Maktabda darsdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etish reja kirish I bob. Matematikadan darsdan tashqari mashg’ulotlar o’tkazishning maqsad va vazifalari


Turli sanoq sistemalarida arifmetik amalarni bajarish



Yüklə 421,5 Kb.
səhifə11/12
tarix04.05.2023
ölçüsü421,5 Kb.
#126343
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Maktabda darsdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etish reja kir

Turli sanoq sistemalarida arifmetik amalarni bajarish
Dastlab ikkilik sanoq sistemasini ko’raylik. Ma‘lumki, ikkilik sanoq sistemasi faqat ikkita: 0 va 1 raqamlaridan tashkil topgan. Shu sistemada qo‘shish, ayirish va ko‘paytirish amalari quyidagicha bajariladi (3-jadval)
3-jadval

Qo‘shish

Ayirish

Ko‘paytirish

0+0=0
0+1=1
1+0=1
1+1=10

0-0=0
1-0=1
10-1=1

0*0=0
0*1=0
1*0=0
1*1=0

Endi ikkilik, sakkizlik, o’nlik, o’n oltilik sanoq sistemasidagi sonlar ustida arifmetik amallar bajarishga doir misollar ko‘ramiz..
1-misol. 1011,1012 va 1101,0012 sonlarning yig‘indisini toping?
Yechish:
1011,1012
+
1101,0012
−−−−−−−−−
11000,1102Javob: 11000,1102
2-misol.101,012 va 101,012 sonlarning ayirmasini toping?
Yechish:
_ 101,012
101,012
−−−−−−
10,112 Javob: 101,012.
3-misol. 367328 va 237248 sonlarning yig‘indisi va ayirmasini toping?
Yechish: Qo‘shish va ayirish amallari odatdagidek sonlarni bir ustunga yozib amalga oshiriladi:
a) 367328b) 367328
+ -
237248 237248
−−−−−−−−−−−−−
626568 130068
4-misol. O‘n oltilik sanoq sistemasidagi A3B9,EF soniga 342,A1 qo‘shing?
Yechish: A3B9,EF16
+
342,A116
−−−−−−−−−
A6FC,9016 Javob:A6FC,9016
5-misol. 101,11 2va 11,012 sonlarning ko‘paytmasini toping?
Yechish:
101,112
x 11,012
−−−−−−−
10111
+10111
10111
−−−−−−−
10010,10112Javob: 10010,10112
Asosi o`ndan katta sanoq sistemalari.
Sonlarni o‘n oltilik sanoq sistemasida ifodalash uchun o‘n oltita raqam: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, A, D, C, D, E, F dan foydaniladi.
Bu yerda A, B, C, D, E, F belgilari mos ravishda o‘nlik sanoq sistemasining 10, 11, 12, 13, 14, 15 sonlari kabidir . Ularni raqamlardan farqlash uchun lotin harflari bilan belgilaymiz. O‘n oltilik sanoq sistemasida o‘n olti soni 10 ko‘rinishida yoziladi. O‘n oltilik sonlar ustida arifmetik amal bajarish qoidalari ham o‘nlik sanoq sistemalardagiga o‘xshash , lekin ko‘p xonali sonlar ustida amallar bajarilayotganda bir xonali o‘n oltilik sonlarni qo‘shish va ko‘paytirish jadvalidan foydalanish kerak.
Mashg’ulot davomida arifmetik to’rt amalga doir jadvallar tuzish ham keng tushintirib o’tiladi. So’ng uyga topshiriqlar beriladi va mashg’ulot yakunlanadi.
2.3-§. Geometriya fanini o’qitishda to’garak mashg’ulotlaridan foydalanish
Mustaqil O’zbekistonimizning birinchi prezidenti I.A.Karimov bobomizning olib borgan islohotlarini mantiqiy davomchisi sifatida prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev juda katta yangiliklar qilmoqdalar. Bunga “2017-2021 Xarakatlar streotegiyasi”ni yaqqol misol qilib ko’rsatish mumkin. Bunday e’tiborga yarasha biz yoshlar kelajakda vatanimizga nafi tegadigan shaxs bo’lib kamol topmog’imiz shart va zarur.
Maktabda matematikadan to’garak mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazish hech bir matematika o’qituvchisi uchun yod tushuncha emas. Lekin geometriya fanidan to’garak mashg’ulotlarini olib boruvchilar ozchilikni tashkil qiladi. Shu boisdan, biz bu maqolada geometriya fanining darsdan tashqari mashg’ulotlar o’tkazishda X sinfda “Fazoda nuqtalarning geometrik o’rni” ma’vzusini tanlab oldik.
Fazoviy tushunchalarni qabul qilish o’quvchilarga qiyinchilik tug’dirishi tabiiy. Bu o’quvchilardan tasavvur qilish va fantaziyani talab qiladi.
Geometriyadan to’garak mashg’uloti tashkil etishdagi eng asosiy vazifalardan biri o’quvchilarga geometrik figuralarni tanishtirish va fazoviy figuralarni tasavvur qila olishlarini taminlashdan iboratdir. Shu sababdan mashg’ulot o’tkaziladigan xonani geometriya faniga doir ko’rgazmali qurollar bilan to’ldirish maqsadga muvofiqdir. Mashg’ulot rahbarini imkoniyati bo’lsa, honadagi stol-stullar o’rnini har bir mashg’ulot uchun o’zgartirib turishi ham mumkin. Masalan, “Uchburchak” ma’vzusi o’tiladigan bo’lsa, stol-stullarni uchburchak ko’rinishida joylashtirish yaxshigina samara berishi tabiiy. Bu o’quvchilarda shu shakl to’g’risida dastlabki tasavvurni shakllantiradi va bu ma’vzuga doir ma’lumotlar o’quvchilar hotirasida boshqa darslarga nisbatan yaxshi saqlanadi. Endi qisqacha mashg’ulot bayoni bilan tanishing.
Dastlab o’qituvchi ma’vzuni ahamiyatini qisqacha so’zlab beradi. So’ngra u bir necha savol va masalani to’garak a’zolari oldiga tashlaydi. (Fazodagi biron AB kesmaning uchlaridan borobar uzoqlikdagi nuqtalarning geometrik o’rni nimadan iborat ekanligini qiynalmay aytib berisha olsa kerak) O’qituvchi havoda kesmani hosil qilishda qalam, ruchkadan misol sifatida foydalanishi mumkin.
-O’quvchilardan biri: “Bu nuqtalarning geometrik o’rni AB to’g’ri chiziqning o’rtasiga perpendikulyar bo’lgan tekislikdan iborat”-deydi.
-O’qituvchi: “Bu javobning noaniqligi nimada?”-deb boshqalardan so’raydi. O’qituvchi javobni aytmasdan, hal qilishni o’quvchilarni o’zlariga tashlagani ularni tafakkurini shakllantirish va fikrlar hilma hilligiga erishish qarama-qarshi holatlarni ko’rib chiqishga undaydi.
O’qituvchining savoliga albatta “Fazodagi kesmaning uchlaridan teng uzoqlikdagi nuqtalarning geometrik o’rni bu kesmaga perpendikulyar va uning o’rtasidan o’tgan tekislikdir” deb to’la va to’g’ri javob qaytaradigan o’quvchi topiladi. Bu holatni tushuntirishdan bir varoq karton va uni teshib o’tgan figuradan foydalanish mumkin. O’quvchilarning barchasida bor qurollardan foydalanib tushuntirish, bu figurani ularni o’zlari ham amalda yasab ko’rishga undaydi. Bu esa tafakkurni oshirishda yaxshi samara beradi.
O’qituvchi suhbatni davom ettirib, (1-chizmadan) stol tekisligi , pol tekisligi ga parallel;
u lar orasidagi masofa 1 m bo’lsa, stol tekisligi pol tekisligidan 1 m masofada turgan nuqtalarning geometrik o’rni ekanligi va nuqtalarning yana bitta geometrik o’rni borligini, bu 2 tekisligi ostidagi tekislik ekanligini anglab yetishlariga erishadi. Tegishli ta’rifni

(1-chizma).


o’qituvchining o’zi aytib beradi: “fazodagi muayyan xossaga ega bo’lgan nuqtalarning geometrik o’rni deb, fazoning faqat shu xossaga ega bo’lgan hamma nuqtalari to’plamiga aytiladi”.
So’ng o’quvchilardan kesmaning uchlaridan teng uzoqlikda turgan nuqtalar o’rni nima bo’lishini kim isbot qilib berishini so’raydi. O’quvchilardan birini doskaga chiqarib birgalikda isbotlaydilar.
Masalan: Berilgan kesmani AB deb, uning o’rtasini esa M deb belgilaymiz. tekislik AB ga perpendikulyar va M nuqtadan o’tgan bo’lsin, tekislikning har bir nuqtasi A va B nuqtadan teng uzoqlikda turishini isbot qilamiz. P nuqta tekislikning ixtiyoriy nuqtasi bo’lsin. P ni A va B bilan hamda M bilan tutashtiramiz:

(2-chizma).




  (chunki  ,   esa   tekislikda yotadi).   (chunki  , shartimiz bo’yicha  , bundan tashqari   shu uchburchakning umumiy kateti).
Demak,  . Isbot qilish talab etilgani ham mana shu edi.
Endi o’qituvchi – shu bo’ldimi? Deb so’raydi.
O’quvchilar bir ovozdan “bo’ldi” deyishadi.
O’qituvchi: - yo’q, xali bo’lgani yo’q. bulardan boshqa nuqtalarning yo’qligini isbot qilish ham kerak, - deydi va bu isbotlashni ham o’quvchilarni o’zlariga tashlaydi. Bu o’quvchilar teskaridan isbot qilish usulini mustaqil o’rganishiga yordam bergan bo’ladi. isbotlashni quyidagicha olib borishimiz mumkin: (3-chizma)


(3-chizma)

  nuqta   tekislikdan tashqarida yotgan ixtiyoriy bir nuqta bo’lsin.   ekanini isbot qilaylik. Teoremaning teskaridan faraz qilish yo’li bilan isbot qilamiz va natijada qarama – qarshilikka duch kelamiz:
  dan va   nuqtadan o’tuvchi   tekislikni ko’zdan kechiramiz. Bu tekislikda   ni   nuqtalar bilan tutashtiramiz.   tomoni umumiy, farazimizga ko’ra  , shart bo’yicha esa   bo’lgani uchun  . Demak,  , ya’ni  . Endi,   va   tekisliklar bir-biri bilan kesishadi (chunki,   - ularning umumiy nuqtasi). Bu tekisliklarning kesishish chizig’ini   ham   tekislikda yotadi va   to’g’ri chiziqdan farq qiladi. Shunday qilib,   tekislikdagi M nuqtadan   ga perpendikulyar bo’lgan turlicha 2 ta to’g’ri chiziq o’tadi. Demak, bizning farazimiz noto’g’ri va  . O’qituvchi,   nuqtaning   to’g’ri chiziqda yotgan holini ko’rishni barcha o’quvchilarni o’zlari bajarishlarini tayinlaydi. Isbotlashni bajargan o’quvchi doskada barchaga ko’rsatib beradi.
Bir necha misollar ko’rilgandan so’ng, uyga topshiriq berilib, mashg’ulot tugatiladi.
X sinf o’quvchilariga o’yinlarni kamroq qo’llash zarur. Sababi bu yoshda hamma o’z sohasini tanlab olgan bo’ladi. matematika to’garagiga ham, mutaxassisligida matematika fani bor o’quvchilargina kiradi.
X sinf o’quvchilariga to’garak o’tishni asosiy maqsadi endi ularni oily o’quv yurtlariga tayyorlashdan iborat bo’ladi. shu boisdan fokuslar, o’yinlar, so’fizmlardan ko’p foydalanilmaydi.
To’garak mashg’ulotlarini o’tishdan asosiy maqsad o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdir. Bu maqsadga erishish uchun o’qituvchilardan tinmay mehnat qilish talab etiladi. Vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan yoshlar kelajakda yetuk kadrlar bo’lib yetishib O’zbekistonimizni gullab yashnatadilar.
XULOSA
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ta'lim-tarbiyaning maqsadini o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitdan to'la holis etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma'naviy va ahloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashdan iborat deb belgilandi. Demak, ta'lim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilandi, unga mos holda ham mazmunning, ham pedagogik jarayonning yangilanishi tabiiydi.
So'nggi yillarda ta'lim berishning yangi yo'nalishi sifatida pedagogik innovatsiyalar rivoj topib kelmoqda. Olimlarning ta'kidlashicha, amaliyotda yo'l ko'rsatuvchi pedagogik nazariyamizning asosiy kamchiliklaridan biri - bilim va ta'limning ustunligini hatti bo'rttirib yuborishdadir. Insoniy, ma'naviy, mehnat tarbiyasi zarariga bilim olishda yodlab olish hajmining ko'payib borishi maktab hayotida odatiy hol bo'lib qoldi. Bu holatdan chiqish uchun bo'lgan har qanday harakat innovatsion deb hisoblanadi.
Haqiqatan ham, pedagogik tizim saqlanib qolar ekan, bu holda faqat uni mukammallashtirish haqida gapirish mumkin. Bu masalani ijobiy hal qilish ilg’or tajribalar, yangi pedagogik texnologiyalarni izlash, ularning didaktik imkoniyatlarini sinab ko'rgan holda amaliyotga tatbiq etishga bo'lgan hayotiy ehtiyoji oshib bormoqda. Bundan kelib chiqadigan amaliy hulosa – ig’lor ta'limiy yangiliklarni aniqlash, sinab ko'rish, pedagogik amaliyotga joriy qilishning ilmiy hulosalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish tizimini yaratish masalasining dolzarbligini oshirdi.
Innovatsion pedagogika-hozirgi davrda norasmiy fan sifatida ma'lum bo'lgan, biroq kun sayin butun jahon soha mutahassislarining e'tiboriga tushib, jadal rivojlanib borayotgan bilimlar tizimidir .
Pedagogik-psixologik adabiyotlar tahlili innovatsion-pedagogik faoliyat zaruratiga olib keluvchi omillar bir-biri bilan bog’liq ob'ektiv va sub'ektiv omillarga bo'linishini ko'rsatdi. Ob'ektiv omillarga ta'lim amaliyotining ijtimoiy, umumilmiy, pedagogik ehtiyojlari kirib, ijtimoiy omillar, avvalambor, innovatsiyalarning jamiyat rivojiga ta'sirini baholash bilan bog’liq.Insoniyatga, jumladan, har bir insonga o'zgarish muntazam jarayon sifatida hos bo'lgan hususiyatdir.U orqali insonning yaxshi hayot uchun kurashi, yangilikka bo'lgan doimiy intilishi namoyon bo'ladi. Fan va texnikaning rivoji o'zgarishlar ko'lamini ham kengaytiradi. Bir qator davlatlar tajribasi innovatsiyalarga sarf qilingan sarmoyalar o'zini doimo oqlashini isbotlab kelmoqda.hozirgi kunda davlatlarning rivojlanish darajasi innovatiyalar soni va ularni qo'llash darajasi orqali baholanmoqda .
Ta'lim tizimining rivoji jamiyat rivoji natijasida amalga oshadi.Ijtimoiy omillarning ta'sirida innovatiyalar ta'lim sohasiga kirib kelmoqda. Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar ta'lim tizimini,ta'lim-tarbiya metodologiyasi va texnologiyalarini tubdan yangilash zaruratini, ta'lim-tarbiya metodologiyasi va texnologiyalarini tubdan yangilash zaruratini keltirib chiqardi. Bu esa o'z navbatida yosh avlodga ta'lim berish maqsad, o'qituvchi va o'qituvchilarining o'zaro bog’iq faoliyatiga yangiliklarni kiritishni talab etmoqda.
Matematika barcha sohalarning, fanlarning asosini tashkil etishi inkor etib bo’lmaydigan haqiqatdir. Shu boisdan, matematika fani o’qituvchilariga katta mas’uliyat yuki tushmoqda. Ular matematikani barchaga birdek o’qitishga harakat qilishi va o’zlashtira olmagan o’quvchilar bilan darsdan tashqari shug’ullanishi lozim.
Shu sababli ham birinchi navbatda ta’lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish va chuqurlashtirish, ta’lim jarayonida interfaol usullar, innovatsion, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash, o’quvchilarga egallayotgan bilimlarni mustaqil o’rganib, matematik masalalarni to’g’ri tahlil qilishga o’rgatish zarurdir.

Yüklə 421,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin