Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu Chqbt va ute fani asosida kurs i (1)
Talabalarni pedagogik amaliyotga tayyorlash.
Bu bir muncha murakkab va ma’suliyatli bosqich bo‘lib, o‘qituvchining talabalarni amaliy faoliyatiga tayyorlash darajasiga bog‘liq. Bu bosqich pedagogika bo‘yicha o‘quv jarayonining nazariy shaklini o‘z ichiga oladi.
Pedagogik amaliyotning boshlanishiga qadar 3-4 xafta ichida xar bir talabaga pedagogik amaliyotning davri, olib boriladigan ta’lim muassasasi, guruxlar rahbari bo‘lgan uslubchi-ofitser ma’lum qilinadi
Gurux rahbari talabalarni jamlab, pedagogik amaliyotning vaqti, o‘tkazish joyi, harbiy fakultet tomonidan belgilangangan tadbirlarning umumiy rejasi bilan tanishtiradi, bundan tashqari amaliyot o‘tkaziladigan ta’lim muassasasiga kisqacha tasnif beradi.
Talabalar o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga oldindan tayyorgarlik ko‘rishlari uchun mashg‘ulotlar jadvali bilan tanishishga ta’lim muassasasiga yuborilishi mumkin. Talabalarning mustaqil ishlari qoida bo‘yicha, harbiy fakultetda uslubchi-ofitser boshchiligida mustaqil tayyorgarlik tayyorgarlik soatlarida olib boriladi va III-IV kurslar uchun fakultetda mavjud bo‘lgan alohida umumiy topshiriqlarni o‘z ichiga oladi.Ular quydagilardir:
- tavsiya etilgan adabiyot va qo‘llanmalarni, shuningdek, CHQBT dasturi, ayniqsa dastur bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish kerak bo‘lgan bo‘limlarini o‘rganish;
- fakultetda CHQBT uslubiyoti bo‘yicha talabalar tomonidan olib borilgan mashg‘ulotlarning reja-konspektlarini ko‘rib chiqish. Asosan amaliyot mobaynida o‘tiladiganlarini.
- TTV dan foydalanishni amaliy mashq qilish;
- talabalarni avvalgi o‘quv yilidagi eng yaxshi xisobot xujjatlari bilan tanishtirish.
Talabalarni pedagogik amaliyotga tayyorlashda pedagogik amaliyot o‘tkaziladigan ta’lim muassasasining o‘ziga xos tomonlari hisobga olinadi.
Yo‘riqli-uslubiy mashg‘ulotlarda va mustaqil tayyorgarlik soatlarida talabalar harbiy rahbar va o‘qituvchilarining mashg‘ulotlardagi va sinfdan tashqari ishlarni olib borishdagi o‘zaro munosabatlarining xususiyatlarini va fe’l-atvorlarni o‘zlari uchun oydinlashtirib anglab oladilar. Amaliyotchi talabalarni darsga tayyorlashning asosiy bosqichlari: