Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə270/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
270
Tohirni tez o‘ngarib oldi-yu, jang maydonidan qochib chiqdi. 
_______________ 
* T o b i n — rezerv.
3 
Dehliga otasidan oldin kirib kelgan Humoyun Jamna daryosining o‘ng qirg‘og‘idagi qizil 
devorli ulkan qal’ani jangsiz egalladi. Ibrohim Lodining qal’adagi xazinala-rini muhrlab, 
ishonchli posbonlarga topshirdida, uch yuztacha xos navkari bilan shaharni aylanishga 
chiqdi. 
Unda-bunda uchraydigan past-baland tepaliklarni hisobga olmaganda, Dehli — ko‘kalam 
bir tekislikka joylashgan va chetlarini ko‘z ilg‘amaydigan katta shahar edi. Tig‘iz 
joylashgan uylar, mahalla-kuylar behisob, lekin ko‘chalarda odam kam — notanish 
fotihlardan cho‘chib, uylaridan chiqmay o‘tirganlar ko‘p. 
Humoyun qaysi ko‘chadan o‘tmasin, besaranjom bir sinchkovlik bilan eshik-derazalar 
tirqishidan, devor tepalaridan qarab turgan o‘nlab ko‘zlarni ko‘radi. 
Muqaddas daryo hisoblangan Jamna bo‘yida to‘p-to‘p odamlar dafn marosimi 
o‘tkazmoqdalar. Ular o‘liklarni xushbo‘y o‘simlik moyi sepilgan o‘tinlar ustiga qo‘yib 
kuydiradilaru kulini sekin daryoga oqizadilar. Narigi dunyoga oid bu ish bilan bo‘lib, bu 
dunyoning tashvishlariga, hatto shaharni egallayotgan begona qo‘shinga ham ko‘pda 
e’tibor bermaslikka tirishadilar. 
Chorsu bozorida bilaklariga va bo‘yinlariga shoda-shoda gul osgan yalangoyoq bolalar
ayollar ko‘rinadi. Hatto soch-soqoli oqargan ba’zi bir keksalar ham bilaklariga qizg‘ish-
sariq rangli gulshodalar solib olishgan edi. 
— Bu — Chandin Chouk bozori, — deb izoh berdi Humoyunning yonida borayotgan 
Hindubek. — Oydin Chorsu degan ma’nosi bor. 
Bugun hayitmi, gul ko‘p? — so‘radi Humoyun. 
— Ha, bahorgi ekinlarning unib chiqishini qutlab o‘tkaziladigan hayit. Hindistonda hayit 
ko‘p. Biron oy hayitsiz o‘tmaydi. 
— G‘aroyib el! — dedi Humoyun o‘ychan kulimsirib. 
Eski bir qasrning tom va devorlari ustida oyoq-qo‘llari uzun maymunlar bemalol sayr 
qilib yurar edi. Yuzlari, qo‘llari qora qorinlari sarg‘ish, boshqa hamma joylari oqish-
kulrang. Jajji maymun bolalari tomdan banan va nim daraxtlarining shoxlariga sakrab 
o‘tishar, bir-birlari bilan quvlashib, daraxtdan yerga ham tushishar edi. Qasrning ich-
tashida odamlar yuribdi, lekin maymunlar bilan hech kimning ishi yo‘q. 
Humoyunning ketidan borayotgan yuzboshining ko‘zlari birdan ovchilik ehtirosi bilan 
yona boshladi. U kamonini qo‘liga olayotganini ko‘rgan Hindubek: 
— Maymunning uvoli yomon bo‘ladi, — dedi. Buni ovlagan odam baxtsizlikka uchragay. 
Humoyunning o‘ng yonida borayotgan Xo‘ja Kalonbek kulib so‘radi: 
— Sigirni ham shunaqa e’zozlashimiz kerakmi, janob Hindubek? 
— Neki tansiq bo‘lsa, elga aziz ko‘rinur, — dedi Hindubek. Bu yerning issiq iqlimida sigir 
asrash oson emas. 
— Har qalay, — deb Humoyun Hindubekka yon bosdi, — podsho hazratlari maxsus 
farmon chiqardilarki, hind xalqining azaliy udumlariga hurmat bilan qaralsin, el-ulusning 
nafsoniyatiga tegadigan harakat sodir bo‘lmasin. 
Xo‘ja Kalonbek o‘ng qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi: 
— Amirzodam, bu farmoni oliy biz uchun qonun! Men faqat Hindubekka sal tegishdim. 
— Bekning gustoxligi ma’lum-ku, — deb endi Hindubek ham Xo‘ja Kalonga hazil qildi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin