Xolding tuzilmasi hatto bir firmaning bo`linmalari o`rtasida to`g`ridan to`g`ri raqobatni ham istisno etmaydi. Ta’kidlash lozimki, xolding bo`linmalari darajasida «prinsipal» (bir vaqtning o`zida firma rahbariyati uchun «agent» hisoblangan bo`linma boshlig`i) va «agent» o`rtasidagi munosabatlarning unitar xilini ham uchratish mumkin.
Multidivizionaltuzilma.XX asrning eng ahamiyatli tashkiliy-boshqaruv innovatsiyasi bo`lib 20-yillarda Per Dyupon («Du Pont» rahbari) va Alfred Sloun («General Motors» rahbari) tomonidan multidivizional tuzilmaning tashkil etilishi hisoblanadi.
Multidivizionaltuzilma– «mahsulotning xili, savdo markasiga qarab yoki jug`rofiy belgi bo`yicha o`z xarajatini qoplash va o`zini o`zi moliyalash tamoyili asosida faoliyat ko`rsatuvchi yarim muxtor ishlab chiqarish bo`linmalarini tashkil etishni nazarda tutadi».
O.Uilyamson. Marketolog
Multidivizional tuzilma unitar va xolding tuzilmalarining o`ziga xos sintezi hisoblanadi. Haqiqatdan ham, unda (masalan, yangi mahsulot ishlab chiqarish to`g`risida) strategikqarorlarni qabul qilishning markazlashtirish tamoyili saqlanib qolgan va ayni paytda tezkornazorat va boshqaruv markazlashmagan. Shu tariqa divizionlar («agentlar»)ning o`z moliyaviy xarajatini qoplash tamoyili ularga o`z faoliyatidan olinadigan daromadlarda ishtirok etish imkonini beradi, lekin firma rahbariyati («prinsipal») bunda firmaning maqsadlari va vazifalariga muvofiq bo`linmalar foydasining bir qismini qayta taqsimlash huquqini saqlab qoladi. Konglomeratlar va transmilliy kompaniyalar multidivizional tuzilma tamoyillarini amalda qo`llovchi korxonalarga misol bo`ladi.
4. Aralashtuzilma,agar bo`linmalardan biri huddi unitar korxonadagi kabi firma rahbariyati tomonidan to`liq nazorat qilinsa, ikkinchi bo`linma xoldingdagi kabi firma rahbariyatiga moliyaviy jihatdan qaram bo`lsa, uchinchi bo`linma esa operatsion mustaqillikka ega bo`lib, multidivizional tuzilmadagi kabi o`z xarajatini qoplash tamoyili asosida faoliyat ko`rsatgan taqdirda, yuzaga keladi.