Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu: Chqbt va ute fani asosida kurs ishlarini tashkil qilish va bajarish. Reja


Jang paytida To’siq va g’ovlardan o’tish



Yüklə 4,03 Mb.
səhifə21/131
tarix09.12.2023
ölçüsü4,03 Mb.
#138510
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   131
Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu Chqbt va ute fani asosida kurs i (1)

Jang paytida To’siq va g’ovlardan o’tish
Jang maydonida harakat qilayotganda turli tabiiy to’siqlar, g’ovlar, muxandislik to’siqlari va zararlangan joylar uchrab qolishi mumkin.
Transheyalardan, yer osti yurish yo’llaridan kichik chuqurliklardan ikkala oyoq bilan yoki bir oyoq bilan tushadigan bo’lib sakrab o’tiladi. CHo’qur va keng cho’qurliklar va boshqa keng To’siqlar maxalliy materiallardan gula, yogoch yoki boshqa narsalardan ko’prik qilib o’tiladi.
Tikligi uncha balandda bo’lmagan to’siqlar (g’ishtli yoki tuproqli devor, chuva, g’ov) biror mustaxkam narsadan tayanch qilib, uni yordamida yoki sakrab o’tiladi.
Tikligi baland bo’lgan to’siqlar (baland g’ishtli devor va boshqalar) bir-biri tortib olib, o’rtog’i yordami bilan, yoki tirmashib chiqib o’tiladi.
To’siqlardan dushman o’t ochmagan yoki o’ti yetmaydigan joylar oson bo’ladi. Dushman o’t yog’dirib turganda to’siqlardan o’tish ancha qiyin bo’ladi, chunki to’siq xujumni vaqtincha bo’lsa to’xtatish uchun qo’yiladi. To’siqlardan o’tishda sustkashlikka (ushlanib qolishga) yo’l qo’yilishi, dushman tomonidan xujumdagilarga katta talofat yetkazishga olib kelishi mumkin. SHuning uchun to’siqlardan tez va uyushgan xolda o’tish kerak.
Askar quyidagilarni bajarishga majburdir:

  • guruhning vazifasini, o’z sektsiyasi (tank) ning va o’zining vazifasini bilish;

  • dushman bo’linmalarining tashkil etilishini, Qurollanishi, taxnikasi va harakat taktikasi bilish, xususan, uning tanklari, boshqa bronli mashinalari va tankka qarshi vositalarining imkoniyatlarini va ularning eng zaif joylarini bilish;

  • o’z bo’linmasining Qurol-yaroglari va texnikasini bilish;

  • uskunalarning, fortifikatsiya inshootlarining o’lchamlari, xajmi, izchilligi va muddatlarini bilish; zudlik bilan xandak va pana joylarni jihozlay olishi, shu jumladan bu ishni portlovchi moddalarni qo’llagan xolda bajara olishi, niqoblanishni amalga oshirishi;

  • jangda doimiy ravishda kuzatuv olib borish, dushmanni o’z vaqtida paykash va darxol komandirga u hakda axborot berish;

  • mudofaada matonat va bardosh bilan, xujumda jasurlik va kat’iyat bilan harakat qilish, dushmanni xususan, uning tanklari va boshqa zirxli mashinalarini barcha vositalar va usullar bilan yo’q qilish, jang maydonida ustalik bilan siljib borish, o’t ochish pozitsiyalarini (o’q otish joyini) tanlash; jangda botirlik, tashubbus va topqirlik ko’rsatish, o’rtog’iga yordam berish;

  • jismoniy baquvvat va chidamli bo’lish, qo’l jangi usullarini egallash;

  • xavodagi dushmanni taniy olishi va uning past uchuvchi samolyotlari, vertolyotlari va boshqa xavodagi nishonlarga o’q otish qurollaridan o’t ochish;

  • jangda komandirni himoya qilish, u yaralangan yoki halok bo’lganida bo’linmagan komandirlik qilishni qo’rqmay o’z zimmasiga olish;

  • umumiy qirg’in qurolidan himoyalanish usullarini bilish; joydan, shaxsiy himoya vositalaridan va texnikaning himoyalash xususiyatlaridan mohirona foydalanish; g’ovlar, to’siqlar va zaharli zonalarni yengib o’tish, tankka qarshi va piyodalarga qarshi minalar qo’yish va ularni zararsizlantirish; maxsus ishlov berishni amalga oshirish;

  • komandirning ruxsatisiz o’zining janglagi o’rninin tanlab ketmaslik;

  • yaralanganda yoki radioaktiv, zaharlovchi moddalar, biologik (bakterial) vositalardan zararlanganda hamda kuydiruvchi Quroldan shikastlanganda o’z-o’ziga va o’zaro yordam ko’rsatish uchun zarur choralarni ko’rish va topshiriqni bajarishda davom etish;

  • agar tibbiy punktga jo’nash buyurilgan bo’lsa shaxsiy qurolini o’zi bilan olib ketish; tibbiy punktga borish mumkin bo’lmagan holda quroli bilan pana joyga emaklab borish va sanitarlarni ko’rish;

  • Qurol-yaroq va aslahalarni jangovar foydalanishga tayyorlay olish, oboymalar, magazinlar va lentalarni o’q dorilar bilan tez va chaqqon to’ldirish;

  • o’q-dorilarni sarflash va piyodalarning jangovar mashinalari (bronetransportyorlar) ga, tankka yoqilg’i zahiralarining 0,5 va 0,75 foizi sarflab bo’linganli haqida komandirga o’z vaqtida axborot berish, piyodalarning jangovar mashinasi (bronetransportyor), tank shikastlangan paytda ularni zudlik bilan tuzatish choralarini ko’rish.




Yüklə 4,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin