Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu Chqbt va ute fani asosida kurs i (1)
Eslatma: Pedagogik amaliyot (tajriba oshirish) davrida talaba CHQBT bo‘yicha 10 soat, yuqori kurs (X - XI sinf)larda 8 soat, jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘rta va kichik ochiq sinflarda 2 soatdan kam bo‘lmagan darslarni o‘tkazilishi kerak. Har bir talaba uchun dars soni uning tayyorgarlik darajasini xisobga olgan xolda uslubiyotchi tomonidan individual belgilanadi.
III.O‘quvchilarning vatanparvarlik va jismoniy tarbiyasi asoslari bo‘yicha sinfdan tashqari ishlari. 1.Ta’lim muassasalarining ish rejasi bo‘yicha harbiy qism va ta’lim muassasalari vakillari, II jaxon urushi katnashchilari bilan uchrashuvlarni tashkil etishda va o‘tkazishda ishtirok etish.
2.«SHunqorlar» o‘yinining biron-bir yo‘nalishida qatnashish.
3.Ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan saf ko‘rigi va saf qo‘shig‘i tanloviga gurux (sinf)lardan birini tayyorlash.
4.Harbiy-sport musobaqalarini o‘tkazish va tashkil etishda, ayrim tomonlarini ta’minlashda javobgar shaxsning majburiyatini bajarilish.
5. Ommaviy-mudofaa to‘garaklari ishlaridan birida to‘garak rahbarining assistenti sifatida 2 soat, mustaqil ravishda 2 soatdan kam bo‘lmagan mashg‘ulotlar o‘tkazish.
6.Ta’lim muassasasi MKT «Vatanparvar» ko‘mitasining ish yo‘nalishlaridan biriga yordam ko‘rsatish bo‘yicha harbiy rahbar, CHTO‘ning vazifalarini bajarish.
7.Ommaviy jismoniy madaniyat tadbirlaridan birini tashkil qilish va olib borish, tadbirlarning ayrim tomonlarini, o‘tkazish joylarini tayyorlashni, xay’at katnashchilarini tashkil qilishni ta’minlash bo‘yicha mas’ul shaxsning majburiyatlarini bajarish.
8.Ta’lim muassasasi terma jamoalarini tuman, shaxar musobaqalariga tayyorlashni tashkil qilishda qatnashish; talabnomalarni tashkil qilish va katnashchilarni yig‘ish; musobaqalar joyiga kuzatib borish.
9.Birorta jismoniy to‘garak yoki «Salomatlik» kompleksi me’yorlarini bajarishga o‘quvchilarni tayyorlashda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish bo‘yicha o‘qituvchi vazifalarini bajarish.
10. Ta’lim muassasasining jismoniy tarbiya jamoasiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘qituvchining alohida vazifalarini bajarish.
- majlis va jismoniy faollikni oshirish ishlari bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazish;
- ko‘gazmali targ‘ibot vositalaridan birini bezash;
- sinfdan tashqari ish xujjatlarini yuritish;
- to‘garak ishlarini yuritish jurnalini yuritish;
-«Salomatlik» kompleksi me’yorlarini topshirish qaydnomasi.
IV. Sinfdagi tarbiyaviy ish 1.Pedagogik amaliyotchi talabaga biriktirilgan gurux (sinf)ning ayrim o‘quvchilari va jamoa xususiyatlari bilan xar-xil turdagi fanlar bo‘yicha sinfdan tashqari vaqtlardagi faoliyatlarini 3-4 ta mashg‘ulotlar jarayonida kuzatish yo‘li orqali tanishish.
2. Gurux(sinf)dagi tarbiyaviy ish xususiyatlarini o‘rganish;
3. O‘quvchilar jamoasini boshqarish tajribasi;
4. tajribaviy chora-tadbirlar o‘tkazish metodikasi va mazmuni.
5. vatanparvarlik va jismoniy sog‘lomlashtirish yo‘nalishdagi chora-tadbirlarni o‘tkazishda sinf rahbari bilan kelishish;
6. harbiy mavzuga doir suxbatlar o‘tkazish;
7. II jaxon urushi qatnashchilari va harbiy xizmatchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish;
8. Qurolli kuchlar va muzeylarga ekskursiya uyushtirish;
9. «Vatanparvar» va «Salomatlik» kompleksi mashqlari turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish;
10. rejalashtirilgan chora-tadbirlarni o‘tkazish va tashkil etishda gurux (sinf) jismoniy faollariga yordam ko‘rsatish.
V. Xo‘jalik ishi 1.O‘quv-ko‘gazmali qurollarni olish, rasmiylashtirish, ta’mirlash, saqlash va stendlarni jixozlash bo‘yicha harbiy rahbar, CHTO‘ning alohida vazifalarini bajarish.
2.Sinfdan tashqari tadbirlarni o‘tkazish joylarini tashkil etish, sport anjomi va uskunalarni tayyorlash, ta’mirlash va saqlash bo‘yicha o‘quvchilarni ishga jalb etish va jismoniy tarbiya o‘qituvchisiga yordam ko‘rsatish.
VI. Gigiena va psixologiya bo‘yicha topshiriqlarning bajarilishi. 1. CHQBT, vatanparvarlik va jismoniy tarbiya bo‘yicha tadbir va mashg‘ulotlarni o‘tkazish joyi, anjom va asbob-uskunalar sanitariya-gigiena xolatini baholash. Kuzatilgan ob’ektlarning sanitariya-gigiena xolatini yaxshilash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.
2. CHQBT yoki jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini gigienik jihatdan baholash.
3.O‘quvchi shaxsini uning aniq bir faoliyatidagi, sinf jamoasidagi, xatti-xarakatlarida, shuningdek o‘qituvchilar bilan muloqotidagi o‘zini tutishini psixologik-pedagogik materiallar bo‘yicha o‘rganish.
4. Kuzatuv va suxbat asosida o‘quvchining ruhiy-pedagogik tasnifini tuzish.