Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
65
Xonzoda begim o‘tirgan ko‘yicha ukasiga qo‘l cho‘zib, yig‘i aralash iltijo qildi: 
— Men sizning pok qalbingizdan adolat izlaymen! Qalbingiz nima buyursa, siz menga 
shuni buyuring! Men rozimen! 
Bobur sakrab o‘rnidan turdi-yu, opasining qo‘llaridan olib, uni o‘rnidan turg‘azdi: 
— Yig‘lamang, bas! — dedi. Ammo Boburning o‘zi ham ko‘ngli erib, ko‘z yoshini zo‘rg‘a 
tutib turardi. — Siz menga barcha beklarimdan yaqinroqsiz. Bir tug‘ishgan yagona 
egachimsiz. Siz tufayli ne og‘irlik kelsa, mayli, ko‘taray! Xotirjam bo‘ling! Toki bormen
suymagan odamingizga uzattirmasmen! 
Xonzoda begim azbaroyi quvonganidan ukasini mahkam quchib peshonasidan, 
ko‘zlaridan o‘pdi. 
SAMARQAND 
ZAFAR VA KULFAT 
1 
Boburning qo‘shini Samarqandni butun yoz va kuz bo‘yi qamal qildi. Boysunqur mirzo 
yetti oy shahar darvozalarini berkitib yotdi-yu, axiri ochlik va tanqislikka bardosh 
berolmay, sovuq qish kechalaridan birida yaqin odamlari bilan Samarqanddan 
yashirincha chiqib, Hisor tomonga qochdi. 
Shaharda qolgan beklar bundan xabar topganlaridan keyin qal’a darvozalarini ochtirdilar. 
Boburning uch mingga yaqin qurolli kishilari zafar kuyini chalib, qo‘sh naqoralar va 
karnaylar sadosi ostida shaharga kira boshladilar. 
Bobur besh yasharligida ko‘rganlari yaxshi esida qolmagan ekan. Samarqandning har 
yer-har yeridan moviy tog‘lar kabi ko‘kka bo‘y cho‘zib turgan ulug‘vor gumbazlarning 
qaysisi Ulug‘bek madrasasiniki ekanini, qaysisi Bibixonim madrasasiga mansubligini 
yonida borayotgan Qosimbekdan so‘rab bildi. Faqat arkka yaqinlashganda chap tomonda 
ko‘ringan ulkan obidaning Amir Temur maqbarasi ekanini jangchining dubulg‘asiga 
o‘xshash gumbazning afsonaviy go‘zal taram-taramlaridan tanidi. Qancha davrlar o‘tsa 
ham, bo‘yoqlari xuddi bugun surilganday yap-yangi turgan bu ajoyib binolar, ularning 
tantanavor ko‘rinishi va oftobda g‘alati tovlanishi Boburning qalbidagi zafar zavqiga yana 
zavq qo‘shardi. 
Ark joylashgan balandlikka ko‘tarilayotganlarida Bobur o‘ngu so‘lda ko‘ringan ayvonli 
uylar va hovlilarga ko‘z tashladi-yu, birdan o‘zining asira qallig‘i Oyisha begimni esladi. 
Ajab emaski, begim mana shu uylardan birida darcha tirqishidan g‘oliblarga qarab 
turgan bo‘lsa. U bechora endi barcha azob-uqubatlardan qutulib, Samarqand qizlari 
orasida eng mo‘’tabari bo‘lishini, hamma uni «yosh podshohimizning qallig‘i», deb e’zoz-
lashini bilarmikin? 
Bobur otini Qosimbekning otiga yaqinlashtirib, past ovoz bilan so‘radi: 
— Asirlardan xabar olishga odam tayinlandimi? 
Qosimbek bu savolning yashirin ma’nosiga tezda tushunolmadi: 
— Amirzodam, qaysi asirlarni aytursiz? 
Bobur otasi tengli Qosimbekning oldida qallig‘ini tilga olishdan uyalar edi. U allanechuk 
iymanib qovog‘ini solganidan Qosimbek gap nimadaligini fahmladi-yu:— Ha, asiralarmi? 
— deb, Bobur aytolmagan so‘zni o‘zi aytdi. — Bu ishga No‘yon Ko‘kaldoshni tayin 
etganmen. Avvalo Sulton Ahmad mirzoning farzandlaridan xabar olinur. Qulingiz 
aytganmen. Kechqurun No‘yon sizga axborot berur.Ark ichiga kirdilar. Bu yerdagi eng 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin