3.Madaniyatning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni
Madaniyatshunoslik fani tarix, falsafa, sotsiologiya, etnografiya, sotsial psixologiya kabi bir qator fanlarning kesishuvida vujudga kelgan, yangi sotsial gumanitar fan hisoblanadi. Uning tadqiqot obyekti ijtimoiy voqelik bo‘lgan madaniyat va inson hayoti uslubi hisoblanadi. Unda madaniyatning vujudga kelishi, rivojlanishi, jamiyatda amal qilinishi bilan bog‘liq masalalar to‘g‘risida, madaniyat qoidalari institutlarning, qadriyatlarning jamiyat hayoti va rivojlanishidagi o‘rni, o‘zaro aloqalari jarayonlari o‘rganiladi.
Forobiy «Aql ma’nolari haqida» risolasida aql, bir tomondan, ruhiy jarayon, ikkinchi tomondan esa, tashqi ta’sir – ta’lim-tarbiyaning natijasi ekanligini uqtiradi. Uning fikricha, aql faqat insongagina xos bo‘lgan tug‘ma quvvat-ruhiy kuch bilan bog‘liq.
Forobiyning aql, umuman bilish haqidagi ta’limotida mantiq (logika) ilmi muhim o‘rin tutadi. Uning fikricha, «Mantiq san’ati kishiga shunday qonunlar haqida ma’lumot beradiki, bu qonunlar vositasida aql chiniqadi, inson sog‘lom fikr yuritishga o‘rganadi». Olim mantiq ilmi bilan grammatika o‘rtasidagi mushtaraklikni qayd etadi: mantiqning aqlga munosabati grammatikaning tilga munosa-bati kabidir. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq ilmi ham tafakkurni haqiqiy yo‘ldan olib borish uchun aqlni to‘g‘irlab turadi.
Dostları ilə paylaş: |