan foydalanish
shart-sharoitlarini belgilaydi.
Ta‘kidlash zarurki,barcha mamlakatlardagi mulkchilik tizimi va undagi
mulkiy munosabatlar modeli undagi jamiyat tanlagan taraqqiyot modeliga mos
ravishda shakllanadi.
2
Shunday ekan, Fuqarolik huquqlari ob’yektining ta‘minot
turlari mulkiy munosabatlar bilan uyg‘unlikda ko‘riladi.
Mulkiy munosabatlar har doim yuridik qonunlarda qayd etiladi. Busiz
mulkchilik amal qilmaydi. Qonunchilik orqali mulkiy aloqa – bog’lanishlar
boshqarib boriladi. O’zbekiston Konstitutsiyasida ,,O’zbekiston iqtisodiyotining
negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi “, - deb yozilgan. Hozirgi
davrgacha turli mulk shakllari paydo bo’ldi. Bular jumlasiga davlat mulki, shaxsiy
mulk, xususiy mulk, jamoa mulki va aralash mulkni kiritishimiz mukin. Shu
sababli ham hozirgi iqtisodiyotimizni ko’p ukladli iqtisodiyot deb ataymiz. Mulk
shakllariga ta’rif bersak maqsadga muvofiq bo’ladi deb o’ylaymiz.
Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish davlat ixtiyorida
bo’lgan mulk ob’yektlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki yo’l bilan hosil
bo’ladi:
1) Xususiy mulkni milliylashtirib, davlat qo’liga olish;
2) Davlat mablag’lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona
va tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish.
Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo’lgan, bo’linmaydigan yoki
umumiy resurslardan foydalanish uchun mosdir. Bunga misol qilib, takror ishlab
chiqarib bo’lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport vositalari,
yo’llar kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko’rsatish mumkin.
Shaxsiy mulk – bu fuqarolar mulki bo’lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy
ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning
oila a’zolarining mehnati asosida ko’payadi va rivoj topadi.
Fuqaroning shaxsiy mulki asosan, ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda
ishtirokidan, o’z xo’jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga
2
Эрнандо Де Сото. Загадка капитала. Почему Капитализм торжествует на Западе и терпит поражение во
всем остальном мире./Пер. с англ.- М.: ЗАО Олимп-Бизнес., 2001.- с 272.
6
vujudga keladi va ko’payadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan
keladigan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi
manbaalarga asoslanadi.
Shaxsiy mulk ob’yektlari – bu turar joylar, bog’-hovli va uylar, transport
vositalari, pul jamg’armalari, uy-ro’zg’or va shaxsiy iste’mol buyumlari, yakka
tartibda va boshqa xo’jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari,
ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar bo’lishi mumkin.
Xususiy mulk - ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga
asoslangan va o’z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir. Shu bilan birga xususiy mulk
bo’lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmagan.
Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi,o’zining ijobiy va
salbiy tomonlariga ega. U, so’zsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga
ma’suliyatlilik munosabatlarini rag’batlantiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab
chiqarish sharoitida u hufyona daromad orttirishga intilish hissini tug’diradi.
Mulkchilikni bu shaklini tan olish xalq xo’jaligiga uni qo’llash foydali bo’lgan
bo’g’inlarni anqilash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini
shakllantirshni taqozo etadi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni
mutlaqlantirish bilan umuman bog’liq emas. Bu mulk sotib ollingan ishlab
chiqarish vositalari asosida mustaqil xo’jalik yuritish yoki davlat korxonalari,
kooperativ firmalar, magazin,oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga
keltirish mumkin.
Jamoa mulki – muayyan maqsad yo’lida jamoaga birlashgan kishilar
tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o’zlashtirishni
bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to’lab
korxona qurishi, aksiya chiqarib, ularni sotish kabi yo’llar orqali paydo bo’ldi.
Jamoa mulkining muhim xususiyati shundaki, ishlab chiqarish vositalari va mehnat
mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma’lum guruh, kishilar egalik qiladi. Jamoa
mulkiga kooperativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, aksionerlar jamiyatlari,
xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarning, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning
mulki kiradi.
Aralash mulk – turli shalkdagi mulklarning birikib ketishi natijasida paydo
bo’ladigan boylik. Bu mulk alohida olingan ob’yektning turli mulkdorlar
ishtirokida o’zlashtirishini bildiradi.
Davlatning demokratik negizlari barqarorligining iqtisodiy asosini – mulk
shakllarining xilma – xilligi, birinchi navbatda xususiy mulk tashkil etadi.
Davlatning demokratik negizlari barqarorligining siyosiy asosini – real
ishlab chiqarish vositalarining o’rta mulkdorlaridan iborat kuchli qatlamlarning
mavjud bo’lishi tashkil qiladi. Aholi orasida haqiqiy mulkdorlar o’rta qatlamning
ko’pchilikni tashkil etishi mamlakatda ijtimoiy – iqtisodiy islohotlarni orqaga
qaytarish imkoniyatlarini bartaraf etishning kafolati hisoblanadi.
Mulkchilik munosabatlari yoki mulkiy tengsizlik haqida ham allomalarni
fikrini keltirishni joiz deb bildik. Masalan, Abu Ali ibn Sino “ Odamlarning mulkiy
tengsizligi, vazifasining bir xil emasligi, o’zaro farqlari, inson ijtimoiy
7
faoliyatining sababidir”
3
deb yozgan. Aniqroq qilib aytganda, inson o’zini
moddiy ahvolini yaxshi qilishi uchun unga iqtisodiy erkinlik berish kerak.
Barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash uchun odamlarda haqiqiy mulkdorlik hissini
paydo qilish kerak. Ya’ni, mulkka inson o’zini mulki sifatida qarasa, davlatni
mulki deb qaraganga nisbatan unga ehtiyotkor munosabatda bo’ladi va ishlab
chiqarish samaradorligi uchun kurashadi. Agar mulki o’ziniki ekanligini
anglamasa, jamiyatda barqarorlikni saqlab qolish va uni himoya qilishga
intilmaydi. Shundan kelib chiqqan holda odamlar ongidagi o’zgarishlar natijasida
mulkka, mehnatga bo’lgan munosabat o’zgardi. Davlat tomonidan tadbirkor va
fermerlarga yerlar xususiylashtirilib berildi hamda xususiy mulk iqtisodiyot
poydevori mahsuli ekanligi e’tirof etildi.
Yana Voiz Koshifiyning ta’kidlashicha, “ishlab chiqaruvchilar hokimiyatga
so’zsiz itoat etishlari emas, balki keyingilari mehnatkash dehqon, kosib-
hunarmand, bog’bonning tinch mehnati uchun shart-sharoit yaratib berishlari
kerak, boshqacharoq aytganda, ularga xizmat qilishlari lozim.”
4
Bu fikrlarni
inobatga olgan holda mulkchilikka davlat aralashuvi kamaytirildi, ularga erkin
ishlashga imkoniyatlar yaratildi. Bu jahon tajribalarida va milliy iqtisodiyotimizda
ham o’z isbotini topdi.
Mulkchilik shakllari asosan quyidagi yo‘llar bilan vujudga keladi: ilohiy va
omad faktorlari, ijtimoiy, siyosiy va huquqiy jarayonlar, inson mehnati, yuridik
shaxslar (jumladan, biznes sub’yektlari) faoliyati, davlat tasarrufidan chiqarish,
xususiylashtirish va milliylashtirish (natsionalizatsiya). Bunda davlat, mahalliy
hokimiyatlar, yuridik va jismoniy shaxslar, alohida jamoalar mulkdor sub’yektlar
sifatida qaraladi.
Vazirlar Mahkamasi majlisida (2007-yil 12-fevral) 1-Prezident Islom
Karimov “Yangilanish va barqaror taraqqiyot yo’lida yanada izchil harakat qilish,
xalqimiz uchun farovon turmush sharoiti yaratish-asosiy vazifamizdir” nomli
ma’ruzasida xususiylashtirish masalasiga doir o’z fikrini quyidagicha bayon etgan
edi: “Biz xususiylashtirish ishlariga nisbatan munosabatimiz va
yondashuvlarimizni ham tubdan o’zgartirishimiz, iqtisodiyotning kimyo,
elektrotexnika, qishloq xo’jaligi mashinasozligi, qurilish materiallari sanoati va
boshqa yetakchi tarmoqlariga qarashli korxonalarning aksiyalarini kimoshdi
savdosiga qo’yish bo’yicha qat’iy choralar ko’rishimiz zarur”
Xulosa shuki,davlat mulkini xususiylashtirilishi va kichik biznes rivojining
rag’batlantirilishi natijasida O’zbekistonda yangi ijtimoiy qatlam – mulkdorlar
sinfi paydo bo’ldi hamda xususiylashtirish tufayli qimmatli qog’ozlar va mulk
bozori kabi yangi bozorlar paydo bo’lib, ko’p tarmoqli iqtisodiyotning shakllanishi
va bozor munosabatlarini yanada rivojlanishiga asos bo’ldi.
Dostları ilə paylaş: |