Lug‘atda turkiy so‘zlar berilganda, o‘rni bilan, ularning sinonimlari ham beriladi. Masalan: arabcha oljJ so‘zi turkiyda awrat va epci; <*' so‘zi - qarnaq va qarawas; A jil - yelka va cakka; £«2l - yayindi va keqildi; jj^ - qaygamaq va qaygirmaq; Jpitemir va soyun;^j^ -
kuydi va ac'idi ko‘rinishida berilgan va shuning singari.
Yoki biror so‘zni izohlab turib, uni boshqa so‘z bilan ham atalishini ta’kidlaydi. Masalan, du*l so‘zini qumgan deya izohlar ekan, “buni kokawur ham deyiladi” deb qo‘shib qo‘yadi muallif. Qizig‘i shundaki, ibriq-iwriq ning kelib chiqishi asl turkiy, bu so‘z arablarga turklardan o‘tgan bo‘luvi kerak. Chamasi, bu so‘z turkiy tilning qipchoq lahjasida ishlatilmagan, shuning uchun ham uni boshqa so‘z bilan beradi.
Muhimi, lug‘at qismida turkiy so‘zlarni berganda e’tiborni o‘ziga tortuvchi yozuv xususiyatlari kuzatiladi. Masalan, “alif ’ bilan boshlanuvchi ayrim so‘zlar qo‘shaloq “alif ’ bilan beriladi. Yoki kelib chiqishi asl turkiy bo‘lgan ayrim so‘zlar arab tiliga xos itboq ^, -^ harflari bilan ham yozilgan. Buning o‘ziga yarasha sababi bor. Chunonchi, qo‘shaloq “alif’ unlilardagi “birlamchi cho‘ziqlik”ni ifodalashga xizmat qilgan:jll - a:w (“ov; tuzoq”); jSll - a:qin (“sel, oqin”); ^Jj^j'l a:wlandi (“uylandi”) singari.
Turkiy tilga xos bo‘lmagan itboq harflar esa, [s], [t] tovushlarining “yo‘g‘on” variantini bildirgan: jlbj^ - sogan (“piyoz”); U-1L- tamga (“tamg‘a, muhr”) singari.
Muallif turkiy singarmonizm to‘g‘risida yaxshi ma’lumot bergan. U jumla va uning tuzilishi to‘g‘risida so‘z yurita turib shunday yozadi: “Jumla ikki xil: ismli jumla, fe’lli jumla bo‘lishi mumkin. Mavsul zarfda va majrurlarda -gi, -qi, -ki, -gi qo‘shimchalari bilan ifodalanadi. Bu qo‘shimchalar bir xil ma’noda bo‘lib, -gi va -qi qalin so‘zlarda, -ki va -gi ingichka so‘zlarda keladi”. Asarda zarflar misoliga qatimdagi, qatimizdagi, qatindagi, qat'iq'izdag'i singari, majrur holda kelganlar misoliga esa oydagi, bazardagi, sanaqdagi so‘zlari keltirilgan (AZFT,110). Masdar to‘g‘risida fikr yuritganda ham ayni masalaga to‘xtalib o‘tadi: “Masdarning belgilari ko‘pdir. Ulardan biri qalin so‘zlarda -maq, ingichka so‘zlarda -mak shaklini qo‘shish orqali yasaladigan turidir,” - deb yozadi muallif. Bunga o‘rnak qilib almaq, turmaq, ketmak, kelmak so‘zlarini ko‘rsatgan (AZFT,117).
Navoiy asarlariga tuzilgan lug’atlarning o’ziga xos xususiyatlari.
Reja:
XV-XVI asrlardagi o‘zbek tilshunosligi.
Navoiyning o‘zbek tilshunosligi tarixidagi ulug‘ xizmatlari.
“Muhokamatu-l-lug‘atayn” asari.
Navoiyning talqin prinsiplari. Turli oilaga kiruvchi tillarni chog‘ishtirma-tipologik o‘rganish masalasi.
Navoiy turkiy tilning so‘z boyligi to‘g‘risida.
Alisher Navoiyning lug‘atchilik faoliyati. “Sab’at abhur” lug‘ati.
Navoiy asarlari va “chig‘atoy turkiysi” bo‘yicha lug‘at tuzish an’anasining yuzaga kelishi.
“Qutadg‘u bilig” qo‘lyozmasida ayrim so‘zlar uchun berilgan izohlar Sharq, xususan, turkiy lug‘atchilik an’anasida qiziq bir hodisa kuzatiladi. Badiiy asarni ko‘chirayotgan kotib, unda qo‘llangan, biroq o‘z davri o‘quvchisi uchun tushunarsiz bo‘lgan so‘zlar ma’nosini hoshiyaga yoki satr ostiga yozib ketgan. Kezi kelganda, bu narsa lug‘at vazifasini ham o‘tagan. Buni mashhur bir qo‘lyozma misolida ko‘rib chiqamiz.
“Qutadg‘u bilig” ning uyg‘ur yozuvli hirot nusxasini ko‘pchilik eshitgan. Ushbu qo‘lyozmani 1439 yili hirotlik Hasan Qora Sayil Shams baxshi ko‘chirgan edi. Uyg‘ur yozuvli qo‘lyozma hozir Vena Milliy kutubxonasida (A.G‘.13) saqlanmoqda faksimili uchun qarang: Radlov 1890).
Muhimi shundaki, uni ko‘chiruvchi baxshi matnni yozayotganda, o‘rni bilan, ayrim so‘zlar yoki harflar ostiga ularning o‘qilishini, o‘z davri uchun tushunarsiz bo‘lgan so‘zlarning ma’nosini yozib ketgan. Buni ham lug‘atchilik tarixidagi o‘ziga yarasha usul sifatida baholash mumkin. Chunki, o‘tmishda tarixiy asarlar ko‘chirilayotganda ko‘pincha shunday yo‘l tutilgan (Masalan, shunga o‘xshash hodisani “Hibatu-l-haqoyiq”ning XV-XVI asrlarda ko‘chirilgan qo‘lyozmalarida ham uchratamiz. Yoki XVIII asrda Alisher Navoiy “Xamsa”sini ko‘chirgan kotib matn tevaragiga tushunarsiz bo‘lgan so‘zlarning ma’nosini izohlab ketgan. Bu ishga katta kuch ketkazgani uchun hatto matnga yangi ot berib, uni “Xamsa ba halli lug‘at” deb atagan).
Matnda asar tiliga xos, lekin qo‘lyozma ko‘chirilgan kezda ishlatilmay qo‘yilgan yoki ayni ma’noda o‘sha davr kitobxoni uchun tanish bo‘lmagan arxaik so‘zlar izohlab ketilgan. Kotib asar tilini asliday saqlash, uni zamonasiga zo‘rma-zo‘raki moslashtirib yubormaslik uchun shunday yo‘l tutgan ko‘rinadi. So‘zlarga berilgan bunday satr osti izohlari arab yoki uyg‘ur xatida.
Izohlanish yo‘llari quyidagicha:
Asar ko‘chirilgan chog‘larda qo‘llanilmay qo‘ygan qadimgi turkiy so‘zlar ularning sinonimlari bilan izohlangan. Masalan: bodun~bozun so‘zining ostiga el, raiyat deb yozib qo‘yilgan (30.13; 20.10), qumardqu~qumaru so‘zining ostiga yadgar (7.3; 59.20); arqis - karvan (14.2), otaci - tabib (9.26), sawci- rasul (23.19), og - ’aql (16.21), yulug - fida (12.6), yula - cirag, yaryqluq (12.4; 6.12), hajib(~xas hajip) - vazir (3.16; 30.9), munduz - gol (32.30), bor - sarab (55.10), yalawac - elci (9.9), qurdqa - qari (24.5), yaqluq - adam (20.22) singari.
Ayniqsa, astronomik atamalar muntazam ravishda izohlangan. Chunki, bu davrda qadimgi turkiy atamalar o‘rnida ularning arabiy, forsiy variantlari qo‘llana boshlagan edi. Masalan: Yasiq - Aftab (13.20), Sekantir - Zuhal (16.1), Oqgay -Mustariy (16.2), Korud-Mirrih (16.3), Okak- Javza (16.9), Ud - Savr (16.9), Qozi - Hamal (16.9), Ulgu -Mezan (16.10), Konak - Dalv (16.11.1), Baliq - Xut (16.11.1) so‘zlari bilan izohlangan va b.
Ko‘p ma’noli so‘zlarning ayni baytdagi ma’nosi izohlanadi. Masalan, asarda qo‘llanilgan od so‘zi “vaqt” ma’nosini bildirgan. Ushbu o‘zakdan yasalgan odsiz so‘zi “bevaqt” ma’nosini ifodalaydi. Matnda quyidagi misrada ham u ayni ma’noda kelgan:
Kisi odsiz olmas anadin tugup (81.28).
Misradagi odsiz so‘zining ostiga ajal deb izohlangan. Bu bilan mazkur so‘z “bevaqt, ajalsiz” ma’nosini ifodalayotganiga ishora etiladi: “Kishi onadan tug‘ilib bevaqt [ya’ni ajalsiz] o‘lmaydi”.
Qut so‘zi ham ko‘p ma’nolidir. Mazkur baytga e’tibor beraylik:
Bu sagl'ig bila kor elin saqladi, Quti kunda artip oru yuqladi (25.19).
Baytdagi qut so‘zi “davlat, boylik” ma’nosini ifodalaydi. Shunga ko‘ra, uning ostiga davlat deb yozib qo‘yilgan. Bayt mazmuni shunday bo‘ladi:
Bu bilim bilan, ko‘rgin, elini saqladi,
Davlati kunda ortib, yuqori ko‘tarildi.
Qut so‘zi boshqa bir baytda iqbal deb izohlanadi:
Bu Aytoldi tegli qut-ol kor ani (22.10).
Bu bilan asar personajlaridan biri bo‘lmish Oyto‘ldining majoziy ma’nosi nazarda tutilmoqda: “Bu Oyto‘ldi degani - qutdir [ya’ni iqboldir], ko‘rgin uni”.
Izohlarning ayrimlari forschada. Matnchilikdagi bu hodisa Hirot adabiy-madaniy muhitining ta’sirida yuz bergan deyish mumkin. Chunki mazkur muhitda ikki tillilik an’anasi ustivor edi. Chunonchi: turkiy sigit ni kotib girya deb izohlagan (48.22), qapug ni dar (9.23). Ba’zi izohlar turkiy va forsiyda. Jumladan, adin so‘zi bir o‘rinda turkiy ozga (5.6), boshqa bir yerda esa forscha digar (6.8) so‘zi bilan izohlangan.
Ba’zi izohlar birikma holida: ol edgu ozun - dar an vaqt (20.10), bezanip odu - arasta dama- dam (24.8), qutadgu so‘zi esaya’ni hujasta yoki hujasta bud(22.7) deb izohlangan.
Satr ostida so‘zlarning qo‘lyozma ko‘chirilgan davrda qo‘llangan fonetik variantlari keltiriladi. Jumladan: uyg‘ur yozuvli satrdagi qulgaq so‘zining ostiga qulaq (82.6), adirdiostiga ayirdi(16.8), qulaguz ostiga esa [qula]wuz deb yozib qo‘yilgan (15.31).
Shunday qilib, baxshining ushbu izohlaridan XV asr tilida (“chig‘atoy turkiysi” deb atalayotgan yozma adabiy tilda) arxaiklashgan lug‘at qatlamini tiklash mumkin.