Mantiqiy, kombinatorik va nostandart masalalar



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/51
tarix26.10.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#118633
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   51
Mantiqiy, kombinatorik va nostandart masalalar

2-masala. Agar sonning yozuvida raqamlar takrorlanmasa 7,3 va 
6 raqamlaridan foydalanib nechta ikki xonali son tuzish mumkin? 
Yechish. Ikki xonali sonni yozish uchun o`nlar xonasidagi 
raqamni va birlar xonasidagi raqamni tanlab olishimiz zarur. Masala 
shartiga ko`ra sonning yozuvidagi o`nlar xonasida 7,3 va 6 
raqamlarining ixtiyoriy biri bo`lishi mumkin, ya’ni o`nlar xonasidagi 
raqamni uch usul bilan tanlash mumkin. O`nlar xonasidagi raqam 
aniqlangandan so`ng, sonning yozuvida raqamlar takrorlanmasligi 
shartidan birlar xonasidagi raqamni tanlash uchun ikkita imkoniyat 
qoladi. Ixtiyoriy ikki xonali son o`nlar va birlar xonasidagi 
raqamlardan tuzilgan tartiblangan juft bo`lgani uchun, ko`paytma 
qoidasiga asosan ularni tanlashni 
usul bilan amalga oshirish 
mumkin. 
Javob: 6 ta ikki xonali son tuzish mumkin: 73,76,36,37,67,63. 
3-masala 7,3 va 6 raqamlaridan foydalanib nechta ikki xonali 
son tuzish mumkin?
Yechish.Bu xolda ham sonning yozuvidagi o`nlar xonasida 7,3 
va 6 raqamlarining ihtiyoriy biri bo`lishi mumkin, ya’ni o`nlar 
xonasidagi raqamni uch usul bilan tanlash mumkin. O`nlar 


71 
xonasidagi raqam aniqlangandan so`ng, birlar xonasidagi raqamni 
ham uch usul bilan tanlash mumkin (chunki sonning yozuvida 
raqamlar takrorlanishi mumkin); ixtiyoriy ikki xonali sonning yozuvi 
ikkita raqamdan tuzilgan tartiblangan juft bo`lgani uchun, ko`paytma 
qoidasiga asosan ularni tanlashni 3*3=9 usul bilan amalga oshirish 
mumkin.
Javob: 9 ta ikki xonali son tuzish mumkin: 77, 73, 76, 37, 36, 
33, 67, 66, 63 4-masala 7,3 va 6 raqamlaridan foydalanib nechta 
uch xonali son tuzish mumkin? 
Yechish.Masala shartiga ko`ra uch xonali sonlar yozuvida 
raqamlar takrorlanishi mumkinligidan yuzlar, o`nlar va birlar 
xonasidagi raqamlarni har birini uch usul bilan tanlash mumkin 
bo`ladi. Ixtiyoriy uch xonali sonning yozuvi uchta raqamdan tuzilgan 
tartiblangan uchlikdan iborat bo`lgani uchun, ko`paytma qoidasiga 
asosan ularni tanlashni 3*3*3=27 usul bilan amalga oshirish 
mumkin.
Javob: 
27 
ta 
uch 
xonali 
son 
tuzish 
mumkin: 
333,336,337,363,366,367,373,376,377,633,636,637,663,666,667,673
,676,677, 
733,736,737,763,766,767,773,776,777. 
5-masala. Agar sonning yozuvida raqamlar takrorlanmasa, 7, 3 
va 6 raqamlaridan foydalanib nechta uch xonali son tuzish mumkin? 
Yechish. Sonning yozuvida yuzlar xonasida 7, 3 va 6 
raqamlarining ihtiyoriy biri bo`lishi mumkin ya’ni yuzlar xonasidagi 
raqamni uch usul bilan tanlash mumkin. Yuzlar xonasidagi raqam 
aniqlangandan so`ng shartga ko`ra raqamlar takrorlanmasligidan
o`nlar xonasidagi raqamni tanlash uchun ikkita imkoniyat qoladi. 
O`nlar xonasidagi raqam ham aniqlangandan so`ng birlar xonasidagi 
raqamni faqat bitta usul bilan tanlash mumkin bo`ladi. Ihtiyoriy uch 
xonali sonning yozuvi uchta raqamdan tuzilgan tartiblangan uchlik 
bo`lgani uchun ko`paytma qoidasiga asosan ularni tanlashni
3*2*1=6 usul bilan amalga oshirish mumkin.


72 
Javob: 6 ta uch xonali son tuzish mumkin: 736, 763, 376, 367, 
673, 637. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin