Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu Chqbt va ute fani asosida kurs i (1)
Jang mobaynida harakatlanish yo’llari va usullari Askar jang maydonida shag’dam yoki yugurib (tikki yoki engashib), to’xtab–yugurib va emaklab aloxida xollarda jangovar «ikkilik», «uchlik» va bo’tun sektsiya jangovar tartibini buzmasdan sakrab-sakrab harakatlanishi mumkin.
Harakatlanish o’zaro bir-biri o’t ochib panalash orqali amalga oshiriladi. Harakatlanish usuli joyining relefiga, dushman o’tishini qamroviga (zichligiga) va boshqa xolatlarga bog’liq bo’ladi.
Dushman kuzata olmaydigan pana joylar uni o’ti bilan koplanmaydigan uchastkalar yurib yoki yugurib bosib o’tiladi. SHaxdam (tez-tez) yurgandagi tezlik 1 mino’tga 130-150 qadam, yugurganda esa mino’tiga 165-180 qadamni tashkil etishi mumkin.
Ataka va xujum mobaynida tikka turib harakatlanish dushmandan uzoqda bo’lganda yoki dushman kuzata olmaydigan joylarda (ko’qalamzo, bo’tazor, pastlik yerlarda, jarlikda) qo’llaniladi.
Dushman o’t ochib turgan ochiq yer uchastkalaridan to’xtab yugurib kuchish (perebeshka) usuli bilan o’tiladi. To’xtab–yugurib kuchib bir pana joydan ikkinchisiga tezlik bilan 7-5 sektsund ichida yugurib borish ya’ni dushman mo’ljalga olishga ulgumaydigan darajada bajarish kerak. To’xtab–yugurib kuchishlar uzunligi joylarni xarakteri va dushman o’tiga qarab belgilanadi va 20-40 qadam o’rtasida bo’ladi. Bir joydan ikkinchisiga ko’chish uchun, avval qaysi pana joyda to’xtash kerakligini chamalab olinadi (chuqurlik, do’mlik orti, pana joy). Dushman mo’ljalga olib askarni otishga ulgurmasiligi uchun chamalangan panalikga 2-3metr qolganda yerga yotib borib, yashirincha emaklab panalikka boriladi. 5-10 sekund ko’tib, Yuqoridagi tartibda kelgusi joyga ko’chiladi va xokazo, komandir qo’rsatgan rubejga yetib borguncha.
Dushman o’t ochib turgan, uncha katta bo’lmagan uchastkalarni emaklab bosib o’tish mumkin. Vaziyatga, maysa va o’simliklarni balandligi va qalinligiga qarab uncha katta bo’lmagan, emaklab o’tiladigan joylardan to’rt oyoqlab, yonboshlab va yerga yopishib (po -plastunski) yemaklab o’tish mumkin.
To’rt oyoqlab emaklash usuli dushman o’q otan qurolidan o’tochib turgan, panaligi oz, kam niqoblangan uchastkalardan xamda sayoz ariqlardan, chuqur bo’lmagan darralardan, bo’tun bo’y bilan yurib bo’lmaydigan transheyalarni yo’llarini harakatlanganda qo’llaniladi. To’rt oyoqlab emaklash uchun, oyoo’ tizzalari va ikkala qo’l tirsagi yoki barmoqlarda turiladi, qurolni o’ng qo’l bilan ushlab, o’ng qo’l bilan tirsagiga yaqin ushlanadi. SHundan so’ng tizza bilan turgan o’ng (chap) oyoqni ko’krak tagiga harakatlantiriladi, bir vaqtda o’ng (chap) qo’li xam oldinga harakatlantirilib (xuddi qadam tashlagandek ikkala qo’l va oyoq bilan yuriladi), gavdani oldinga tashlanadi va harakat shu tarzda ya’ni ikkalla qo’l va oyoqlar bilan emaklab harakat kilinadi.
Erga yopishib emaklash dushman o’q otar qurollar otib turgan va panaliklari yo’q uchastkalarda qo’llaniladi.
Erga yopishib emaklash uchun yerga to’liq yotib olinadi, qurolni tasmani Yuqorisidan o’ng qo’l bilan tirsak yonida ushlanadi.
Emaklash qo’l va oyoqlarni yerga yopishtirib ikkala qo’l va oyoqlar bilan amalga oshiriladi. Yerga yopishib emaklaganda boshni yuqori ko’tarilmaydi. Yon boshlab emaklash odatda qorda, qumli joylarda, pulemetni sudrab ketayotganda, o’q-dori olib borganda, oziq-ovqat va yaradorlarni jang maydolnidan olib chiqishda qo’llaniladi. Yonboshlab emaklash uchun chap yelkaga yotiladi, chap oyoqni egilgan xolda oldinga surib chap yelkaga gavdani tashlanadi, o’ng tizza bilan bo’qib, oyoq tovoni bilan yerga bosib gavda oldinga tashlanadi, o’ng oyoq tugrilanadi va shu tartibda harakat davom ettiriladi. Qurolni o’ng qo’lda ushlab, chap oyoq soni qismida to’tiladi.