«Ma’qullayman» «Tasdiqlayman» Ilmiy rahbar: f f. doktori, O`zbek tili va adabiyoti professor Sh. N. Ahmedova kafedrasi mudiri Sh. N. Ahmedova


Ey — Alif ilmi qadiming a`loyi Muhammad, —



Yüklə 104,46 Kb.
səhifə23/28
tarix06.06.2022
ölçüsü104,46 Kb.
#116688
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
«Ma’qullayman» «Tasdiqlayman» Ilmiy rahbar f f. doktori, O`zbek

EyAlif ilmi qadiming a`loyi Muhammad,
BeBori Taolo.
Tetavbayi har nafase ohi Muxammad,
Bo`lgaymu shafoxoh?
Sesavvobi dilim qolmadi ham sabru qarorim,
Yo`l keldi xatarlik,
JimJomi dili ma`rakaoroyi Muhammad,
Bo`lgaymu madadgoh?
Va oxirgi baytlari shunday tugallanadi:
Lom-aliflola kabi qirmizi bo`lubtur,
Ko`ksumdagi dog’im,
Yoyoyi o`shal diydayi binoyi Muhammad,
A
.
jranu aziymo.

G’urbat chohiga tushti: «Zalamno», dedi Mashrab,
Manandayi Odam,
Ko`nglida edi ohi zalamnoyi Muhammad,
Ul aydi: «Zalamno».
O`zbek mumtoz adabiyoti tarixida mustazod janrida eng ko`p va eng benazir asarlar yaratgan shoir Mashrab hisoblanadilar. Hozirgacha Mashrabning yigirmadan ortik mustazodlari borligi aniqlangan. Va bu mustazodlarning tahlili shuni ko`rsatdiki, bu janrning o`zbek mumtoz adabiyotida mustahkam o`rin egallashida Mashrabning xizmatlari nihoyatda kattadir.
Yuqoridagi mustazodning birinchi baytida uchta hurufi hijo bor bo`lib, ularning ikkitasi butun misralarda, bittasi ilova, ya`ni mustazod deb nomlanuvchi orttirilgan misrada berilgan. Qolgan baytlardagi hurufi hijolar har bir to`liq misraning boshida berib borilgan. Mustazod o`n besh baytlik bo`lib, uning maqta` baytida hurufi hijo yo`q. Qolgan o`n to`rt baytda 28 ta birinchi va birinchi ham misradagi bitta bilan jami 29 ta hurufi xijo bor. Mustazod, boshqa mustazodlar kabi, hazaj bahrida, hazaji musammani axrabi makrfufi mahzufi mustazod vaznida yozilgan. Bunda har bir to`liq misrada to`rt rukn bo`lib, ikki misra, ya`ni bir baytda sakkizta-musamman rukn mavjud. Birinchi rukn maf`ulu-axrab, ikkinchi va uchinchi ruknlar mafoiylu-makfuf, to`rtinchi rukn fau(v)lun- mahzufdir. Ya`ni maf`- ulu mafoiylu mafoiylu fau(v)lundir. Birinchi va to`rtinchi ruknlar, ya`ni maf`ulu fau(v)lun asosida orttirilgan — mustazod misralar hosil qilinadi.
Xulosa qilib aytganda, Mashrab asarlarining, xususan, mustazodlarining badiiyati ham o`ziga xos, jumladan, mustazodlarining ham. Uning mustazodlari, g’azallari kutilmagan xalqona ifodalar bilan sayqallanadi. Timsollar, obrazlar tizimining ham o`z silsilasi mavjud.

Yüklə 104,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin