Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu: Chqbt va ute fani asosida kurs ishlarini tashkil qilish va bajarish. Reja


Pedagogik amaliyotning birinchi bosqichi



Yüklə 4,03 Mb.
səhifə11/131
tarix09.12.2023
ölçüsü4,03 Mb.
#138510
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   131
Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu Chqbt va ute fani asosida kurs i (1)

Pedagogik amaliyotning birinchi bosqichi.

Uchinchi kurs talabalarining pedagogik amaliyotini ta’lim muassasasi sharoitlarida o‘tkazish uning ta’limiy xususiyatlar bilan ifodalanib bundan asosiy maqsad bo‘lib amaliyotchilarni ta’lim muassasasi sharoitlariga ko‘nikishini CHQBT bo‘yicha mashg‘ulotlarini to‘g‘ri olib borishlarini, harbiy rahbar va CHTO‘ larning bajaradigan ishlari bilan shuningdek, vatanparvarlik tarbiyasi ishlari bilan tanishtirish hisoblanadi.

U to‘rt xafta davomida shaxar ta’lim muassasasilarida olib boriladi. Bu bosqichning mazmuni o‘z ichiga: ta’lim muassasasi ish yuritish elementlarini,o‘quv -tarbiyaviy va uslubiy ishlarni oladi.


Ta’limiy-pedagogik amaliyot bosqichi ta’lim muassasasi va ta’lim muassasasinig umum jamoasi bilan tanishtirishdan boshlanadi.
Amaliyotchi talabalar ta’lim muassasasining tarixi, o‘quvchi va pedagogik jamoalarning faoliyatlari, shuningdek, ta’lim muassasasi jamoasining markazi sifatida direktor va ilmiy mudirining ishlari bilan tanishadilar, shuningdek, sinf rahbarining ishlarini o‘rganadilar.
Talabalar ta’lim muassasasiga kelgan dastlabki kunlarida dars jadvali, o‘quvchilarning xulq-odob qoidalari, kunning ichki tartib-qoidalari, sinf jurnallari, harbiy rahbar yuritadigan xujjat (xaftalik reja, harbiy xona ish rejasi, xisob qaydnomalari va hisobotlar) xaqida tushunchaga ega bo‘ladilar, CHQBT bo‘yicha ta’lim muassasasining o‘quv- moddiy bazasi bilan tanishadilar.
Harbiy rahbar, CHTO‘ning ish tizimini va uslubiy malakasini o‘rganish maqsadida amaliyotchi talabalar ikkinchi va uchinchi kurs (X va XI sinf)laridagi CHQBT bo‘yicha darslarni ta’lim muassasasining eng ilg‘or uslubchi o‘qituvchilari tomonidan olib boriladigan mashg‘ulotlarni kuzatadilar.
Ta’lim muassasalarida CHQBT bo‘yicha mashg‘ulotlarni olib borishni o‘rganish o‘z ichiga:
- rejalashtirish ishlarini birma-bir o‘rganishni, dastur mazmuni, mazkur fan bo‘yicha darsliklar va o‘quvchilarning 2-3- kurs (10-11 sinf) o‘quvchilarining sinf va uy ishi daftarlari, bilan tanishtirishni;
- darsdagi harbiy rahbar, CHTO‘ faoliyatini kuzatishni;
- O‘quvchilar faolligini oshirish usullarini, ularning bilimlarini nazoratdan o‘tkazish va bajargan ishlarini baholashni;
- darslarda qurol-yarog‘, nizomlar, ta’limning texnik vositalari va ko‘gazmali qurollardan foydalanish bo‘yicha tahlillarni oladi.
Dastlabki mashg‘ulotlardayoq, amaliyotchi talaba o‘quvchilarning vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha gurux (sinf ) dan tashqari ishlarni ma’sul tashkilotchilarining biri sifatida ishtirok etishi va o‘z o‘rnini aniqlashi shart.
Pedagogik amaliyotda talaba faqatgina umumiy individual ko‘rsatilgan topshiriqlarni bajarish bilan chegaralanib qolmasligi kerak. Ta’lim muassasasida kechgan davr ichida harbiy rahbar, CHTO‘ ishlarini kuzatish va uning eng yaqin birinchi yordamchisiga aylanib qolishi kerak.
U harbiy rahbar, CHTO‘, o‘quvchilar va pedagogik jamoa olqishini qozonish uchun o‘zining qanday sifatlarga ega bo‘lishini anglab olishi muhim ahamyatga egadir.
Amaliyotchi talaba o‘zining barcha kuzatish va taasurotlarini butun pedagogik amaliyot davomida tutgan kundalik daftariga yozib boradi. Talabalar ta’lim muassasasining rejalashtiruvchi, o‘quv-tarbiyaviy jarayonlari bilan tanishib olganlaridan keyin harbiy raxbar, CHTO‘tomonidan mashg‘ulot o‘tish, vatanparvarlik vaommaviy-mudofaa ishlarini oib borish uchun, shuningdek, gurux (sinf) raxbarlaridan olingan aniq topshiriqlari bo‘yicha talaba pedagogik amaliyotni o‘tash davriga shaxsiy ish rejasini tuzadi va pedagogik amaliyot rahbariga tasdiqlatish uchun taqdim etadi.
Pedagogik amaliyotni o‘tash davomida talaba o‘quvchilarda psixologik - pedagogik kuzatishlar olib boradi. Bu talaba uchun ilmiy – pedagogik izlanishlarning asosiy uslublaridan ongli ravishda foydalanishlari uchun muximdir.
Uslubiy ish talabalarda kasbiy maxoratni shakllanishida va pedagogik fanlarning zamonaviy talablari asosida uslub va tamoyillarni o‘zlashtirishlarida muxim manba xisoblanadi.

Yüklə 4,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin