Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu: Chqbt va ute fani asosida kurs ishlarini tashkil qilish va bajarish. Reja



Yüklə 4,03 Mb.
səhifə83/131
tarix09.12.2023
ölçüsü4,03 Mb.
#138510
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   131
Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu Chqbt va ute fani asosida kurs i (1)

ADABIYOTLAR

  1. “CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida” gi Nizom, 2014y.

  2. CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanidan o‘quv Dasturi, 2019y.

  3. A.YU. Sotvoldiev. “CHaqiruvga qadar xarbiy ta’limni tashkil etish va uning metodikasi” O‘quv qullanma, Ι, II - qismlar, 2007 yil,

  4. O.Ortiqov. “CHaqirvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” Ι qism, 2007 yil, o‘quv qullanma.

  5. B.B. G‘ofurov. “Boshlang‘ich umumqushin xarbiy tayyorgarlik bo‘yicha”o‘quv qullanma, ΙΙ qism, 2005 yil.

35-Mavzu: Tamaki va alkogol maxsulotlarining inson salomatligiga ta’siri
Reja:
1.Tamaki maxsulotlarining inson salomatligiga ta’siri.
2. Alkogol maxsulotlarining inson salomatligiga ta’siri.


Tayanch iboralar: Tamaki, alkogol, maxsulot, alomatlig, ta’sir, SSV matbuot xizmati, yurak ishemik kasalligi.
Tamaki maxsulotlarining inson salomatligiga ta’siri.
Tamaki mahsulotlari, jumladan, sigaretning inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazuvchi nomaqbul vosita ekani barchamizga maʼlum. Chekish insonning oʻzi va atrofdagilari sogʻligʻiga qanday zarar yetkazishini yana bir bor eslatib oʻtish foydadan xoli boʻlmaydi.
SSV matbuot xizmati tamaki va uning zarari haqida maʼlumot olish uchun Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi rahbari Mirzagʻolib Tillashayxovga murojaat qildi:
— Nikotin organizmdagi metabolik jarayonga xalaqit beruvchi, miya faoliyati va fiziologik funksiyalariga taʼsir qiluvchi alkogol va boshqa psixoaktiv moddalar kabi odamni oʻziga oʻrgatib qoʻyadi.
Shu tarzda tamakiga jismoniy bogʻliqlik shakllanadi. Doimiy nikotin oqimiga oʻrganib qolgan odam tamakidan foydalanishni toʻxtatsa, tashvish va xavotirga tushib qoladi. Bora-bora chekishga boʻlgan ehtiyoj ovqatlanishga boʻlgan ehtiyoj bilan tenglashib qoladi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumoticha, chekish taʼsiri ostida 25 dan ortiq kasallik (yurak-qon tomir, oʻpka va saraton)larning organizmda rivojlanishi kuchayadi. Tibbiy tadqiqotlar boʻyicha Britaniya Kengashi olimlarining koʻp yillik izlanishlari xulosalarida oʻpka saratoni va miokard infarktining chekish bilan bogʻliqligi haqida jiddiy ilmiy dalillar keltirilgan.
Yurak ishemik kasalligi va insultdan oʻlim holatlarining 70 foizi chekuvchi va spirtli ichimliklar ichuvchi odamlarga toʻgʻri keladi. Statistik maʼlumotlar har bir chekuvchi odam oʻz hayotini 18 yilga qisqartirishini koʻrsatadi.
JSST maʼlumotlariga koʻra, tamaki mahsulotining inson organizmiga zararli taʼsiridan har yili sayyoramizning 6 millionga yaqin aholisi vafot etadi. Ularning 12 foizi chekuvchi boʻlmagan (passiv chekuvchilar)dir. Achinarlisi shuki, bolalar passiv chekuvchilar boʻlib qolmoqda. Yaʼni ular atrofidagi odamlarning chekishi oqibatida tamaki tutuni aralash havo bilan nafas olishadi.
Ilmiy tadqiqotlarda hatto passiv chekish ham odamda kasallikka chalinish, nogironlikka yoʻliqish va oʻlim xavfini oshirishini isbotlangan.
Garchi koronavirus infeksiyasi xavfi sezilarli darajada chekingan boʻlsa-da, chekuvchilar bu zararli odatdan voz kechish haqida jiddiyroq oʻylashi lozim. Chunki chekish ogʻiz orqali COVID-19ni yuqtirish xavfini oshiradi.
Bundan tashqari, zararli odat tufayli oʻpkasi zararlangan chekuvchilarda koronavirus keltirib chiqargan pnevmoniya qiyinroq kechadi.
AQSH olimlarining fikriga koʻra, chekuvchilar orasida koronavirus bilan bogʻliq ogʻir holatlar chekmaganlarga qaraganda koʻproq uchramoqda. Shuningdek, tamaki tutuni kasallikka qarshi immunitetning birlamchi kurashuvchan javobiga sabab boʻluvchi interferonlarni bloklaydi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi har qanday tamaki mahsulotlarini, shu jumladan, filtrli yoki yengil sigaretalarni chekish sogʻliq uchun xavfli ekanligi haqida ogohlantirib, bu zararli odatdan yiroq boʻlishga chaqiradi.
Dunyoda tamakidan voz kechishning yuzdan ortiq usullari mavjud. Psixologlarga koʻra, chekishni tashlash jarayonida eng qiyini dastlabki uch kunni boshdan kechirishdir.
Chekishdan voz kechish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan boʻlsangiz, ijobiy jihatlar haqida oʻylang. Asosiy va eng katta yutuq — sizning sogʻligʻingiz va farovonligingizdir.

Yüklə 4,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin