Марказий банк, унинг функционал тузилиши ва функциялари



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə5/7
tarix25.01.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#122553
1   2   3   4   5   6   7
Markaziy bank, uning va funksiyalari

Devalvatsiya. Devalvatsiya (lotincha so‘z bo‘lib, kadri tushish degan ma’noni anglatadi) milliy valyutaning chet el valyutasi va boshka xalkaro to‘lov vositalariga nisbatan kadrining tushishini anglatadi. Oldingi mavzularimizda ta’kidlaganimizdek devalvatsiyaning kelib chikishiga sabab bo‘lib inflyasiyaning kuchayishi va mamlakat to‘lov balansining salbiy koldikga ega bo‘lishi xisoblanadi. Devalvatsiya siyosatini mamlakat to‘lov balansida axvol yomonlashganda va import okimi kuchayganda amalda ko‘llash iktisodga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Revalvatsiya. Revalvatsiya (lotincha suzdan olingan bo‘lib, kadri oshishi degan ma’noni anglatadi) milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kadrining oshishidir. Revalvatsiya sotib olish kobiliyati kuchli bo‘lgan valyutalar buyicha, masalan, Germaniya, SHveysariya,YAponiya kabi mamlakatlarda ko‘llaniladi. Bu mamlakatlar uzok davr davomida aktiv to‘lov balansiga ega bo‘lib kelgan.
Bu mamlakatlarning eksport kudrati yukori bo‘lishi, inflyasiya darajasining pastligi xam revalvatsiya o‘tkazishga asos xisoblanadi. Revalvatsiya devalvatsiyaga nisbatan jaxon amaliyotida kamrok ko‘llaniladi. Revalvatsiyaning salbiy tomonlari xam mavjud.
Revalvatsiya mamlakatning eksport potensialini kamaytirishi mumkin. Bunga sabab revalvatsiyadan keyin mamlakat tovarlarining jaxon savdo bozorida chet el valyutasidagi narxining oshishidir. Bu esa mamlakat to‘lov balansiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Revalvatsiya yana ishsizlik muommasini keltirib chikarishi mumkin. Revalvatsiyada chet el valyutasida kredit olgan karz oluvchilar yutadi. SHu bilan birgalikda importerlar olib kelgan tovarlari uchun arzonrok chet el valyutasini olish imkoniyati tu\iladi va import uchun kulay muxit yuzaga keladi.
Valyutaviy cheklanishlar. Valyutaviy cheklanishlar deganda, odatda chet el valyutasi oltin va boshka valyuta kiymatliklari bioan bo‘ladigan operatsiyalarni davlat mikyosida konun asosida cheklashlar tushuniladi. Bu chorani amalga oshirishdan maksad to‘lov balansining aktivligiga va milliy pul birligi kursini ko‘llab-kuvvatlash va uning barkarorligiga erishishdan iborat. Milliy valyuta barkarorligini ta’minlash maksadida Markaziy bank mamlakatga chet el kapitali kelib tushishini ta’minlovchi choralar ishlab chikadi va amalga oshiradi.


3.O‘zbekistonda zamonaviy bank tizimining shakllanishi.
Bank tizimi bozor iktisodiyotining muxim va ajralmas kismidir. Tovar pul munosabatlarining keng mikyosda rivojlanishi banklar oldida yangidan-yangi operatsiyalar bajarishga imkoniyatlar ochib beradi.
SHuning uchun xam respublikamizda bozor iktisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimi yaratish zaruriyati tu\ildi. O‘zbekiston respublikasi bank tizimining bosh maksadi jaxon talabiga mos keluvchi, rivojlangan milliy kredit tizimiga ega bo‘lish, xujaliklar va axolining bo‘sh turgan mabla\larini jalb kilish va uni samarali taksimlash asosida axolining talablarini kondirish uchun zamin yaratish va yashash sharoitini yaxshilashga erishishdan iborat. Bu maksadga erishishni ta’minlash uchun davlatimiz tomonidan mamlakatimiz bank sektorining rivojlanishini ta’minlovchi zaruriy makroiktisodiy sharoitlarni xamda bank tizimi barkarorligini ta’minlash, shuningdek, bank nazorati tizimini va banklar faoliyatini boshkarish usullarini takomillashtirish, banklarning depozit, kredit va investitsiya faoliyatini yanada rivojlantirishga erishish va banklar o‘rtasida rakobat bo‘lishini ta’minlashga asos yaratishdan, nobank tashkilotlari xukukiy bazasini yaxshilash, ularnnig moddiy-texnika jixatdan samarali ta’minlanganligiga erishish kabi choralarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Bank tizimini kayta tashkil kilishni amalga oshirish kuyidagi tamoyillarga asoslangan xolda olib borilishi mumkin:
- xorijiy va maxalliy investorlarning ishonchini kozonish maksadida bank-moliya tizimi barkarorligiga erishish:
- bank tizimidagi isloxotlar umumiktisodiy isloxotlarning o‘tkazilishi bilan mos kelishi:
- bank-moliya tizimini boskichma-boskich takomillashtirish yo‘li bilan jaxon bank tizimiga yakinlashtirish:
- pul-kredit siyosatini olib borishda mamlakatning ichki extiyojini va uning iktisodining xususiyatini xisobga olish:
- banklar faoliyatida mijozlar manfaatini ustun kuyish va boshkalar.
Bizning zaminimizda mavjud bo‘lgan banklarning rivojlanashini ikki yirik davrga bo‘lib karash mumkin. Birinchi davr
- bu O‘zbekiston mustakilikka erishgungacha bo‘lgan davrdagi bank tizimi va ikkinchi davr O‘zbekiston mustakilikka erishgandan keyinngi davrdagi bank tizimi va uning rivojlanish boskichlarini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston mustakilikka erishgunga kadar bo‘lgan bank tizimining rivojlanishini taxlil kilib karaydigan bulsak, uning rivojlanishining kuyidagi boskichlarini keltirish mumkin:
- birinchi boskich XIX- asrning oxiridan 1930-32 yillargacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr ichida oldingi mavjud bo‘lgan banklar zaminida Sobik ittifokning kredit tizimi tashkil kilindi. Bu davrda 30-yillarda iktisodning rivojlanishiga mos keluvchi banklar: tarmok banklari, o‘lka banklari, tijorat banklari, maxsus banklar, dalat banklari kabi banklar faoliyat ko‘rsatgan;
- ikkinchi boskich 1932 yildan 1959 yillargacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda banklar faoliyatida o‘zgarishlar yuz berdi va banklar veksel orkali kreditlashdan ( o‘sha davrda bu kreditlash amaliyotda "egri" kreditlash deb nom olgan) to‘\ridan-to‘\ri korxonalarni kreditlashga o‘tkazilgan. Bu davrda xujaliklar o‘rtasidagi vazifalar taksimlangan va xalk xujaligi soxalari bo‘yicha banklar tashkil kilingan xamda bu banklar fakat shu soxalarni uzok muddatli kreditlash va moliyalashtirish bilan shu\ullangan. Davlat banki esa asosan kiska muddatli kreditlash jarayonlarini olib borgan.
- uchinchi boskich 1959 yildan 1988 yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda mavjud tarmok banklari kayta tashkil kilinib mamlakatdagi barcha kredit munosabatlarni olib borish maksadida uchta bank tashkil kilindi. Bular: Davlat banki, kurilish banki, tashki savdo banki bo‘lgan. Davlat banki xalk xo‘jaligining barcha soxalariga (fakat kishlok xo‘jaligining ba’zi extiyojlari uchun uzok muddatli kreditlar bergan) kiska muddatli kreditlar berish bilan shu\ullangan. +urilish banki kapital kuyilmalar bilan bo\lik bo‘lgan xarajatlarni, kurilishni moliyalashtirish, uzok muddatli kreditlar berish bilan bo\lik operatsiyalarni bajargan. Tashki savdo banki Moskvada joylashgan bo‘lib, mamlakatning eksport-import bilan bo\lik faoliyatini boshkarib borgan;
- turtinchi boskich bank tizimining kayta tashkil kilish davri bklib, u 1988 yildan 1990 yilgacha bulgan davrni o‘z ichiga olgan. Bu davrda bank tizimida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi va davlat banki bilan bir katorda maxsus tarmok banklari tashkil kilindi.
Bu banklar jumlasiga sanoat-kurilish banki, agrosanoat banki, uy-joy kurilish va ijtimoiy ta’minot banki, jam\arma bank va tashki iktisodiy faoliyat banki kabilar kiradi. Bu banklar faoliyatining xususiyatli tomoni shunda ediki, ular o‘zi xizmat ko‘rsatadigan soxaga uzok va kiska muddatli kreditlar berish xukukiga ega edilar.
SHu davrdan boshlab Davlat bankidan kreditlash funksiyasi olib tashlandi va u emission bank sifatida faolyait ko‘rsatadigan bo‘ldi.
90-yillarda bank tizimini kayta tashkil kilishdan asosiy maksad mamlakatda yuz berayotgan asosiy o‘zgarishlarni xisobga olgan xolda banklar zimmasiga korxonalar va tashkilotlarga kompleks xizmat ko‘satishni ta’minlash va korxonalar bilan banklar o‘rtasidagi munosabatlarni xo‘jalik xisobiga o‘tkazish, kuyi bank muassasalarining xukuk va majburiyatlarini oshirishdan iborat edi. Mustakillikka erishgunga kadar O‘zbekiston xududidagi bank muassasalari SSSR bank tizimi tarkibiy kismiga kirar edi. SHu bilan birga bu banklar sobik "ittifok" bank tizimi doirasidan tashkarida faoliyat ko‘rsata olmasdilar. Sobik SSSR bank tizimida Davlat banki monopol mavkeiga ega bo‘lib, u bir vaktning o‘zida emissiya instituti, kiska muddatli kreditlashtirish va xo‘jaliklarga xisob-kitob operatsiyalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi markaz xisoblanardi. Davlat bankining xam emissiya funksiyalarini xam xisob-kitoblar va 90-yillargacha kreditlash buyicha mijozlarga xizmat ko‘rsatish funksiyalarini bajarishga monopollashuvi uni davlat boshkaruvi va nazorat organiga aylantirgan edi.
Ma’muriy buyrukbozlik davrida kredit munosabatlari iktisodiyotni boshkarishda formal xarakterga ega. Davlat banki kredit resurslari bo‘yicha cheklanmagan monopol mavkega ega edi. Kredit resurslari xarakatini xam boshkarish, xam nazorat kilish davlat bankining monopol ta’siri ostida edi. Rivojlangan mamlakatlar bank tizimiga xos barcha xususiyatlarining inkor etilishi, sobik "ittifok" bank tizimining tor doirada rivojlanishiga olib keldi.
Markazlashtirilgan bank tizimi boshkaruvi asosida faoliyat ko‘rsatayotgan respublika banklari tor doirada pul resurslari xarakatini boshkarar, lekin resurslarni taksimlash, emission jarayonlarni amalga oshirish va nazorat kilish sobik "Ittifok" Davlat banki ko‘lida edi.
Iktisodiyotni boshkarishning markazlashtirilgan usuldan voz kechish bozor iktisodiyoti tomon dastlabki kadamlar kuyilishi bilanok markazlashtirilgan bank tizimini kator kamchiliklar ro‘yobga chikdi. Bu esa bank tizimida tub o‘zgarishlarni amalga oshirishni talab etardi. Albatta, bu bozor iktisodiyotiga ilk kadamlar kayta kurish sharofati bilan bozorga xos ba’zi bir belgilari totalitar iktisodiyotga tatbik etilishi bilan tushuniladi. Bu jaryonda bank tizimining tashkiliy strukturasini o‘zgartirish, banklarning rolini oshirish, iktisodiy tizimni rivojlanishiga ularning ta’sirini kuchaytirish, kreditni xarakatdagi iktisodiy dastakka aylantirish ko‘zda tutilgandi.
Bank tizimi rivojlanishining ikkinchi davri asosan O‘zbekiston mustakilikka erishgandan keyingi davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrni kuyidagi boskichlarga bo‘lib taxlil kilish mumkin:
- mustakil O‘zbekiston bank tizimini tashkil kilishning birinchi boskichi. Bu 1991-1994 yillarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda 1992 yilning sentyabrigacha O‘zbekiston davlat banki sobik SSSR Davlat bankining respublika bo‘limi sifatida faoliyat ko‘rsatdi va u kredit resurslarni davlat korxonalari mikyosida taksimlash, emission operatsiyalarni olib borish bilan shu\ullandi. +olgan tarmok banklar xam davlat mulkiga asoslangan edi. O‘zbekistonda ikki zvenoli bank tizimini tashkil kilishga 1988 yildan boshlab kirishilgan bo‘lsada, bu maksadning to‘lik amalga oshirilishiga sharoit 1994 yildan boshlab yuzaga keldi. Bu davrga kelib Markaziy bankning tashkiliy tarkibiy asosi, faoliyat olib borish uslubi o‘zgardi, tijorat banklarning soni va ular bajaradigan operatsiyalar salmo\i oshib bordi.
Bank tizimini tashkil kilishning birinchi boskichida markazlashgan rejalashtirishda Markaziy bankning roli xali xam yukori edi, soxalarning deyarli xamma kismi davlat tasarrufida edi. O‘zbekiston Respublikasida ikki boskichli bank tizimini tashkil etishga real asos bo‘lib, 1991 yil 15 fevraldagi "Banklar va bank faoliyati to‘\risida" gi konun xisoblanadi. Bu konunga binoan davlat boshkaruv organlari respublika Markaziy banki faoliyatiga aralashmasliklari kerak, u fakat Respublika Oliy majlisiga xisobot berishi o‘rinli ekanligi belgilab berildi. Bu konunni amalga tadbik etish asosan Respublikamiz o‘z mustakilligini ko‘lga kiritgandan so‘ng boshlandi.
O‘zbekistonda bozor iktisodiyotiga boskichma-boskich o‘tish yo‘lini tanlaganligi bois, 1-boskichdagi kredit-pul siyosati soxasidagi asosiy vazifalar kuyidagilardan iborat kilib belgilandi:
- Markaziy bank boshchiligida keng tarmokli tijorat va xususiy banklarning boskichli bank tizimi shaklida vujudga keltirish;
- Respublika xududida yirik chet el banklarining bo‘limlari va vakolatxonalarini ochish uchun kulay sharoit yaratish;
- Barkaror pul muomalasini ta’minlash, kredit va nakd pul emissiyasini, asossiz o‘sishini keskin cheklash;
- O‘zbekiston Respublikasining milliy pulini muomalaga kiritish uchun zarur iktisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar xamda imkoniyatlarni yaratish va boshkalar.
+ayta tashkil etish jarayonining birinchi boskichida davlat banklarini yangi strukturasini tashkil etish boshlandi. +ayta tashkil etish modeli kuyidagilarni o‘z ichiga oldi;
- ikki boskichli bank tizimini vujudga keltirish: Markaziy emission bank va bevosita xujaliklarga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan banklarni tashkil kilish:
- ixtisoslashgan banklarni to‘laligicha xujalik xisobiga va o‘z-o‘zini moliyalashga o‘tkazish.
- iktisodiy tizim doirasida xkukiy va jismoniy shaxslar bilan bo‘ladigan kredit munosabatlari uslublari va shakllarini takomillashtirish va boshkalar.
Bank tizimini takomillashtirish jarayoni davomida davlat banki o‘zining kredit tizimidagi markaziy o‘rnini saklab kolgan xolda korxona va tashkilotlarga kredit berish va ular bilan xisob kitoblarni olib bonrish funksiyasini maxsus ixtisoslashgan banklarga topshiradi, ya’ni bankning emission faoliyati, kreditlash faoliyati bilan birga olib borish funksiyasiga chek ko‘yildi. Davlat banki ixtisoslashgan banklar faoliyatini boshkaruvchi, barcha banklar uchun bir xil pul-kredit siyosatini olib boruvchi muassasalarga aylandi. Bank tizimining takomillashtirilishi natijasida vujudga kelgan maxsus ixtisoslashgan banklar: Sanoat kurilish banki, Kommunal kurilish va sotsial tarakkiyot banki, Agrarsanoat banki, Tashki iktisodiy faoliyat banki, Jam\arma banki xo‘jaliklar bilan banklar o‘rtasidagi alokalarni tobora yakinlashtirishda ixtisoslashtirilgan davlat banklari o‘zlarida ma’lum darajada boshkaruvchilik rolini saklab koladilar. Bank tizimini takomillashtirish jarayonida juda muxim natijalarga erishildi, lekin tashkil kilingan banklar iktisodiy munosabatlarining xususiyatlarini to‘lik ifoda kilaolmasdi. SHuning uchun xam bozor iktisodiyotiga o‘tish sharoitida bank tizimini takomillashtirishning 2-boskichi ob’ektiv zaruriyatga aylandi.
O‘zbekistonda bank tizimini tashkil kilishning ikkinchi boskichi 1994 yildan keyingi davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda bank tizimining takomillashgan faoliyatini belgilab beruvchi bank konunlari: 1995 yil 21 dekabrda"O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘\risida" gi va 1996 yil 25 aprelda "Banklar va bank faoliyati to‘\risida" gi konunlar kabul kilindi. Bu konunlarga asosan banklar faoliyatining xukukiy asoslari belgilab berildi va ularning ishlash usullarini takomillashtirish choralari ishlab chikildi.
Tijorat banklarining samarali faoliyatini ta’minlash maksadida bank nazorat va monitoringini amalga oshirish tijorat banklari faoliyatini boshkarish usullarini takomillashtirish va xalkaro talablarga moslash, yangi schyotlar tizimiga o‘tish, chet el banklarining shu’balarini ochish, to‘lov tizimini takomillashtirish, tijorat banklarining kimmatbaxo ko\ozlar bilan operatsiyalarini rivojlantirish, pul va valyuta bozorida banklarning aktiv faoliyatini ta’minlash kabi dolzarb masalalar xozirgi kunda mustakil bank tizimining rivojlanishi tufayli o‘z echimini topmokda.
Respublikamizda ikki po\onali bank tizimini jaxon tarjribasida kabul kilingan tamoyillarga muvofik shakllantirish ko‘zda tutilgan. Ixtisoslashish va kredit-investitsiyalarni xalk xo‘jaligi tarmoklari bo‘yicha taksimlash Respublikamizdagi bank muassasalarining o‘ziga xos xususiyati xisoblanadi. Ularning faoliyati asosan ustuvor tarmoklar: kishlok xo‘jaligi va uning maxsulotlarini kayta ishlovchi korxonalar, uy-joy kurilishi, avtomobilsozlik, savdo va boshka soxalarni rivojlantirishga karatilgan. Xozirgi banklar aksiyador-tijorat banklari sifatida tashkil kilingan bo‘lib, bozor iktisodiyoti sharoitlarida ishlashga moslashtirilgan va ular ixtisoslashgan banklar bo‘lsada, boshka tarmoklardagi mijozlarga xam kredit va xisob-kitoblar bo‘yicha xizmat ko‘rsatilishi mumkin. Banklar faoliyatining universallashuvi ular o‘rtasida rakobatning yuzaga kelishiga, bu esa ularning bozor iktisodiyotiga barkaror kirib borishini ta’minlaydi.
Mustakil bank tizimini vujudga keltirishning ikkinchi boskichining xususiyatlaridan biri shundaki, 1995 yildan boshlab O‘zbekistonda maxsus nobank kredit tashkilotlari tashkil kilina boshlandi. Bozor iktisodiga o‘tishni tezlashtirish, korxona va tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish maksadida maxsus moliya-kredit institutlari - Biznes-fond, "Madad"su\urta kompaniyasi, "O‘zbekinvest" milliy su\urta kompaniyasi, xususiylashtirish investitsion fondlari va boshkalar tashkil kilinishi respublika bank moliya-tizimining zamonaviylashuvini tezlashtirmokda.
Xozirda respublikadagi keng tarmokli banklar zamonaviy talablarga javob beradigan shaklda xo‘jaliklar, tashkilotlar va axoliga xizmat ko‘rsatmokda.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy bosh maksadi bozor iktisodi sharoitida pul, kredit tizimi va milliy valyuta barkarorligini ta’minlash asosida iktisodiy o‘sishga erishishdan iborat.
Pul -kredit siyosatini samarali amalga oshirish uchun Markaziy bank pul-kredit siyosatini rivojlantirishning bir yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini ishlab chikadi. Bu yo‘nalishlar Oliy majlis tomonidan tasdiklangandan keyin xarakat dasturi sifatida kabul kilinadi. Markaziy bankning vazifalari xilma-xil bo‘lib, bu konunda aks ettirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xukukiy shaxs sifatida, davlat mulkiga asoslangan bo‘lib, iktisodiy jixatdan mustakil muassasa sifatida o‘z xarajatlarini daromadlari xisobidan koplashi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z mikyosi va faoliyat darajasiga ko‘ra respublikamizdagi eng yirik bank xisoblanadi.
Xozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 21 dekabr 1995 yilda kabul kilingan "O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘\risida" gi konun asosida faoliyat ko‘rsatmokda. Bu konunning 3-moddasida ko‘rsatilganidek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning bosh maksadi milliy valyutaning barkarorligini ta’minlashdir. Valyuta barkarorligi-pul massasi, narx-navo va milliy valyuta kursining barkaror bo‘lish tushunchasini o‘z ichiga oladi. Albatta, pul massasi, valyuta kursi, narx-navoga ta’sir kiluvchi boshka omillar xam mavjud.


4.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vazifalari va funksiyalari.
Milliy valyutaning barkarorligin ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bir kator muxim vazifalarni xal etadi. Ularning asosiylari kuyidagilardir:
Monetar siyosatni va valyuta siyosatni boshkarishni shakllantirish Monetar siyosatni va valyutani boshkarish siyosatini shakllantirish, kabul kilish xamda amalga oshirish:
O‘zbekiston Respublikasida xisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil kilish va ta’minlash: 
Banklar faoliyatini tartibga solish va banklar faoliyati ustidan nazorat kilish; 
O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta zaxirasini saklash va ularni boshkarish: 
Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat byudjetining kassa ijrosini tashkil etish.
Markaziy bankga ayrim bank, korxona tashkilotlarning kapitalida katnashishi, ularga moliyaviy yordam ko‘rsatishi, tijorat turidagi faoliyatlarni olib borishi man kilinadi. Markaziy bankni boshkarishning yukori tashkilot boshkaruvi bo‘lib, u monetar siyosatni xamda o‘z zimmasiga yuklatilgan boshka vazifalarni amalga oshirishda boshka davlat tashkilotlarining bevosita va bilvosita aralashuvidan xam xisoblanadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin