Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash



Yüklə 103,95 Kb.
səhifə2/9
tarix28.02.2023
ölçüsü103,95 Kb.
#123680
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli Kurs ishi (2)

Mavzuning maqsadi:
O’zbekiston iqtisodiyotida makroiqtisodiy muvozanatni Keyns nazariyasi asosida yanada yaxshilashni nazariy jihatdan asoslab berish hisoblanadi. Kurs ishini bajarishdan maqsad - kurs ishi ustida ishlash davomida talaba “Mikroiqtisodiyot” fanidan olgan nazariy bilimlarini mustaqil ravishda kengaytirish va chuqurlashtirishga erishadi, maxsus adabiyotlardan olingan, iqtisodiyot, moliya, bank, soliq va agrar sohadagi ma’lumotlar, hisobotlari materiallarini hamda ilmiy tezis va maqolalarni o‘rganish asosida to‘plangan, shuningdek, internet resurs manbalaridan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish va muayyan bir tizimga keltirish bo‘yicha dastlabki bilim va ko‘nikmalarni hosil qiladi.

1. Klassik iqtisodchilarning iqtisodiy muvozanat nazariyasi xususiyatlari.

Klassik maktab namoyondalari bozorlar va baholarning umumiy muvozanati nazariyasini yaratdilar. Ularning umumiy muvozanat kontseptsiyasiga ko`ra iqtisodiyotda faqatgina to`liq bandlik sharoitidagi muvozanat mavjud bo`lishi mumkin. Bunday xulosa J.B.Seyning bozorlar qonuniga tayanadi. Bu qonunga ko`ra mexnat taqsimotiga asoslangan iqtisodiyotda har bir sub`ektning ishlab chiqarishi bir vaqtning o`zida boshqa sub`ektlarning ishlab chiqarish natijalariga talab hisoblanadi. Oxir-oqibat yalpi talab yalpi taklifga teng bo`ladi. Klassik iqtisodchilar fikriga ko`ra AD ≠ AS holati ro`y bermaydi, umumiy xarajatlar miqdori yetishmay qolgan, ya`ni AD< AS holati ro`y bergan sharoitda ham baho, ish haqi va foiz stavkasi kabi dastaklar ishga tushadi va natijada xarajatlar miqdorining kamayishi ishlab chiqarishning real hajmi, bandlik va real daromadlar miqdorining kamayishiga olib kelmaydi.


Makroiqtisodiy muvozanatning klassik modeli ishlab chiqarish hajmi resurslarning bandligi va ishlab chiqarish texnologiyalarining funksiyasi hisoblanadi va egiluvchan baholar mexanizmi tomonidan potensial darajada tutib turiladi degan shartlarga tayanadi. Egiluvchan baholar mexanizmi hisobiga bozor iqtisodiyoti barcha mavjud resurslarning to`liq bandligini ta`minlab turadi.
Klassik makroiqtisodiy muvozanat modelining o`ziga xos xususiyati- pulning neytralligi prinspini ko`zda tutishidir. Bu model pul massasi real ishlab chiqarishga hech qanday ta`sir ko`rsatmaydi degan prinspga asoslanib tuziladi. Klassiklar modelida pul bozor agentlariga faqatgina bitimlarga xizmat qilishi, ya`ni oldi-sotti jarayonida sof texnik vazifalarni bajarishi uchungina kerak. Bu asosga ko`ra klassiklar tomonidan klassik dixotomiya konsepsiyasi shakllantirilgan. Klassik dixotomiya konseptsiyasida – ikki parallel bozor, real va pul bozori alohida-alohida amal qiladi, ular o`rtasidagi muvozanat avtomatik barqarorlashtirgichlar orqali ta`minlab turadi deb hisoblanadi.
Pul bozori investitsiya va jamg’armalar tengligini hamda to`liq bandlik sharoitini ta`minlaydi. Faqatgina, ishsizlikning tabiiy darajasida «ixtiyoriy» ishsizlik bo`lishi mumkin, deb hisoblashadi. Bu shuni bildiradiki, AD va AS ning muvozanat nuqtasida ishlab chiqarish hajmi (Y) uning potensial hajmiga esa (Y*) teng. Iqtisodiyotda yaratilgan daromadlaning bir qismi jamg’arilishi yalpi talabning yalpi taklifni qoplashi uchun yetishmasligiga olib kelmaydi, chunki har bir jamg’arilgan so`m tadbirkorlar tomonidan investitsiyalanadi, deb ta`kidlashadi.
R

S
R

I
I, S
I=S


Yüklə 103,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin