Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu: Chqbt va ute fani asosida kurs ishlarini tashkil qilish va bajarish. Reja


Pedagogik amaliyotning ikkinchi bosqichi



Yüklə 4,03 Mb.
səhifə13/131
tarix09.12.2023
ölçüsü4,03 Mb.
#138510
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   131
Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu Chqbt va ute fani asosida kurs i (1)

Pedagogik amaliyotning ikkinchi bosqichi.


Boshqaruv xujjatlariga muvofiq 140000 sonli mutaxassislik bo‘yicha pedagogika oliygohlarining bitiruvchilari odatda qishloq maxalliy sharoitida joylashgan ta’lim muassasalariga yuboriladi.
Amaliyotning ikkinchi bosqichi ta’lim muassasasidagi o‘quv-tarbiyaviy ishlarining yakuniy bosqichi xisoblanadi. U o‘rta maxsus ta’lim muassasasilarida va litseylarda olib boriladi.
Bu bosqichning farqli xususiyatini shundaki amaliyotchining maksimal mustaqil ravishda harbiy raxbar, CHTO‘ vazifasidagi faoliyatidadir. Bu bosqichdagi asosiy vazifa avval egallangan bilim, malaka va ko‘nikmalarni mustaxkamlash, harbiy raxbar, CHTO‘ vazifasini to‘liq xajmda bajarish bo‘lib hisoblanadi. Dastlabki 1-2-kunlarda talabalar amaliyot o‘tkaziladigan ta’lim muassasasining strukturasi bilan tanishadilar.


Ta’lim muassasasi harbiy Rahbari, CHTO‘ - amaliyot raxbarining roli. Hisobot tayyorlash va uning himoyasi.

Harbiy rahbar, CHTO‘ har kuni CHQBT va yosh avlodni vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha ma’suliyatli vazifalarni bajaradi. U pedagogik amaliyotni o‘tkazishda asosiy figura bo‘lib xisoblanadi .Bu xaqda xar bir talaba amaliyot boshlanishiga qadar bilishi kerak.


Pedagogik amaliyot davrida harbiy rahbar, CHTO‘ xar bir amaliyotchi talabaning boshlig‘i, pedagogik amaliyot rahbari yo‘qligida esa ular uchun uslubchi bo‘lib ham xisoblanadi.
Hozirgi kunda harbiy rahbar, CHTO‘ lavozimida ishlayotganlarning ko‘pchilik qismini zaxiradagi zobitlar, shular qatorida pedagogika universiteti qoshidagi mutaxasisligi chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchisi bo‘lgan bitiruvchilar tashkil etmoqda.
Bulardan tashqari kam sonli bo‘lsada qurolli kuchlarimiznign veteranlari ham mazkur lavozimda faoliyat ko‘rsatishmoqda. Bu lavozim egalari hayotiy va jangovar tajribaga ega bo‘lgan, yoshlar ta’lim-tarbiyasini va ularni harbiy xizmatga tayyorlash bo‘yicha ta’lim berishning naqadar muximligini chuqur tushungan kishilar bo‘lishi shart.
Biroq ulardan ba’zilari maxsus pedagogik ma’lumotga ega emas va xar doim xam zamonaviy pedagogika fani yutuqlaridan ijodiy foydalana olmaydilar. Ba’zi bir harbiy rahbar, CHTO‘ lar talaba amaliyotchilarni o‘zlari bilganicha o‘rgatishga harakat qilgan hollari xam bo‘ladi.
Amaliyot ko‘rsatadiki, pedagogik amaliyot mazmunini, shuningdek pedagogika va psixologiyani ba’zi bir tomonlarini turlicha tushunishning tagida ba’zida rahbarlar va amaliyotchilar o‘rtasida muammoli vaziyatlar yuzaga keladi.
Ularni bartaraf etish maqsadida xar bir amaliyotchi-talaba maksimal darajada sabr-toqatli bo‘lishi va o‘zaro munosabatlarda muloyimlik bilan muomila qilishi, harbiy rahbar, CHTO‘ ga hurmat bilan qarashi va bu hurmat – e’tiborni doimiy saqlashi karak bo‘ladi.
Amaliyotcha talaba barcha munozarali masalalarni o‘zining pedagogik amaliyot rahbari - xarbiy fakultet uslubchi – ofitser orqali xal qilishi shart. Pedagogik amaliyot boshlanishigacha talaba ta’lim muassasasi harbiy rahbari, CHTO‘ majburiyatlarini puxta o‘zlashtirib olishi va u o‘z darslarida o‘quvchilarga nafaqat harbiy ish asoslari bo‘yicha mustaxkam bilimlar berishi, balki muntazam ravishda o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish kerakligini aniq tasavvur qila olishi lozim.
Talabalarni amaliyotchilar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan doimiy xatolar bilan tanishtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘rganiladigan material harbiy xizmatning amaliy masalalari bilan etarli darajada bog‘lanmaydi:
- xizmat davrida, jangovar mashq va shart – sharoitlarda, askar, serjant majburiyatlarining bajarilishi bilan;
- darslarning borishida tarbiyaviy maqsadlar moxirona tatbiq kilinmaydi:
- ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining tajribalaridan, qo‘shinlarning jangovar tayyorgarliklaridan, mazkur ta’lim muassasi bitiruvchilarning harbiy xizmatlaridan namunalarni kam keltirilishi;
- umum qo‘shin nizomlar qoidalari xamda o‘quvchilar tartib intizomini qoidalariga rioya qilmaydigan o‘quvchilarga kerakli talabchanlikni ko‘rsatishni bilmaslik;
- o‘quv jarayonida, amaliy ta’lim sifatini oshirishga imkon beradigan ilg‘or ta’lim uslublaridan kam foydalanish;
- auditoriyani faolligini oshira olmaslik va o‘zaro a’loqani tiklay olmaslik.
-mashg‘ulot davrida ta’lim texnik vositalari-diafilmlar, ko‘gazmali qurollardan foydalanishda etarli malaka va ko‘nikmalarining yo‘qligi;
- jangovar nizom, ko‘rsatma va boshqarishda tatbiq qilinadigan harbiy atamalarni yaxshi bilmaslik;
- berilgan savollarga o‘quvchilarning javobini tahlil qila olmaslik.

Talaba pedagogik amaliyotning boshlanishidan o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib olish juda muxim. Bu masalada asosiy yordamni albatta uslubchi – ofitser, harbiy rahbar, CHTO‘ va ma’lum bir darajada ta’lim muassasasining butun pedagogik jamoasi ko‘rsatishi kerak.


SHunga qaramasdan amaliyotchi-talaba darslarni, turli tadbirlarni o‘tkazishda, o‘quvchilar bilan o‘zi qolganda, turli vaziyatlarda qaror qabul qilishiga to‘g‘ri keladi.
Tabiiyki, tajribali pedagog muammoli vaziyatlar yuzaga kelishini xar doim nazarda tutadi va ularga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qiladi, agar yuzaga kelgan taqdirda ham vaziyatdan chiqishni oqilona yo‘llarini tutuadi.
Amaliyotchi talabada bunday tajriba yo‘q shuning uchun amaliyotchi talabaga dastlabki vaziyatlarda o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatlarda kerak bo‘lmagan qiyinchiliklarni yuzaga keltiradigan holatlarga duch kelmaslik uchun berilgan umumiy tavsiyalar yordam berishi mumkin.
Extimol, eng qiyini, amaliyotchining ta’lim muassasasidagi dastlabki daqiqalaridan boshlab o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi psixologik to‘siqni bartaraf etishdir va shuning uchun u o‘zini shunga oldindan tayyorlab borishi kerak.
Orasta va ixcham tashqi ko‘rinish, beg‘amlik alomatlarini yo‘qligi, aytilgan xar bir so‘z va harakatning puxta o‘ylanganligi, ko‘rinishnig ishonchliligi - amaliyotchi-talabaga nisbatan dastlabki ijodiy taassurotlarni o‘yg‘otadi.
Birinchi bor o‘quvchilar bilan dars o‘tishga tayyorlanishda talaba mazkur gurux (sinf ) dagi muxitni aniqlab olishi kerak. Buning uchun u gurux (sinf ) rahbari bilan suxbatlashishi yoki shu gurux (sinf ) da mashg‘ulot olib boradigan harbiy rahbar yoki boshqa o‘qituvchilarning darslarida ishtirok etishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Amaliyotchini quyidagi ma’lumotlar qiziqtirishi kerak:
- o‘quvchilarning umumiy tavsifi;
- gurux (sinf ) etakchilari; (liderlari)
- CHQBT bo‘yicha yaxshi va bo‘sh o‘zlashtiradigan o‘quvchilar;
- fan bo‘yicha joriy baholar;
- o‘quvchilarning ism-sharifini to‘g‘ri talaffuz qilish ;
Mashg‘ulotdan so‘ng yuqori gurux (sinf) o‘kuvchilari bilan faqat«Siz» deb murojaat qilish, CHQBT dasturining tashkiliy ko‘rsatmalarida bayon etilgan barcha talabalarga rioya qilish, o‘quvchilar, tomonidan saf usullari, qurol bilan harakat qilish, buyruq va murojaat qilishdagi unchalik muxim bo‘lmagan xatolarga yo‘l qo‘yishlariga imkon bermaslik, takroriy harakatlar va shaxsan ko‘rsatib berish orqali xatolarni to‘g‘rilashga erishish kerak bo‘ladi.
Berilgan savolga amaliyotchi talaba to‘g‘ri javobni bera olmagan taqdirda uni, keyingi mashg‘ulotlargacha qoldirish maqsadga muvofiq bo‘ladi va bu xaqda o‘quvchilarga etkaziladi.
Pedagogik amaliyot so‘ngida ta’lim muassasasida harbiy fakultet uslubchisi - ofitseri, amaliyotchilar guruxi rahbari boshqaruvida ta’lim muassasasining mas’uliyatli vakillari va harbiy rahbarlar ishtirokida majlis bo‘lib o‘tadi.
Majlisda harbiy rahbar, CHTO‘ vazifasidagi xar bir talaba-amaliyotchi faoliyatiga tahliliy baho beriladi, uning tayyorgarligi ijobiy tomonlari va kamchiliklari aytib o‘tiladi, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq tavsiyalar beriladi.
Ta’lim muassasasi ma’muriyati xar bir amaliyotchiga quyidagi masalalar aks etgan yozma nomalarni rasmiylashtiradi:
1. Talaba tomonidan pedagogik amaliyot dasturini va topshiriqlarni to‘liq bajarilishi;
2. Dastur mazmuniga kiradigan o‘quv ishlarining xar xil turlarini tashkil qilish va o‘tkazish qobiliyati;
3. O‘quvchilar bilan o‘tkazilgan gurux (sinf )dan tashqari tadbirlarning va o‘quv mashg‘ulotlarining sifati;
4. O‘quv guruxini boshqara olish, unda intizom va tartibni saqlab turish qobiliyati;
5. Turli fanlar bo‘yicha tayyorgarlik darajasi, uslubiy malakalarini va nazariy bilimlarini amaliyotda tatbiq qilish qobiliyati;
6. Ishdagi mustaqillik darajasi, tashabbuskorligi, talabchanligi, intizomi.
7. Amaliyotchi faoliyati xaqida xulosalar va tayyorgarligini yaxshilash bo‘yicha takliflar, amaliyotchi faoliyatini to‘rt ballik tizimga ko‘ra baholash.
Amaliyotchi talaba faoliyati uchun berilgan nomalar (tavsif,tavsiyanoma) ta’lim muassasasi direktori, harbiy rahbari tomonidan imzolanadi va muxr bilan maxkamlanadi.
Pedagogik amaliyot davrida talaba harbiy fakultetda ishlab chiqilgan shakl bo‘yicha kundalik daftarini yuritadi. Bu kundalikka u shaxsiy taassurotlarini, pedagogik amaliyot rahbari, harbiy rahbar Bilan o‘tkazilga suxbat va maslaxatlar mazmunini va ularga qo‘shimcha qilib o‘zining qisqa xulosalarini yozadi.
Pedagogik amaliyotning yakuniy qismida talaba yozma xisobot tuzadi. Unda pedagogik amaliyotchi talabaning shaxsiy rejasi va topshiriqlarni bajarilganligi, o‘tilgan darslarning soni, taxlili, xulosalar va takliflar harbiy rahbar, CHTO‘ning yordamchisi sifatida ko‘rsatgan faoliyati, o‘quvchilarni vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha tadbirlar va siyosiy ma’lumotlarni o‘quvchilarga etkazish bo‘yicha mavzular va h. xaqidagi ishlar ko‘rsatiladi.
Hisobot pedagogik amaliyot rahbari tomonidan ko‘rib chiqiladi va imzolanadi. Hisobot bilan birga amaliyotchining shaxsiy ish rejasi, pedagogik amaliyot uchun berilgan topshiriq o‘tilgan darslarning reja-konspektlari, o‘quvchilarning vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazish rejalari va pedagogik amaliyotga berilgan umumiy va yakka tartibdagi topshiriqlarda ko‘rsatilgan boshqa uslubiy xujjatlar ham topshiriladi.
Pedagogik amaliyot natijalarini yakuniy bahosi talaba tomonidan tuzilgan xisobotni himoyasida qo‘yiladi. Himoyani tashkil qilish harbiy fakultetning buyrug‘i bilan aniqlanadi.
Unda pedagogik amaliyotning xisoboti, himoya sanasi, vaqti va xulosa tartib raqami va komissiya tarkibi ko‘rsatiladi. Odatda fakultetda ikkita komissiya tarkibi tuziladi.
Xar bir komissiya tarkibi uch-to‘rt ofitserlar tarkibidan iborat bo‘lib, komissiya tarkibini bittasini fakultet boshlig‘i, ikkinchisini esa o‘quv bo‘lim boshlig‘i boshqaradi.
imoya uchun xar bir guruxga dastur bo‘yicha o‘quv kunlari hisobidan bir kun ajratiladi. Talaba 10-15 daqiqa ichida pedagogik amaliyotga berilgan umumiy va yakka tartibda bajariladigan topshiriqni ijrosinig natijalari xaqida xisobot beradi.
Amaliyotchinig xisobot xujjatlarini unga berilgan yozma nomalar (tavsif,tavsiyanoma)ni o‘rganish va berilgan savollarga javob berishi asosida himoya davrida komissiya tarkibi talabaga pedagogik amaliyot uchun yakuniy bahoni chiqaradi va reyting daftarchasiga kiritadi.
Amaliyot uchun baho qo‘yishga asos bo‘ladigan va o‘z ta’sirini o‘tkazadigan omil bu yozma nomalar (tavsif,tavsiyanoma) va pedagogik amaliyot rahbarining bahosi xisoblanadi.
Talaba pedagogik amaliyot dasturini sifatsiz bajargan bo‘lsa va berilgan yozma nomalar (tavsif,tavsiyanoma) salbiy bo‘lib, xisobot himoyasida xam qo‘yilgan baho qoniqarsiz bo‘lsa, bu holda amaliyotchi talaba takroran 10-16 kun ichida talabalar ta’tili xisobidan pedagogik amaliyotdan qayta o‘tadi.
Talaba qo‘shimcha pedagogik amaliyotdan keyin talaba amaliyot xisobotini yana himoya qiladi. Agar safar xam qoniqarsiz baho olsa, unda talabaning pedagogik amaliyoti xisobga olinmaydi.
Pedagogik amaliyot tugaganidan keyin harbiy fakultetda odatga ko‘ra pedagogik amaliyotning boshlanishidagi yo‘riqli konferensiyada ishtirok etgan lavozimli shaxslar ishtirokida yakuniy konferensiya o‘tkaziladi.
Harbiy fakultet boshlig‘i o‘z chiqishida pedagogik amaliyotni tashkil qilish va o‘tkazishdagi natijalarning ijobiy va salbiy tomonlarni ko‘rsatib o‘tadi.
Konferensiya eng yaxshi faoliyat ko‘rsatilgan talabalarning taqdirlanishi va takroriy pedagogik amaliyotni o‘tashi kerak bo‘lgan talabalarning nomlari ko‘rsatilgan harbiy fakultet boshlig‘ining buyrug‘i ishtirokchilarga etkazish bilan yakunlanadi.
Hulosa qilib aytish mumkmnki talabalarning pedagogik amaliyotini o‘tkazishlari uchun ajratilgan juda qadrli, qimmatli bo‘lgan vaqtni samarali o‘tkazish uchun birgina tajribali rahbarning tavsiyalari etarli bo‘lmaydi.
Tajribalarning natijalariga ko‘ra talabalarning pedagogik amaliyotini ko‘zda tutilgan natijalarga erishish uchun amaliyot o‘tkaziladigan ta’lim muassasasining o‘quv-moddiy bazasini talab darajasida bo‘lishi, harbiy ta’lim yoki CHTO‘ ning boy tajribasi, ayniqsa amaliyot rahbari uslubchi – zobitning bilim va tajribasi, shuningdek talabalarga nisbatan xaqiqiy pedagoglarcha munosabati muhim ahamyatga egadir.
Bulardan tashqari amaliyotchilarning faoliyatiga ta’lim muassasining direktori va uning o‘rinbosarlarining e’tibori, qoleversa butun pedagogik jamoaning munosabati ham ta’siri katta bo‘ladi.
Nima bo‘lgan taqdirda ham amaliyotchilar bilan muomila va munosabatda bo‘layotgan xar bir murabbiy amaliyotchilarning maslaxat va tavsiyalarga muxtoj ekanliklarini, o‘zi uchun juda oson tuyulgan ayrim ishlar, talaba uchun muammoli masala bo‘lishini unutmasliklari, eng asosiysi amaliyotchi talabalarga yordamlarini ayamasliklari maqsadga muvofiq bo‘ladi.

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:



Yüklə 4,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin