Марказий банк, унинг функционал тузилиши ва функциялари



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə1/7
tarix25.01.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#122553
  1   2   3   4   5   6   7
Markaziy bank, uning va funksiyalari




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI



__________________________
Iktisodiyot kafedrasi


Fanidan
MUSTAKIL ISH
Mavzu:_____________________________________________


BAJARDI: _______ talabasi _____________________.


KABUL KILDI: _____________________.
Jizzax_2022
Markaziy bank, uning va funksiyalari
Reja:
1.Markaziy banklarning paydo bo’lishi.
2.Markaziy bankning funksiyalari.
3.O‘zbekistonda zamonaviy bank tizimining shakllanishi.
4.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vazifalari va funksiyalari.

1.Markaziy banklarning paydo bulishi.
Markaziy bank-kredit tizimining bosh banki bo‘lib, Mamlakatda pul-kredit siyosatini, emissiya jarayonlarini olib boradi.
Birinchi markaziy banklar bundan kariyb uch yuz yil oldin tijorat banklarining rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Bular 1668 yilda tashkil kilingan SHved Riks Jiro banki, 1694 yilda tashkil kilingan Angliya banklaridir. Evropa mamlakatlarida Markaziy banklar ancha kechrok, asosan XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab faoliyat ko‘rsata boshladi. Banklar paydo bo‘lishining boshlan\ich davrlarida ular markaziy (emissiya) yoki tijorat banklari tarikasida yuzaga kelgan emas, ya’ni banklar o‘rtasida xozirgidek bo‘linish bo‘lmagan. Bank ishi rivojlanishining birinchi boskichlarida rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklari kapitallarni yi\ish maksadida muomalaga banknotlar chikarganlar. Banklarning yiriklashuvi, bank ishining rivojlanishi natijasida banknotalarni muomlaga chikarish yirik tijorat banklar ko‘liga o‘ta borgan va keyinchalik biror yirik bank ixtiyoriga berilgan. Bu bank milliy yoki emission bank, ya’ni kredit tiziminin boshkarib turuvchi barcha banklar faoliyatini nazorat kilib turuvchi kredit instituti sifatida namoyon bo‘ladi.
Jaxon amaliyotida markaziy banklar vujudga kelishining ikki asosiy yuli mavjud. Birinchi yo‘l-bu uzok davr davomida tijorat banklarining rivojlanishi natijasida, ularni milliylashtirish yo‘li bilan markaziy banklarning tashkil kilinishi. Bunga misol kilib, Angliya bankini 1844 yil, Fransiya bankini 1848 yil, Ispaniya banki 1874 yil, Germaniya Reyxsbanki-1875 yil, Italiyada 1893 yil, Ispaniyada 1874 yilda mavjud banklarning emission markaz sifatida faoliyat ko‘rsatishga moslashganligini keltirish mumkin. Ikkinchi yul-tashkil kilingandayok markaziy bank-emisson markaz sifatida kabul kilingan banklar. Bunday banklarga A+SH ning Federal banklari, 1913 yillarda ko‘pgina Lotin Amerikasi mamlakatlarida tashkil kilingan banklar, Avstriya banki va boshkalarni misol keltirish mumkin.
A+SHda Markaziy bank funksiyasini 12 federal rezerv bankdan iborat Federal Rezerv tizimi bajaradi. Federal rezerv banklar aksioner banklar bo‘lib, bu banklarning akuionerlari sifatida milliy tijorat banklari faoliyat ko‘rsatadi. Tijorat banklar aksioner sifatida dividend olishadi. Dividend mikdori 6 foizdan oshmasligi kerak.
Markaziy banklar ijrochi tashkilotlar ta’sirisiz, o‘z faoliyatidan olib borishlari kerak.
Jaxonda o‘z faoliyatini olib borishda eng mustakil bo‘lgan banklardan biri bu Nemis Federal banki-Bundes banki xisoblanadi. Ba’zi bir davlatlarda markaziy bank parlamentga xisobot beradi. Ko‘pgina xollarda Markaziy banklar o‘z faoliyatida mustakil bo‘lsada, shu bilan birga davlat banki xisoblanadi:


2. Markaziy bankning funksiyalari.
Markaziy bank kuyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
- banknotlar( nakd pullar) emissiyasi,
- davlatning oltin-valyuta zaxiralarini saklash,
- pul-kredit siyosati instrumentlari yordamida iktisodni muvofiklashtirish,
- kredit institutlari faoliyatini muvofiklashtirish,
- davlat banki sifatida faoliyat ko‘rsatish,
- to‘lov-xisob munosabatlarini tashkil kilishni belgilab berish,
- valyuta kursini muvofiklashtirish.
Jaxonning barcha mamlakatlarida banknotlarni muomalaga chikarish funksiyasi markaziy banklarning asosiy funksiyalaridan biri xisoblanadi va u bu soxada monopol xukukiga ega. Kredit pullar markaziy bank tomonidan konunda belgilangan ravishda chikariladi va markaziy bank muomalaga chikargan pullarning kaytib bankga kelib tushishi choralarini ishlab chikishi zarur.
Davlatning valyuta zaxiralarini boshkarish funksiyasi. Markaziy bank davlatning oltin, kimmatbaxo metall va kamyob toshlarni, valyuta zaxiralarini boshkaradi. Davlatning rasmiy oltin-valyuta zaxiralari xalkaro xisob-kitoblarda aktivlar rezervi, xisob-kitoblar bo‘yicha davlatning kafolatli su\urta fondi sifatida namoyon bo‘ladi. Odatda mamlakat oltin zaxiralarini asosiy kismi Markaziy bank ixtiyoriga berilgan bo‘ladi. Ba’zi davlatlarda oltin zaxiralar moliya ministrligi ixtiyorida bo‘lib, markaziy bank oltin bilan bo\lik operatsiyalarni olib boradi. Markaziy banklar mamlakat valyuta zaxiralarini o‘zida yi\adi va bu zaxiralar xalkaro xisob-kitoblarni amalga oshirish, to‘lov balansi defitsitini koplash va mamlakat milliy valyutasi kursining barkarorligini ta’minlash uchun ishlatadi. Markaziy bank orkali davlatning iktisodiy siyosati, yanada anikro\i davlatning pul-kredit siyosati olib boriladi. Markaziy bankning pul-kredit siyosati davlatning iktisodni boshkarish siyosatining bir kismi bo‘lib, muomaladagi pul massasi, kredit xajmi, foiz stavkalari darajasini va boshka pul muomalasi va ssuda kapitali bozori ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish bilan bo\lik bo‘lgan chora-tadbirlar yi\indisidan tashkil topadi.
Pul-kredit siyosatining asosiy maksadi milliy valyuta barkarorligini ta’minlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini okilona o‘rnatish asosida inflyasiya sur’atlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradorligini oshirish va iktisodiyotning barkaror o‘sishini ta’minlashdan iborat.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin