Darsni tahlil qilishda amaliyotchi talabalar tomonidan uni muhokama qilish katta o‘rin egallaydi.
Ilmiy asoslangan va xar tomonlama puxta olib borilgan dars tahlili darsning ijobiy va salbiy tomonlarini to‘g‘ri baholash, talabaga butun amaliyot ishi davomida xato va kamchiliklarini bartaraf etishda va ijobiy tomonlarini mustahkamlashda yordam beradi.
Tahlil nafaqat uni olib borayotgan talaba uchun, balki barcha amaliyotchi talabalar uchun ham zarur. Bunda amaliyotchi talabalar universitet va harbiy fakultetdagi CHQBT metodikasi va pedagogika kursini o‘rganish paytidagi o‘zlashtirilgan didaktik tamoyillarni qanday qo‘llanishini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Odatda darsning muhokamasi darsni olib boruvchi talabaning so‘zga chiqishidan boshlanadi. U darsga qanday tayyorlanganligini, qanday muammolarga duch kelganligini, qaysilarini bartaraf qilganligini, barcha o‘quv topshiriqlarini bajara ololmaganligini aytib, o‘quvchilar tomonidan darsni qanday qabul qilganligi xaqida ma’lumot berishi shart.
Undan keyin darsni kuzatgan talabalar, shuningdek harbiy rahbar, CHTO‘ chiqishlari eshitiladi.
O‘rtog‘ining dars muhokamasida talabalar darsning maqsadi qanday qo‘yilganligini, darsning alohida elementlarini qanchalik tartibliligini, dars elementlarning oralig‘idagi vaqtdan foydalanish samaradorligini, shuningdek darsning mazmunini ko‘rsatib berishlari kerak.
Agar talaba ta’limning texnik vositalarini, o‘quv ko‘rgazmali kurollaridan foydalangan bo‘lsa, uning samaradorligi xar tomonlama tahlil qilinadi.
Harbiy rahbar, CHTO‘ xamda uslubchi-ofitser taxlil so‘ngidagi o‘z chiqishlarida darsni to‘laligicha tahlil qilishi, asosiy e’tiborini uning tashkiliy asosiga, amaliyotchi tomonidan CHQBT o‘quv dasturining talablarini bajarilishiga talabchanligi, darsning tuzilishiga va uning aniqligiga qaratiladi.
Mazkur dars davomidagi mazmun o‘quvchilarga etkazilgan bilim, ko‘nikma va malakalarning yigindisidir. U o‘quvchilarning dunyo qarashini rivojlanishiga, bo‘lg‘usi vatan himoyachisini shaxsini va fe’l - atvorini shakllanishiga, sharoit tug‘diradi.
Ana shuning uchun ham darsni chetdan tahlil qilinganda birinchi navbatda uning uslubiy nuqtai nazardan mustahkamligiga, aniqligiga, materiallarni bayon etishdagi tizim tartibiga, uning qulayliligiga, mashg‘ulotning o‘quv – tarbiyaviy maqsadlarinitadbiq etilishiga a’lohida to‘xtalib o‘tiladi.
Darsning g‘oyaviy yo‘naltirilganligiga, materiallarni yoritishda uning barcha imkoniyatlaridan foydalanishiga va o‘quvchilarda vatanparvarlik, Vatanga g‘urur tuyg‘ularini tarbiyalovchi, shuningdek, jamoaviy dunyoqarashni shakllantirish imkoniyatlariga xam keraklicha e’tibor beriladi.
Tahlil davomida o‘quv materialini O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlarida harbiy xizmatni o‘tayotgan yoshlarning xayoti va harbiy xizmat amaliyoti bilan bog‘liqlik qanchalik to‘liq amalga oshirilganligi va harbiy xizmatchilar hayotidan keltirilgan misollar qanchalik o‘rinli keltirilganligi aniqlanishi kerak.
Dars mazmuni o‘qitish uslublari bilan chambarchas bog‘liq. SHuning uchun qo‘llanilgan uslublar bilimlarni o‘zlashtirishdagi yordamini, darsda o‘quvchilarni faol mustaqil ish bilan ta’minlaganligini belgilash lozim.
Darslardagi uslubiy ta’limni tahlil qilishda asosiy e’tiborni ayniqsa ana shu tomonlarga qaratilishi kerak. Darslarning metodik tomonini tahlilish qilishda, ba’zi hollarda bir tomondan bilimini nazoratdan o‘tkazish va baholash usullarini alohida tahlil qilishga to‘g‘ri keladi, ular chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv dasturda belgilangan bilim va ko‘nikmalarni baholash me’yorlariga kat’iy to‘g‘ri kelishi lozim.
Boshqa tomondan xaqiqatdan ham o‘quvchilar bilimini nazoratdan o‘tkazilishi ularning bilim darajasini oshirdimi , yo‘l qo‘ygan xatosini aniqladimi, xato kamchiliklarni tushunib etib ularni bartaraf qilishga yordam berdimi,o‘z ishiga mas’uliyat xissini tarbiyaladimi yoki yo‘qmi aniqlash zarur bo‘ladi.
Tahlil qilishda amaliyotchining dars o‘tkazishida uning turishi, hatti-harakatlari, g‘ayrati, hal qiluvchanligi yoki aksincha sust harakati va bo‘shashganligi, befarqliklari to‘liq baholanishi shart.
Bundan tashqari amaliyotchining o‘quvchilarga insbatan pedagogik odobni ko‘rsatishi, fikrlashi, orastaligi, qaddi-qomatini ixchamligi, topqirligi, shuningdek, so‘zlash nutqidagi xarakteri va umumiy madaniyati ham to‘liq baholanishi kerak.
Ayniqsa amaliyotchining gurux (sinf ) ni boshqarish qobiliyati, kerakli bo‘lgan ish muhitini yarata olishi, ayrim o‘quvchilarni diqqat markazdan chetda qoldirmaslik yoki uning aksi, amaliyotchi talaba yozuv taxtasida yoki biro – bir o‘quvchi bilan parta yonida shug‘ullanayotgan vaqtda gurux (sinf ) xaqida unutmaslik kerak ekanligiga alohida to‘xtalib o‘tish kerak.
Tahlil xulosasida uslubchi-ofitser dars muhokamasi natijalarini ma’lum qiladi, kerakli xuloalarni qiladi va takliflar bildiradi. Amaliyotchi talaba darsning ijobiy tomonlarini mustaxkamlash va takomillashtirish bo‘yicha aniq maslaxatlar oladi.
Taxlil yakunida uslubchi-ofitser kelgusida pedagogik amaliyotning yakuniy natijalarida e’tiborga olinadigan o‘tilgan darsga qo‘yilgan bahoni e’lon qiladi.